TOIFALAR

QATRON

SHOGIRDLARNING SHARXLARI

NURSAFARDIYYA
ISH FAOLIYATI

QIDIRUV

HAMKORLAR

"So'fiy tabib"ga

Muallif: Yuldosheva Dilnoza (Chinoz)

Joylashtirish vaqti: 2013-04-11

Eh-e shu zamonda, O’rta Osiyo tomonda,
O’zbekiston degan bir makonda.
Yashar ekan bir, So’fiy tabib,
Judayam bir, kamtarinku bu tabib.

U beradi borini, ham dori-darmonini,
Va beradi, ilmiyu – ehsonini.
Ularning qo’llarida, o’zi va qon tahlili bor,
Va o’zlari farmatsevt, yana ular terapevt.

Qabuliga kirishga, navbat kutib 3-4 oy,
Nasib qilib kirsang, huzurlariga.
Sinchingizni bir ko’rib, aytadi bor dardingiz,
Autizm kasaliga, davo topmay, dunyo lol.

So’fiy tabibda bu, oddiygina bir hol,
Men ularni o’xshatdim, entsiklopediyaga.
Qay sohada savol bor, javobi tayin unda,
Unday insonni ko’rib, qoldim lolu-hayronda.

O’ylab turib qarasam, ilhom keldi shu onda,
Men havaskor shoira, ilhom kelar har zamon.
So’zning qisqasi shuki, Abdullohdir bu inson,
U insonning haqqiga, qilishar ko’plar duo.

Men ham shular qatori, qilayin ko’plar duo,
Alloh o’zi rozi bo’lsin, bu insondan doimo.
Va uzoq umr ko’ring, har joyda, har tomonda,
Sizni bizga beribdi, shukur aytib Allohga.
Va aytayin durudu-salovotlar, Mo’minlar sarvariga,
Cheksiz hamdlar aytaylik, jo’r bo’lishib hammamiz.
18 ming olamni podshohi, Robbil A’laminga,
Yaratganning yo’lida, shiddatingiz so’nmasin.
Va shu yo’lingizda, Alloh o’zi qo’llasin,
Siz hamisha Allohning, xizmatiga shay bo’ling,
Va shu yo’lda doimo, xavfsiz-xatarsiz bo’ling.
Ikki bo’yinning jig’i qotib-qolmasin hech payt,
Qalbingda Alloh bo’lsin, ketib qolmasin hech payt.
Qotib-qolgan bo’yindan, chiqadi yomon bayt,
Va men eshitdim buni, So’fiy tabibdan shu payt.
Havas qildim, sizga qo’yib ixlos,
Alloh elitsin meni, shunday ilmga xolos.

2013 y. 10 yanvar» kuni yozdim.

Xatolari-kamchiliklari uchun: oldindan uzr so’rayman,
Meni birinchi she’rim bu: kamchiliklari ko’p.

Noto’g’ri yozgan bo’lsam: Alloh kechirsin,
To’g’ri yozgan bo’lsam: Alloh rozi bo’lsin.

YANGILANISHLAR

MAHSULOTLAR

Media-mahsulotlar pochta orqali

SAYT XARITASI

STATISTIKA