TOIFALAR

QATRON

SHOGIRDLARNING SHARXLARI

NURSAFARDIYYA
ISH FAOLIYATI

QIDIRUV

HAMKORLAR

Tafakkur va qalb yoxud oshqozon muammolari

Muallif: So'fiy-tabib shayx Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2010-09-12

Man tafakkur istadim nafsim yo'ldan ozdirar,
Nopok bosgan qadamim gunohimni yozdirar.

Birodarim, anglab turibmanki siz insoniyat xilqatidansiz. Sizda ong va aql mavjud... To'g'risi siz shohona yashayapsiz. Lekin biz shohona hayotga qiziqmaganimiz uchun sizning boyligingizga na havas va na hasad qilish fikridan yiroqmiz. Istaymizki, topganingiz o'zingizga buyursin. Biz fikr yuritmoqchi bo'lgan narsa tamoman o'zga mavzudir.                                                     

Assalomu alaykum, omonmisiz o'zi? Siz bilan dildan suhbatlashmaganimizga ham ancha bo'ldi, shekilli. Siz bilan ko'rishmagan bo'lsakda borligingizni, his qilib turibmiz. Siz qanday yashayapsiz, fikringizdan qanday o'ylar kechayapti, bizga ma'lum. Siz o'ylagan darajada avliyo bo'lmasakda, bizning qalbimizdagi ilohiy kechinmalar har qalay  insonlarning hayotidan boxabar etib turibdi. Siz ongli va aqllisiz. Shubha qilmadik... Ammo sizning to'rt kunlik hayotingizda bir narsa va  kerakli narsa etishmayapti... Qo'rqib ketmang, tag'in qanaqasiga to'rt kunlik deb. To'rt kunlik dunyo deydilarku, o'shanga ishora qilayapmiz. Hali ko'p yashaysiz? Axir ne umidlar bilan shuncha boylik yig'dingiz, mansabga erishdingiz, rohatini ham ko'ringda. Sizga nima etishmayapti?  Nima ekan?  Obbo xato qilmangda, adashdingiz. Mashina deysiz-a... To'rtta inamarka bitta lasettingiz bor, kamlik qilayaptimi... Yana topolmadingiz... Univermag. Obbo. Ikkita univermag, bitta korxona sizniki bo'lmay biznikimi? Bizda bunaqasi yo'q... O'ylang, o'ylang. E qanaqa odamsiz o'zi... Yana topolmadingiz... Qanaqa qo'shma korxona? Bu ham bor sizda... Chet elga sayohat? Tunov kuni Malayziyadan keldingiz? Shoshmang, baribir topolmaysiz, shekilli. Boshingizni og'ritib nima qildik. Aslida biz aytayotgan narsa boshingiz bilan bog'liq. Agar  biz aytgan javohir haqida o'ylasangiz umid qilamizki, boshingizda boshingizdan boshqa hech narsa qolmaydi. G'alvali bo'lsa menga javohir kerak emas, deysizmi? Obbo boylik qursinda, biz taqinchoq xaqida emas, ma'naviy javohir haqida gapirdik. Hammasini chiqarib tashlaysiz. Biz aytgan narsa bu tafakkur edi... Undan keyingisi qalb. Siz aql va ongni ishlatibsiz-u tafakkur va qalbni yoddan chiqaribsiz... Tafakkur nima uchun kerak, shundoq ham zo'r yashayapmiz deysizmi? Obbo, Siz dunyoning mohiyatini faqat nafs bilan o'lchamangda. Nafs oshqozon uchun. Nafs manmanlik uchun berilgan. Sizda tafakkur bor va siz unga nima berdingiz? Oshqozon ovqat istagani singari tafakkur ilm istaydi, qalb Iloh istaydi. Siz hamma e'tiborni oshqozonga qaratibsiz-u, tafakkur va qalbni unutibsiz. Bechora tafakkur va qalb o'ziga ozuqa istayverib natija bo'lmagach, ozuqani oshqozondan ola boshlabdi va butun tana nafsga aylanib sizda manqurtlik holati yuz beribdi... Sizga shu kerakmidi?  Kerak edi. Kerak bo'lmaganda bechora tafakkur va qalbni bunchalar xor qilmas edingiz. Siz toshbag'ir, yaramas o'z qadrini bilmaydigan nochor odammisiz? Yo'q siz yaxshi odamsiz? Faqat nafs atalmish shayton vasvasasi sizni bir oz yo'ldan ozdirgan, xolos. Siz ilmdan qochmaysiz, siz saxovatdan qochmaysiz, mehr - oqibatdan qochmaysiz. Eng asosiysi Ilohdan yuz burmagansiz. Topganingizga  Xudoga  shukr qilib yashaysiz... Siz yaxshi insonsiz, sizni qo'lingizdan hammasi keladi, ishonib turibmiz, bu fikrimizdan so'ng yangicha hayot boshlaysiz, tafakkur ilmiga intilasiz, saxovat yo'liga kirasiz, mehr - oqibatli bo'lasiz va eng asosiysi nafs emas, tafakkur va qalbgina insonning chinakam saodatini  belgilab berishini his qilgan holda komillik yo'liga o'tasiz. Mana biz ham sizni duo qildik. Saodat yo'lini tanlaganingiz muborak bo'lsin... Ollohu akbar...

YANGILANISHLAR

MAHSULOTLAR

Media-mahsulotlar pochta orqali

SAYT XARITASI

STATISTIKA