TOIFALAR

QATRON

SHOGIRDLARNING SHARXLARI

NURSAFARDIYYA
ISH FAOLIYATI

QIDIRUV

HAMKORLAR

Dilbar jamoli, ishqim kamoli

Muallif: So'fiy-tabib shayx Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2010-09-15

Haq jamolin ilohiy may ichib ko'rdim,
Visolini zikr birla quchib ko'rdim.
Tanam parcha-parcha bo'ldi quvvatidan,
Mukofoti birla samo uchib ko'rdim.
Man bir banda, ichimda bir banda kezar,
O'zim yo'qman, lek o'zimni tanda sezar.
Ruhim olib ketdi ishqing siyratlari,
Borlig'imni ikki vujud sanda sezar.
Ishq mayini ichib - ichib mast ketamiz,
Bodamiz bir ikkimizga ishrat mayli.
Jamolimiz farqsiz quvvatlar birdir,
Poyimizda borliq yotar, yuz beradi samo sayli.
Man o'zimda emas, o'zimda sani ko'rdim,
O'zingda mani ko'rib,  so'zimda sani ko'rdim.
Vujudimda titroqlar ko'zguga boqqanimda,
Ko'zguga ming boqmayin, ko'zguda sani ko'rdim...

YANGILANISHLAR

MAHSULOTLAR

Media-mahsulotlar pochta orqali

SAYT XARITASI

STATISTIKA