TOIFALAR

QATRON

SHOGIRDLARNING SHARXLARI

NURSAFARDIYYA
ISH FAOLIYATI

QIDIRUV

HAMKORLAR

Qayga ketar ozbegim yoxud Rossiya sindromi

Muallif: Sofiy-tabib shayx Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2010-09-22

Bu shunday bir millat, nafsiga,
Erk bermagan pokiza tilak.
Har birining elkalarida,
O’ltiradi ming bitta malak.

Vatandan ketmoqlik bu o’zlikni yo’qotmoqlikdir...

Toshkent vokzalida o’zbek ayoli qo’lida  yosh bolasini ko’tarib olgancha Rossiyaning ma’lum bir o’lkasiga ishlagani ketayotgan erini kuzatmoqda, –qachon qaytasiz, dadasi?

- Hali kamchiligimiz ko’p Zamira, yana biror yil ishlab kelmasam bo’lmaydi.

- Bu to’tinchi marta borishingiz, qachongacha ayriliqda yashaymiz.

- Bormasam bo’lmaydi...

Poezdning taraq - turuq ovozi eshitilmay ko’zdan g’oyib bo’lguncha xotini uning ortidan mahzun qarab qoldi...

Keyingi paytlarda Rossiyaga ishlab pul topish ilinjida ketayotgan yurtdoshlarimizning oqimi kuchaysa kuchaydiki, kamaygan emas. O’zbek yigitlari qayoqqa ketib qolishayapti? Bunaqada vatanni, xalqni , millatni kim himoya qiladi. Xabarlarga qaraganda ma’lum bir qishloqda keksa bir onaxon vafot etibdi va ayanchlisi tobutni ko’taradigan odamlar yo’q ekan. Tasavvur qilayapsizmi, qishloqda erkak zoti yo’q... Qariyalarning tobut ko’tarishga madorlari... Hamma ishlab pul topgani turli davlatlarga sochilib ketgan. Bu millat fojeasi emasmi? Biz  qayoqqa qarayapmiz?   Milliy e’tiqodimiz pul oldida sariq chaqaga arzimay qoldimi?

Fojeaning asosiy tomoni u yoqda namoyon bo’lmoqda? Masalan, Rossiyani olaylik? Bu poyonsiz  o’lkaga tashrif buyurayotgan millatdoshlarimiz o’sha zaminning muhitiga o’rganib qolmoqdalar. Bir yoki ikki yilcha ishlagan yigit uyiga, o’z yurtiga, o’z oilasiga mehmon sifatida kelib ketmoqda. Sababi o’z vatanidagi hayot tarzi uning ongidan o’chib ketgan. Hali uyiga qaytib oila davrasida bir muddat qolmasdan yana qaytish haqida o’ylaydi. Tezroq ketsam deydi. Uning miyasi, ongi kadirofka qilingan, ya’ni ma’lum bir programmaga tushib qolgan. Qul ham bora -bora o’z qo’lidagi zanjirga mehr qo’yarkan. Bunday holatni qanday tushinish mumkin. Ilgari zamonlarda bir davlat ikkinchisini bosib olgach, aholisini qul sifatida olib ketishgan. Biz ixtiyoriy qullikni nima bilan izohlaymiz? Milliy e’tiqodimiz yo’qoldimi? Biz pul topish evaziga vatanni yuziga dog’ tushirishdan ham qaytmaymizmi?  Millatimiz nahotki, shu qadar e’tiqodidan yiroqlashdi... Millatni milliy qadriyatlari har narsadan ulug’dir. Biz o’zga yurtlarga o’z e’tiqodimizni toptagan holda ketmayapmizmi. Biz qachon o’zlikni anglaymiz? Biz qachon o’z millatimizga sodiq qolamiz. Agar vatandoshlarimiz shu holatda vatandan chiqib ketaversalar, huvillab qolgan vatanni kim himoya qiladi, kim uning kelajagi uchun qayg’uradi. O’zga yurtlarda yashab, o’sha yurt fuqaroligini olayotganlar qancha. Nima siz o’zbekligingizdan or qilayapsizmi? Siz o’z kindik qoni to’kilgan vatanigizdan yuz o’girayapsizmi?Sizga non berib, bekamu ko’st o’stirgan vataningizga xiyonat qilayapsizmi? O’zga yurtda xonlikdan o’z yurtida gadolik afzal emasmi? Vatan bu millat, millat bu vatan emasmi? Siz vatanda millat bo’lib vatanni sotasizmi? Siz vatanda, vatan bo’lib milatni sotasizmi? O’zingizga bir boqing aslingiz kim, naslingiz kim? Tarixingizga nigoh tashlang. Siz Manguberdi emasmi, siz Temur va yo Bobur emasmi, siz Ibn Sino, al - Buxoriy emasmi, siz al - Xorazmiy, at -Termiziy emasmi? Kimsiz? Buyuklari bor bo’lgan buyuk vatanda biz nima qildik? Siz kimsiz? Kimligingizni angladingizmi? Siz buyuk millatsiz va buyukligingizcha qolishingiz kerak. Aks holda, buyuk ajdodlarimiz kechirmagaylar. Ko’zni oching, vatanga teran nigoh tashlang. Jannat yurtni qadriga eting. Qoningizni buzmang, naslingizni buzmang. Aslingizni buzmang. Millatingizga, milliy qadriyatlaringizga hurmat ko’zi ila qarang. Vatanga sodiq qoling, sizni o’zligingizni asrab qoluvchi buyuk e’tiqodingizga buyuk e’tiqod bilan yondashing. Vatanga qaytishni o’ylamasdan vatandan ketmaslikni o’ylang.

YANGILANISHLAR

MAHSULOTLAR

Media-mahsulotlar pochta orqali

SAYT XARITASI

STATISTIKA