TOIFALAR

QATRON

SHOGIRDLARNING SHARXLARI

NURSAFARDIYYA
ISH FAOLIYATI

QIDIRUV

HAMKORLAR

Sofiylik hayot tarzidan

Muallif: Sofiy-tabib shayx Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2010-09-21

Amallarda Haq jaloli,
Go’zallikda yurt jamoli.
So’fiylik ishq, mashaqqatdur
Sadoqatning buyuk loli.

Dedim, so’fiylik to’g’risida to’xtovsiz gapiriladi, yoziladi va tv ekranlarida ko’rsatuvlar olib boriladi. Lekin  uning mohiyatiga, asl ma’nosiga etib borish qiyin, balkim  shuning uchundir odamlar uni chuqur bilishga harakat qilmaydilar. Ayrimlar uni oqimlar va yo’nalishlar bilan taqqoslab, ichki dunyosida qo’rquv va vahima paydo qilishadi. Aslida ular bilmaydilarki,  uning tarixiy hujayra darajasida ilohiyotga olib boruvchi quvvat, so’fizm ta’limoti yotganligini.  O’sha hujayrani uyg’ota olish va ololmaslik insonning taqdirida, intilishida va qolaversa  Ilohning buyruq - istagiga  bog’liq bo’lib qoladi. Berilgan umrning samarasi ham, boqiy olamga sayr ham, fanolikdan ozod bo’lish ham shu ta’limot asosida yotadi. Ko’p eshitasiz, gapiramiz, aql o’rgatamiz, bu o’tkinchi dunyo, hech kim bu erdan  hech narsa olib ketolmaydi  va hokazo... Aslida tajriba va amaliyotlarimizda ushbu o’ta kuchli ma’noga ega bo’lgan so’zlarni o’ylab ham ko’rmaymiz.

Bu dunyo o’tkinchi ekan. Nega keldik? Nahotki hech narsa olib ketolmaymiz. Xo’sh o’tib ketsak, qaysi olamga boramiz? Nima bilan? 

Bu dunyoda daraja belgilanmasa, biz hech qayoqqa bormaymiz. Bu dunyoda o’zimizga  ilohiyot yaratmas ekanmiz, u dunyoda biz hech kimga kerak emasmiz. Samarasiz hayotda mukammallik , komillikka erishmagan odam na bu, na u dunyoda kerak bo’ladi. Aynan ushbu falsafa, ilohiy ilm, hayot tarzi bilan so’fiylik shug’ullanadi. Nafaqat shug’ullanadi, balkim maqsadga etqazadi, o’zlikni , borliqni anglashga yordam beradi. Zamonamizdagi qulayliklar, go’zal hayot istagi insonni aldab qo’yadi, yaratuvchini, boqiylikni unuttiradi.

So’fiylik hayot tarzi ichki dunyo darajasidir. Ichkaridagi quvvatning ilohiyotga aylanishidir, axloq va odobning ilohiylashuvidir.

Borliqdagi bor narsa bu bordir. Yo’qlikdagi borliqni topish bu so’fiylik yo’lidir. Borliqdagi yo’qliqni qaerdan izlaydilar ko’ngildan izlaydilar? Ko’ngil yurakning ruhidir. Inson vujudidagi holat ikki xilqatga bo’lingan, ong ila tafakkur hilqati va qalb ichra ko’ngil xilqati va bu ikki xilqat birlashsagina ilohiyot jamoli oydindir. Taassufki, nafs atalmish kuch insonning ana shu go’zal xilqatlarini bir -biriga dushman qilib qo’ydi. Ong orqali insonlar dunyoga intilsalar, qalb orqali Ilohga intiladilar. Va insonni ma’lum yo’lga boshlovchi ongimiz  ko’ngil  mayliga quloq tutmay, vujudni dunyoviy nafs tomon etaklab ketdilar. Arosatda qolgan ko’ngil dunyoviy nafsga berilgan ongning qilmishidan uyalib yuziga parda tortdi va bu parda ortidan insonda insoniylik qiyofasi ko’rinmay qoldi. Va inson ilohiy lazzatlardan mosuvo bo’lgan holda, dunyoning makrida qurbon bo’ldi. Va undan na ruhiyat va na tafakkur va na kangul quvvati qoldi. Ulkim yo’qlik ichra yo’qlikka mahkum bo’ldi. Va tufroqqa aylandi. Insonda insoniylik darajasi ilohiy darajaga etmasa, u barcha mavjudodlar kabi mavjudodligicha qolaveradi. Va unda  imkoniyatlar chegarasi mavjud bo’lib, ushbu chegarada qolib ketishi, uning insoniylik darajasida yashamaganidan darak beradi. Iloh so’zi hamma joyda jaranglaydi, biz eshitamiz, tinglaymiz, lekin bu so’zlar vujudimizga singmaydi. Biz axborotni tinglab, uni tezda o’zimizdan o’tkazib yuboramiz. Chunki ilohiy istak bizning hujayramizda allaqachonlar so’nib bo’lgan. Bizning hujayramiz nafs amri bilan zaharlangan va biz faqatgina nafsni ko’ramiz va his qilamiz. Biz o’zimizga ishonmaymiz, Ilohga ishonamizmi? O’ziga ishongan odam albatta, Ilohga ishonadi. Va bu ishonch e’tiqodni yuksaltirib, nafsni badnom qiladi va  borliq olamida ham Ilohning quvvatiga mavjud vujudni etkazadi. So’fiylik, insoniylikni kashf qiluvchi  ana shunday ilohiy mukammal ilmdir. Bul ilmga ko’zlarini dunyoviy nafsga ko’mib, ko’ngilni xor qilganlar zinhor ishonmaslar.

So’fiylik bu, dunyodan  vujudan emas, ruhan uzilgandan so’ng boshlanadigan hayotdir. Ilohiy ishq oshiq ko’ngliga visol sharobini quygandan so’ng, omonat olam sahni uning uchun ma’nisiz bir xilqatga aylanib qoladi. Bu holat o’zlikni kashf qilish, chinakam ilohiy qiyofada namoyon bo’lishdir.

So’fiylik ilmi dunyo ilmlaridan eng yuqori darajada turuvchi mukammal ilmdir. Olamda undanda mashaqqatli va undanda rohatli ilmni topmoq mushkuldir. So’fiylikning mashaqqati mavjud olamda yashamoqligi bo’lsa, uning rohati ilohiy olamda o’zligini topmog’idir. So’fiylar bul olamni nafsdan iborat bir xilqat sifatida ko’rdilar va uning aldamchi makkorligidan yuz burib Haqqa mayl qo’ydilar. Va uning nigohlaridan quvvat sharbatini ichdilar.

Alhamdilillahi robbil a’lamin...

Xayolparastlikdan  yiroqdamiz. Alhamdililloh.

YANGILANISHLAR

MAHSULOTLAR

Media-mahsulotlar pochta orqali

SAYT XARITASI

STATISTIKA