TOIFALAR

QATRON

SHOGIRDLARNING SHARXLARI

NURSAFARDIYYA
ISH FAOLIYATI

QIDIRUV

HAMKORLAR

Nursafardiy nima istar?

Muallif: So'fiy-tabib shayx Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2010-09-14

Dedim, borliq ichra yo'qlikka aylandim va yo'qlik ichra borliqning vazifasini bajardim. Kamina xalq ichida yurib xalqni ko'rdim, lekin mandagi borliq ularning ko'ziga yo'qliq sifatida ko'rina boshladi. Shunda yo'qliqning asli borliq ekanligini angladim va anglaganlarimni bayon etmoqqa jazm ettim. Dedimki, borliqning asli yo'qliqqa tutashur va buni anglaganlar borliq ichra yo'qliq istagidan cho'chidilar va borliqqa mehr berdilar. Yo'qliqning asli borliq ekanligini tafakkur anglar va tafakkurdan yiroqlar borliqni borliq sifatida ko'rdilar va yo'qliqdagi borliqni his qilolmadilar. Dedim, borliq bir nafasdur va borliqdagi yo'qliqning umri boqiydur. Bandalar borliq  ichinda borliq bilan kifoyalandilar va mohiyatni anglamadilar. Bandalar borliqning asli yo'qliq va yo'qliq ichra paydo bo'lgan borliq ma'nosini anglamadilar. Bandalar borliq ichra nafs ishtiyoqidan o'zga narsa topolmadilar va faqat moddiyot mavjudlikni ko'ra oldilar. Bandalar  borliq ichra yo'qliq, mavhumlik sirini anglamadilar. Dedim, kimki borliq ichra yo'qliq sirini angladi, saodat topdi. Yo'qliq bandalar uchun to qalb ko'zini ochmas yo'qliqdir va undagi borliqni his qilmaslar. Borliqning aslida yo'qliq yotur va yo'qliqning aslida borliq yotur. Aldamchi dunyo deb shunga aytarlar. Borliqni asli yo'qlig'ini yashirgan dunyo borliqni borlig'icha ko'rsatur va borliqdagi yo'qliq sirlarini mavhum saqlar va borliqdagi borliq ila kifoyalanib aldangan banda, borliqdagi yo'qliqning asl borlig'idan mosuvodir...

YANGILANISHLAR

MAHSULOTLAR

Media-mahsulotlar pochta orqali

SAYT XARITASI

STATISTIKA