TOIFALAR

QATRON

SHOGIRDLARNING SHARXLARI

NURSAFARDIYYA
ISH FAOLIYATI

QIDIRUV

HAMKORLAR

Dunyo nadir? Yoxud parda ortidagi tafakkur (maxfiy ilmdan bir shingil)

Muallif: Sofiy - tabib shayx Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2010-09-23

Dunyo shunday sirli bir xilqatkim, aning ma’nosini anglamoq mushkuldir. Va bul ma’noning mushkulligi uchun ham insonlar bu mushkullikka toblari yo’qdir. Insonlar mushkullik istamaslar va shuning uchun ham dunyoning ma’nosini anglamaslar. Anglamoq osondir, ma’no mushkuldir. Mushkullik ma’noni topmoqdir va ma’no izlaganlar mashaqqat qo’ynida rohat sharobini ichdilar.

Dunyo ustuni yo’q bir ayvondir. Qanoti yo’q bir qushdir, ma’nisi yo’q bir tushdir. Insonlar dunyodan ma’no emas, nafs izladilar... Insonlar nafsni ma’noga, ma’noni  nafsga aylantirdilar.  Kimningdir nafsi ko’zida, kimnidir nafsi so’zida, kimningdir nafsi oshqozonida, kimningdir nafsi hirsdadir. Kimdir ko’z nafsi orqali go’zallikdan rohat topar, kimdir so’z orqali g’iybat, xiyonat va tuhmatdan rohat topar, kimdir oshqozon dardida boylikdan rohatlanar, kimdir hirsga berilar. Nafsning turi ko’pdir, ma’no yo’qdir.

Insonda Ilohning bir bo’lakchasi mavjud. Bu uning yaratuvchanlik qobiliyatidir. Agar vududda Iloh bo’lmaganda odamdan odam yaralmagan bo’lardi. Iloh bandani pastda yaratdi va yuqoriga ko’tarilishni unga sinov tariqasida berdi. Agar Iloh odamga yaratuvchanlik qobiliyatini bermaganda, undan avlod qolmagan, agarda  odamlar va o’zga mavjudotlar davomiyligi samodan kelib turganda Ilohning siri ochilib qolar va sinov dunyo o’z ahamiyatini yo’qotgan bo’lardi...      

YANGILANISHLAR

MAHSULOTLAR

Media-mahsulotlar pochta orqali

SAYT XARITASI

STATISTIKA