TOIFALAR

QATRON

SHOGIRDLARNING SHARXLARI

NURSAFARDIYYA
ISH FAOLIYATI

QIDIRUV

HAMKORLAR

Sofiy jang sanatlari - yigirma birinchi asrning buyuk kashfiyoti

Muallif: Sofiy-tabib shayx Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2010-09-23

So’fiy jang san’atlari inson oliy darajasidagi ruhni rivojlantiradi.

Sen uchun haqiqiy raqib - o’zingsan.

Eng asosiysi, ichkarida kuchli quvvat bo’lishidir.


Odam yaralibtiki, u doimiy izlanishda bo’lib qolaveradi. Bu izlanishlar asosida uning tafakkur darajasi o’sib boraveradi. Texnik -texnokratik rivojlanish inson harakatini jismoniy , fiziologik  holatini, sog’liqqa bo’lgan munosobatini salbiylashtirib yubormoqda. Bu albatta, bir kun kelib odam individumini  yaramas holga olib kelishi mijozlar qutbining almashib qolishiga va nihoyat ichki tuyg’ular insonga xos hissiyotlarning inert holati  ro’y berishi mumkin. Inson borki qarama - qarshilik mavjud, uning echimi shirin suhbatdan tortib, bahsu muzokoralarga, janjallarga va nihoyat jangu to’palashlarga, hatto urushlar orqali hal qilinishi mumkin.  G’oliblik haqiqatga yaqin insonga yarashadi. Mag’lub bo’lish esa odamni yangi xulosalarga chorlaydi.

Dunyoda shunday bir kuch mavjudki, uni ilm derlar va bul ilm ortidagi amaliyot chinakam qudratdir. Ammo qudratning salohiyati amaliyotning ma’nosiga bog’liqdir. Qudratning asli avvalo, insoniy mukammallikdadir. Mukammallikning asli esa ilm va amaliyotdadir. Mukammallikning zamonaviy  ko’rinishlaridan biri bu so’fiy jang san’atlari desak, ayni haqiqatni aytgan bo’lamiz. Tarixi ming yillarga borib taqaluvchi bunday go’zal va betakror harakatlar tizimining, bizning davrimizda qayta kashf qilinishi, bu yangi asrimizning bebaho xazinasi va buyuk kashfiyotidir. Bunday yorqin kashfiyotning ilmiy - amaliy dasturlari insonning mukammalligi uchun xizmat qilib, uning kuch - qudratdagi salohiyatini namoyish qiladi. Xo’sh, so’fiy jang san’atlarining mohiyati, mazmuni nimada? Insondagi hujayra darajasida saqlanib kelayotgan ijobiy quvvatlar tizimini faqatgina so’fiy jang san’atlari uyg’ota oladi va hech qanday boshqa tizimlar inson mukammalligiga bunday yaqin yondoshmagan. Masalan, ota - bobolarimizda kompyuter informatsiyasi yo’q. Ularda qurol bilan ishlash, nafis harakatlar tizimi, kuchli emotsional holatlar tizimi, psixotexnik mukammallik tizimlari mavjud. Aynan shularni uyg’otish uchun, demak, biz o’sha tizimlarga mashqlarni bajarish orqali uyg’otib ulardan manbaa sifatida foydalanishimiz mumkin. Shu erda ikki savol tug’iladi. Birinchisi - ushbu tizimlar endigi avlodga nima beradi va qanday rol o’ynay oladi? Ikkinchisi - ushbu tizimlarni amaliyotda qanday qo’llay olish mumkin? Birinchi savolga javob berish uchun so’fiylik ta’limotiga nazar tashlaymiz. Ushbu ta’limotga ko’ra tanadagi mukammallik faqatgina ijobiy va salbiy quvvatlarning ravnaqi asosida ro’y beradi. Hozirgi texnik, texnokratik rivojlanish davrida insondagi fizik, fiziologik jarayonlarning passivlashish natijasida odam organizmida tuzatib bo’lmas patologik o’zgarishlarning paydo bo’lishiga sabab bo’lmoqda. Bu esa o’z navbatida yosh avlodda bepisandlik, fahm - farosatsizlik, shijoatsizlik, befarqlik singari salbiy hislatlarni rivojlantirmoqda. Tarixsiz kelajak yo’qligidek, o’tmishda yaratilgan hujayramizda ota - bobolarimizdan o’tgan xabarni uyg’otmasdan kelajakka yurib bo’lmaydi. Demak, yuqorida nomi aytib o’tilgan so’fiy jang san’ati, so’fiy jangovar olishuvi va so’fiy jangovar jangi insondagi tarixiylikni, tabiiylikni, harakatlardagi mukammallikni ta’minlab beruvchi genetik ijobiy xabarni paydo qiluvchi yagona omildir. Odam tanasiga Tangri tomonidan berilgan salbiy jarayonlarni engib o’tish uchun ijobiy fikrlash, ijobiy amallarni qilishning o’zi etmaydi. U o’z organizmiga salbiy quvvatga qarshi kurasha oladigan, uni me’yorida ushlab turadigan va nihoyat, uni yaxshi amallarda qo’llay oladigan tizim bo’lib xizmat qilmog’i lozim. Masalan, insondagi jangovarlik, qaytmaslik unga hayotda qiyinchiliklarni engib chiqishda xizmat qilsa, tom ma’noda kerak bo’lsa, vatanni dushmanlardan himoya qilishda katta rol o’ynashi mumkin. Aynan bunday hislatlarni rivojlantirish uchun so’fiy jang san’ati va so’fiy jangovar olishuvi va so’fiy jangovar jangi tizimlari qo’l keladi, insonni real xavfga yuzma - yuz kelishga, uni o’z emotsional vujudida sezishga va kuchli immun sistemasini rivojlanishiga sabab bo’la oladi. Aynan ushbu tizimlar orqali paydo qilingan ijobiy va salbiy quvvatlarning muvozanatini saqlay oladigan yagona kafolat bo’la oladi. Asrlar davomida ota -bobolarimiz, bobokalonlarimiz jang san’atini o’zlarining hayotida ajralmas bir qism sifatida idrok etishgan. Bu degani ularning hujayraviy xabarlarida, qilich, qalqon, nayza, kamon - yoy, otda yugurish, qo’l harakatlari saqlanib bizning xabariy manbaalarimizga bevosita o’tgan va bir yangi informatsiyani yaratish uchun hozir holda turibdi. Masala shunda ekan, nima uchun biz o’sha hujayradagi xabarni uyg’otishga  harakat qilmaymiz. Shart emas, qilich  yoki kamon - yoy orqali birovni o’ldirish yoki jarohat etkazish. Osongina mukammallik yo’lida tarixiy voqeani eslagan holda, amaliyotda undan mashq sifatida foydalanish kerak, xolos.

Aynan shunday harakatlar tizimini fizik, fiziologik va ruhiy mukammallik darajasini uyg’ota oladigan tizim bular, so’fiy jang san’ati, so’fiy jangovar olishuvi va so’fiy jangovar jangilaridir. So’fiy jang san’ati yo’nalishi bilan hamma ham shug’ullana olishi mumkin. Ushbu tizimda ichki quvvatdan ilohiy quvvatgacha bo’lgan masofa bosib o’tiladi. So’fiy jang san’ati tizimi jiddiy haqiqiy jang san’ati hisoblanib, unda butun tarixiy, azaliy insoniy xabarlar uyg’ota oladi. Odam o’zi yig’gan butun tajriba sandig’ini ochadi. Ushbu yo’nalishda inson bir qisqa davrda yuzlab emotsional davrlarni bosib o’tadi va yana bir pog’ona yuqoriga ko’tariladi. Berilgan ikkinchi savol, endilikda o’ta muhim rol o’ynaydi, chunki insonlardagi fizik, psixologik qobiliyatlarning kuchsizlanib qolishi, insonni Tangri yaratgan ulug’vorlik, mukammallik darajasida saqlab qolish borgan sari qiyinlashmoqda. Buning sababi ikkitadir. Birinchisi texnika va texnologiyaning inson funktsiyalarini ko’proq bajarib berishida bo’lsa, ikkinchisi odamlarda paydo bo’layotgan faolsizlik, dangasalik va qolaversa, kuchsizlanish sabab bo’lmoqda. Yuqoridagi ichki salbiy jarayonlarning oldini olish uchun tarixiy, hujayraviy informatsiyaga murojaat etishga majburmiz. Bu albatta, orqaga qaytish emas, uning teskarisi, o’z hayotiy immun tizimini saqlab qolishi uchun kurash va nihoyat insoniy holni er yuzida ushlab qolishdir.

So’fiy harakatlar tizimi:

Organizmdagi salbiy xabarni yo’q qiladi.

Tanada xurujiy xabarning yig’ilishiga yo’l qo’ymaydi.

Nafas, harakat va zikr asosida ilohiy xabarlar rivojlanadi va ijobiy darajani yuqoriga ko’taradi.

Tanada ijobiy xabarga zamin tayyorlanadi va uning yangilanib turishini ta’minlaydi.

Tana mukammalligi ro’y beradi.

Tananing  ilohiy quvvatni ko’tarib yurish qobiliyatini kuchaytiradi.

Ichki quvvatiy markazlarni ochadi va ularning rivojlanishiga sharoit yaratadi.

Harakat, nafas va so’zda ilohiylik paydo qiladi.

So’fiy jang san’atlari ilohiy ilmga asoslangan mukammal insonning jang tizimi bo’lib, undagi tayanch tamoyillar so’fiylik bilan chambarchas bog’liq. So’fiy bo’lmasdan bu tizimga kirish, uning so’nggi kamolot nuqtasiga etishish mumkin emas. So’fiy jang san’atlari jang qilishgagina mo’ljallanmagan. U mohiyatan, barkamollikka erishish uchun xizmat qiladi. Barkamollik esa Ollohga etishish uchun kerak. Jang tizimini o’rganishdan bosh maqsad ham shu quvvatlar uyg’unligini saqlash. Jang san’ati inson botinidagi  imkoniyatni ishga tushirish uchun kerak. So’fiy jang san’atlarida egiluvchanlik, qattiqlik va harakatchanlik tizimlari birma - bir maxfiy ilm orqali bosqichma -bosqich organizmni mustahkamlash va uni yuqori darajada ko’tarishga erishiladi. So’fiy jang san’atlari insonning mohiyatini, uning oxirgi qobiliyatini ochib beradi va texnik - texnokratik rivojlanish davrida organizmni nafaqat salbiy jarayonlardan saqlab qolmasdan, uning ilgarilashiga zamin tayyorlaydi.

So’fiy jang san’atlarining talablari va printsiplari.

1. Haqqa astoydil intilish, uning nafasiga, quvvatiga qo’shila olish;

2. 33 ta Qur’oni Qarim suralarini yoddan bilish va qiroat qilish;

3. Tasavvuf ideyalariga sadoqatli qolish;

4. Zikr bilan shug’ullanish;

5. Milliy e’tiqodlarga sadoqatli qolish;

6. Javonmardlik inshootiga asoslangan holda ish tutish;

7. Milliy - axloqiy printsiplarga rioya qilish;

8. Buxorocha, Farg’onacha, Xorazmcha , Surxoncha raqslarni bilish;

9. Dunyoviy ilm va hayotdagi munosobatlar muvozanatini  saqlash va o’ta berilib ketmaslik;

10. Ustoz – shogird munosobatlarini qadrlash va sadoqatli qolish;

11. Ovqatlanish, kiyinish, yurish –turishda kamtarlikni saqlash;

12. “Sog’lom badan, to’g’ri fikr, ulug’ ruhiyat - umr talabi” tamoyillariga sadoqatli qolish;

13. Mayinlik - qattiqlik, turg’unlik -harakatlik printsiplariga asoslanish;

14. Milliy kasblardan birini mukammal bilish va shug’ullanish;

15. Jangchilik qobiliyatlarini o’tmish ajdodlar, Iloh - ruhiy quvvatidan izlash;

16. Er, suv, temir, daraxt bilan doimiy munosobatda bo’lib turish;

17. Qilich, nayza, xanjar, qalqon, kamon -yoy milliy qurollarni mukammal bilish;

18. Qaldirg’ochning, tut, qayrag’och va qatronning yashash va o’sish mohiyatini mushohada qilish;

19. Tanada  ijobiy va salbiy muvozanatlarni saqlash;

20. Eski o’zbek va arab xattotlik tizimini mukammal o’rganish.

Ushbu mavzuga yana va yana qaytishimizdan asosiy maqsad, biz uchun muqaddas va ajdodiy meros bo’lmish jang san’atlarimizni tiklash va undagi hali ochilmagan qirralarni ommabop qilgan holda, amaliyotga qirg’izish va nihoyat, unutilgan yoki oilaviy maxfiyat an’analariga aylanib qolgan san’atlarni qo’limizdan kelguncha siz aziz vatandoshlarimizga ochib berishdir. 

Tarixga nazar tashlasak, o’tmishimiz har xil jangu jadallarga boy bo’lgan. Yakkama - yakka kurashsiz ota - bobolarimiz o’z vatanlarini himoya qila olishlari mumkin emas edi. Hamma gap ushbu mavzuga taaluqli xabarlar bir tizimga keltirilmagan va ommaga etkazilmaganligidadir. Aksariyat hollarda ushbu haqda so’z yuritishga qo’rqishgan. O’tmish zamonamizga chuqurroq nazar tashlasak, Xorazm hududida bir tizimga keltirilgan momoliq (mamlyuk)lar yo’nalishini eslab o’tish o’ta muhimdir. Aynan mamlyuklarda so’fiy jang san’atlari tizimi etarlicha rivojlantirilgan bo’lib, ularning bu sohadagi mahorati Xitoydan tortib Misrgacha, keyinchalik esa Frantsiyadan Rossiyagacha dong taratgan. Ular haqidagi xabarlar Frantsiya, Angliya muzeylarida saqlanayotgan nodir materiallarda, Mirmuhsinning “Jalolliddin va Oyto’lin” kitobida, Turk devletlari, 2007 yil entsiklopedik nashrida, Temurnomada, Nursafardiyning “Mamlyuklar haqiqatni izlab” deb nomlangan kitoblardan to’liq olish mumkin.

Biz anchadan beri so’z yuritayotgan  xabar ko’pchilikni hayratda qoldirsa, ayrimlarda ishonchsizlik yoki hadiksirash paydo qilmoqda.  Bu hol, albatta, hozirgi zamon sharoiti bilan bog’lasak tabiiydir. Faqat biz aytmoqchi bo’lgan narsani siyosatga, ideologiyaga va bir yoqlamalikka bog’lash kerak emas. Bu oddiygina mukammallik tizimlaridan biri, xolos.

So’fiy jang san’atlarining asosini fizik, fiziologik va quvvatiy (energetik) mukammallik tashkil etadi. Bu degani , inson tanasidagi jismoniy holatdan tortib, undagi ishlash qobiliyatidan olinadigan ichki quvvat tizimidagi doimiylik tushuniladi. Xo’sh, bunga qanday erishish mumkin?! Fizik va fiziologik mukammallik so’fiylikda asrlar davomida mavjud bo’lgan so’fiy harakatiyoti, so’fiy tabobati, so’fiy xoreografiyasi yordamida amalga oshiriladi. Keyingi bosqichda asta - sekinlik bilan u san’at sifatida maxsus harakatlar, zarbalar, himoyalar shaklida jonlanadi. Undagi ichki quvvatiy bosqich so’fiy zikriyoti, so’fiy nafasiyoti va nihoyat Qur’oni Karimdagi shakli daryolarga asoslanib ro’yobga chiqariladi. Aytilgan ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki, so’fiy jang san’atlarini egallash uchun nafaqat oddiy mashg’ulotlar etarli bo’libgina qolmay, o’n yillab doimiylik zamirida o’z ustidan ish olib borilmog’i lozim. Ushbu tizim orqali inson nafaqat jang qilishga, balki hayotiy manbaalarga ega bo’ladi. Bu degani, hayotdagi har qanday muammolarni hal qilish xususiyatiga qodir bo’ladi. Insondagi mukammallik holi, albatta,  amaliyotda o’zini ko’rsatmog’i lozim. Buning uchun katta kuch, g’ayrat, sabr, chidam, shiddat darkor bo’ladi. So’fiy jang san’atlari keyingi jiddiy jang tizimlari uchun zamin tayorlovchi hisoblanib, insonda ruhiy jarayonni rivojlantirib, charchamaslik, qo’rqmaslik, botirlik, qaytmaslik hislatlarini yuqori darajaga ko’taradi. Odamda aql bovar qilmas qobiliyatni paydo qiladi. Undagi harakat va harakatlar tizimi o’z - o’zidan ro’y bera boshlaydi, ajdodlar quvvatining ta’siri kuchayadi. Zarbalar va himoyalar ichki quvvat evaziga amalga oshiriladi.So’fiy jang san’atlarida yakkama - yakka jang qilish metodikasi mavjud, lekin ular hali cheklanmagan, chunki agressiv holatlar organizmda hali mavjud emas. Unda asosiy diqqat harakatlarning nafisligiga, timsollarning jozibali yaratilishiga beriladi. So’fiy jang san’atlarida “g’olib bo’lish” unvoni asos qilib olinmaydi, aksincha harakatlarning me’yoriga etkazilib bajarilishi, tananing bir darajadan ikkinchi notanish darajada bo’la olishi, ichki xotirjamlik va tananing o’z ichki omillaridan foydalana olishini ta’minlash birinchi o’ringa qo’yiladi. Xullas, so’fiy jang san’atlari buyraklarda yotgan ajdodlar quvvatini uyg’otib, uni ilohiy quvvatga qo’shadi va ulardan unumli foydalanish amaliyotini o’rgatadi.

So’fiy jang san’ati orqali siz o’zingizni, oilangizni va jonajon vataningizni himoya qilishingizga to’g’ri kelishi mumkin. Bundan tashqari so’fiy jang san’atlari orqali siz o’z tarixingizga nazar tashlasangiz, ota -bobolarimiz quvvatini sezasiz va undan bahramand bo’lasiz. Ulug’ sarkarda, lashkarboshilar va vatanparvar qahramonlarni taniysiz, ularning qilgan ishlaridan g’ururlanasiz. Sizlarning barkamol, etuk insonlar bo’lib etishishingizda ota - bobolarimiz, jasurlar, Olloh  quvvati yor bo’lishini tilayman. Siz bilan boshqa mavzularda yana suhbat qurishga umid qilaman.

YANGILANISHLAR

MAHSULOTLAR

Media-mahsulotlar pochta orqali

SAYT XARITASI

STATISTIKA