TOIFALAR

QATRON

SHOGIRDLARNING SHARXLARI

NURSAFARDIYYA
ISH FAOLIYATI

QIDIRUV

HAMKORLAR

Dilbar dostoni

Muallif: So'fiy-tabib shayx Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2010-09-12

Ko'zimga ko'rindi dunyo dilbar bo'lib,
Chamanzorida guli mushki anbar bo'lib.

Shaytonlig'ini bilmadim nafsi balo,
Tuproqi  ko'rinmish ko'zima zar bo'lib.

Sezdima, dunyosining yolg'oni rost,
Rostlig'i kasbi yolg'onni bezar bo'lib.

Angladim, ishq yo'lidan o'zga ziyon,
Qoldim har nafasda ani sezar bo'lib.

Oh, mashaqqat yo'llariga tushdi yo'lim,
Ketdim majnun sahrosida kezar bo'lib.

Mankim, Haq yo'liga tushdim, ketolmasman,
Samo quchdim, samolardan o'zar bo'lib.

* * * *

Ey yorim, yorlig'imni qabul etdingmi?
Bo'ynimg'a dor bo'ldim o'zim, dorlig'imni qabul etdingmi?

Ko'zlarim ko'zgusida tomchilar faryod,
Faryodim ichra sanga zorlig'imni qabul etdingmi?

Olam  kangul chashmasida loyqa misol o'ldi,
Dunyo orazida, bu kun, torlig'imni qabul etdingmi?

Ilm izlab jamolingni vasfida kuydim,
Vo darig', sensiz hijronda xorlig'imni qabul etdingmi?...

YANGILANISHLAR

MAHSULOTLAR

Media-mahsulotlar pochta orqali

SAYT XARITASI

STATISTIKA