TOIFALAR

QATRON

SHOGIRDLARNING SHARXLARI

NURSAFARDIYYA
ISH FAOLIYATI

QIDIRUV

HAMKORLAR

Ko'zlar orqali qarish yoxud boylikning javobi bormi?

Muallif: So'fiy-tabib shayx Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2010-09-11

Kim  intildi sanam qoshig'a,
Sanamlarning shaydosi bo'ldi.
Jamoliga ketib oshufta,
Sanam kabi paydosi bo'ldi.

Ayol deganda ko'z oldimizda go'zallik timsoli, bokiralik nishonasi, sharm - hayo ma'budalari gavdalanadi. Hayotimizni ayollarsiz tasavvur qilolmaymiz. Ularning sirli nigohlari, muhabbatga oshufta qalblari, sharm - hayo pardasi ortidan yanayam jozibador va maftunkordir. Jamiyatda ayollarimizning o'ziga xos o'rni, matlabi va salohiyati bor.  Yurtimizda To'maris, Bibixonim (Saroymulk) Nodira, Uvaysiy kabi buyuklik va bokiralik  timsollari  to hanuz millatimiz sha'nini yuksak qadar ko'tarib kelmoqda.  Biz ayollarimizning ilmga chanqoqligi, rahbarlik qobiliyatlari va oilaparvarliklari bilan hamisha  fahrlanib kelganmiz. Lekin  bizning davrimizga kelib ayollarimizning  umumiy, ruhiy psixologik va jismoniy holatiga nazar tashlab ilmiy tomondan tahlil qiladigan bo'lsak, ko'nglimizda xavotirli xulosalar paydo bo'ladi.  Biz uchun, oilamiz uchun, farzandlarimiz  uchun kerakli bo'lgan ayollarimiz  qanday ahvolda?

Nazarimizda ayollarimiz tashqi go'zalliklarini ancha yo'qotib qo'yganga o'xshab qoldilar. Biz qirq koqilli qizlarimizning johil qaychi tomonidan qirqilganiga ko'nikdik.  Lekin  hayotiy muammolar oldida ularning qaddi bukilib qolganidan aybni kimdan va nimadan axtaramiz. Bunday salbiy holatlarga ham o'zimiz aybdor emasmi? Olam yaralgandan buyon muammolar hamisha mavjud bo'lib kelgan...  Tarixiy go'zallik timsollari  o'sha davrlarda o'z hayo pardalarini ochmaganlar yoki fiziologik jihatdan qaddi - qomatlarini saqlab qolishgan. Bizning zamonimizga kelib ayollarimizni normal holatda ko'rish muammoga aylandi. Fiziologik  tuzilishning buzilishi o'ta semizlik va yo, aksi ozg'inlik,  qomatni noto'g'ri shakllanishi ( yuz qismi, ko'krak va bel  qismi) ularning  maftunkorligiga putur etkazmoqda.  Turmushga chiqqunga qadar go'zallik timsoli bo'lgan qizlarimiz, oila qurganlaridan so'ng ikki yil o'tar o'tmas  jismoniy holatda o'z jozibalarini nega yo'qotib qo'ymoqdalar? Turmushga chiqqan ayollar ichida o'z ayollik xislatini saqlab qolgan bekalarimizni nima qiynamoqda? Bu holatni ikki ko'rinish bilan qiyoslaymiz? Yangi oila vujudga kelgandan so'ng ota - onalar ularni imkon qadar yangi uyga, mustaqil hayotga chiqarib yuboradilar. Bunda ayollarimiz birinchi navbatda oldilarida turgan yorqin hayotni emas,  aynan  muammoni ko'radilar. Bu holat ayniqsa, qishloqlarimizdagi hayot bilan bog'liq. Hali oila sifatida shakllanmagan guruhga, oiladagi etishmovchiliklar ayol ongiga kuchli ta'sir qiladi. Ertalab uyg'onganda avval muammoni ko'radi. Uyining tomida shifer yo'q, gaz yo'q, svet o'tkazilmagan, qishni qanday o'tkazish o'y -xayoli, ya'ni u oldida turgan rangsiz dunyoni asta - sekinlik bilan muammolar  girdobida ko'ra boshlaydi va olamdan bezadi. Shunday holat bilan ko'zga ko'z bilan kirayotgan ijobiy xabar sekinlik bilan miyadagi ijobiy quvvat informatsiyasini kamaytirib yuboradi. Erkakni oila uchun sharoit yaratolmaganidan unga nisbatan nafrati uyg'onadi va oilada psixologik, ruhiy muammoni yuzaga keltiradi. Oiladagi    etishmovchiliklar,  iste'mol taomidagi vitamin tanqisligi, etarlicha kaloriyaning bo'lmaganligi, buning ustiga quvvat yig'masdan oldin birin - ketin farzand ko'rish  oqibatida ichki fizioligik holatga salbiy ta'sir o'tkazish ayolni ayollik siyratidan mosuvo etadi. Buning oqibatida ayolning ko'rimsizligidan erkak ham unga qaramay qo'yadi. Ya'ni hayot tarzi oddiy hayvoniy tusga kiradi. Yashash muammosi, bolalarni boqish tashvishi bilan o'ralashib qolgan oilada tafakkur tamoman so'nadi. Ayollarimiz aynan ana shunday muammolar atrofida o'ralashib, keyingi paytlarda o'zlariga e'tibor qaramay qo'ydilar . Biz nochor holatimizni zinhor davlat bilan bog'lab, aybni hukumatdan izlashimiz kerak emas. Oddiy hayot tarzimizni tashkillashtira olmasak, insoniylik odatlaridan cheklanib qolmaymizmi? Keling, hozirgi oilaviy hayot tarzimizga nazar tashlaylikchi, qanday xulosaga kelamiz?  Kamina tabib bo'lganim uchun ko'plab xonadonlarga tashrif buyurishimga to'g'ri keladi. Ba'zi oilalardagi turmush tarzini ko'rib, nahotki shunday holatda yashash mumkin bo'lsa, degan xulosaga kelasan, kishi. Biz madaniyatdan shu qadar yiroqlashib ketdikmi? Biz asl o'zligimizdan shu qadar olisladikmi? Ba'zi hovlilarga kirsangiz axlat uyumlari sochilib yotganiga ko'zingiz tushib ta'bingiz xira tortadi. Bolalarning yuzlari kirrati, ust boshlari chirkin, uyning suvoqlari ko'chgan,  romlarning rangi o'chib ketgan. Bu ham hukumatning aybimi? Nahotki, farzandlarga shunchalik e'tiborsizlik bilan qarasak. Farzand tarbiyasi oilada birinchi o'rinda bo'lmog'i darkor. Ularni yomon odatlarni o'rganishi kelajagiga putur etkazadi. Bola salbiy odatlar, chirkin yurishi, uning vujudida shaytoniy hislarni uyg'otadi. Shuning uchun tarbiya usulida bolaning  vujudidan shaytonni chiqarib tashlash uchun uni  ayrim paytda sababli urib turish kerak. Yig'i orqali salbiy quvvatlar chiqadi va kuzatgan bo'lsangiz urganingizdan so'ng bola ancha bosiq va aqlli bo'lib qoladi.  Ba'zi bolalar qilma degan ishni qilaveradi. Hatto kattalarning ham gapini olmaydi. Unda shaytoniy his bor, ixtiyori qo'lida emas. Yaponiyada bolalarning yig'latish bo'yicha musoboqa o'tkaziladi. Ya'ni bola qancha qattiq yig'lasa, undan shayton shuncha tez chiqib ketadi. Erka o'sgan bolalar katta bo'lganlaridan so'ng, ko'pincha ichkilikka berilgan va yo, giyohvand bo'ladilar. Bu holatni hayotiy tajribalarda ko'p ko'rgansiz. Anglayotgandirsiz. Uyni pokiza saqlash, gigienik amallarga rioya qilish kimning ma'suliyati? Bu holatda fahm - farosat ketib yashash oddiy bir kechinmaga aylanib qolmaydimi? Uyni tartibga keltirish, oqlab, romlarga rang berish, ikki qarich chiroyli parda tortib qo'yish qanday boylikni talab qiladi. Menimcha  ana shunday ma'suliyatsizlik, oddiy mehnatdan qochish, shundoq ham ko'rimsiz tuyulgan hayotingizni yanayam tubanlik botqog'iga botirmoqda. Bu holatda nima ro'y beradi? Hayot shu ekanda, degan erkak ichkilikka berilsa, ayol tushkunlik holatidan ma'lum bir kasallikka yo'liqadi. Xonadon hamisha pok holda saqlanmasa, insonning ko'zi doim  chirkin narsalarga tushaversa,  unda tez qarish jarayoni yuz beradi.  Bizga bilinmagan holda salbiy quvvatlar samarasi  ruhiy fiziologik jarayonga ta'sir qiladi. Erkak ayolga, ayol erkakka nisbatan, hatto xiyonat yo'liga o'tadi. Shu bilan oilada parokandalik yuz berish ehtimoli kuchayadi.  Shuni unutmaslik lozimki, oilada sog'lom turmush tarzini yaratishda er - xotin teng ma'suldirlar. Oiladagi muammolarning kelib chiqishida o'zaro xarakterlar ham bir - biriga mos tushmasa sabab bo'lishi mumkin. Chunki oddiy holatlardagi kelishmovchiliklar va janjallar oqibatida xonadondan baraka ko'tariladi. Baraka bo'lmagan uyda kasallik xuruji avj oladi. Hayotga bo'lgan qiziqish so'nadi. Yaqinda bir xonadonga tashrif buyurib oilaviy jarayonga e'tibor qaratdim. Ayolning to'qqiz farzandi bo'lib, ular maktabga borishmas ekan. Sababini so'rasam, bolalar dunyoga kelganda ularning tug'ilganlik guvohnomasini olishda pul bo'lmagan. Erkakni hech narsa qiziqtirmaydi, ichkilikka berilgan, ayol sabzavotlar sotish evaziga kun kechirarkan. Nahotki, biz shu qadar tubanlashib ketayapmiz.  Bizning milliy barkamolligimiz qayda qoldi? Oilaga nisbatan e'tiborni kamaytirish bu kichik bir jamiyatni halokat yoqasiga boshlamaydimi? Axir jamiyat, millat ravnaqi, vatan ko'rki oiladan boshlanmaydimi? Navbatdagi  bir bemor ayol  qabulimda bo'lib, kamqonlik kasalidan murojaat qildi. Uning oilaviy sharoiti bilan qiziqdim. Kasalxonaga borsa qariib bir millionga yaqin dori - darmonlar retseptini yozib berishibdi. Lekin bilasizmi, shu ayolning dala bog'i bo'lib  o'n tonnaga yaqin olmasi bor ekan. Men unga, shuncha olmangiz bor ekan, oz - ozdan o'n kuncha iste'mol qilganingizda na vrachga, na tabibga ishingiz tushardi. Axir olma temir moddasiga boy mevaligini bilmadingizmi, desam,  u olmani emay saqlayapmiz, yaqinda to'yimiz bor, - dedi. Mana sizga oqibat. To'y tashvishi sog'ligidan ham ustun ekan. Bu holatni qanday tushunsa bo'ladi? Biz oilada nosog'lom  muhit yaratish evaziga emay ichmay to'y taraddudiga yillab hozirlik ko'ramiz va to'ydan so'ng, bu holat yanayam og'irlashadi. Bu yog'iga qarz to'lash bilan asabiy, ruhiy parokandalik davri boshlanadi. Zamonamiz to'ylari haqida nima deymiz? Qarzga botgan holda shohona to'y qilamiz. Hammaning og'zida duv - duv gap. Puli yo'q ediku, qanday topdi, pishiq, yig'ib yurgan ekanda, -  deb qo'yamiz. Lekin qarzga botganini bilmaymiz. To'y yaxshi udum. Lekin ortiqcha xarajat oilani moddiy tomondan o'tqazib qo'ymoqda. To'ylardagi paydo bo'lgan achinarli, fojeali odat desak ham bo'ladi, bu ayollarimizning ichkilikka berilishidir. Ayniqsa, qishloq joylarda bu holat urfga kirdi. Erkaklar nahor oshiga kelib ketganlaridan so'ng, ayollarimiz uchun tushdan keyingi bazm boshlanadi. Nimaiki noz - ne'mat, hammasi dasturxonda. Ichkilikni ko'ring. Bir to'yda bazm oxirida kelin - ko'yov qaynonani zo'rg'a davradan olib chiqib ketishdi. Qaysi zamonda o'zbek ayolini mast holatda ko'rgansiz va yo, mast bo'lganini, ichganini eshitgansiz? Biz qaysi davrda yashayapmiz.  Insonda aql bo'lgani bilan, agar unda tafakkur rivojlanmagan bo'lsa, ichgandan so'ng, o'sha aql ham ketadi. Shaytoniy hislar kuchayadi. Tafakkur  kiritilgan miyada, keling ichkilik iste'mol qilganda ham  birovga  zarari yo'q. Niyatga bog'liq. Umuman  olganda ichkilikni foydasi bormi? Nogiron tug'ilayotgan bolalar nimaning hisobidan.   Biz erkaklar shu qadar o'z ayollarimizga nisbatan ma'suliyatsizmizmi? Biz yashashni qachon o'rganamiz? Ilm bilan topilgan obro' bir kunlik to'y bazmidan ulug'roq emasmi? Musaffo va sog'lom turmush tarziga etaklovchi ilmdan nega o'zimizni olib qochamiz. Tafakkursiz sog'lom turmush tarzini yaratib bo'ladimi? Yana bir misol, yaqinda yigirma kunlardan so'ng, tug'ishi kerak bo'lgan homilador bir ayolning ikki oyog'i ishlamay qolganidan,  kaminani o'sha xonadonga olib borishdi. Vrachlar unga bolani tug'olmasligini, olib tashlash kerakligini, tug'ilsa ham falaj holatda bo'lishini tushuntirishibdi. Kamina ayolning oilaviy sharoitiga qarab vrachlarning gaplari nechog'li haqligiga amin bo'ldim. Uyda pol yo'q, ayol doimiy zax erda yotishi sababli kasallikni orttirgan. Biz homilador ayolni zudlik bilan kerakli o't - giyohlar yordamida davoladik va u sog'lom holatda  farzandli bo'ldi. Lekin tug'ilgan farzandning kelajakdagi sog'lom hayotiga kim kafolat beradi? Nega biz o'z hayotimizga, o'z kelajagimizga nisbatan befarqmiz? Yaqinda bir bemor ayol  qabulimda bo'ldi.  Buyragida oqsil modda etishmasligidan xastalikka chalingan. Sabablarini o'rgansak, ayol boy xonadondan  nochor  oilaga kelin bo'lib tushgan va to'y tashvishi borligi uchun oylab go'sht emagan. Oxirgi holatda oqsil  modda etishmasligidan koma holatiga tushdi va biz unga o'z vaqtida yordam qo'lini cho'zishga ulgurdik. Va oqsil  moddalarga boy taomlar eyishni maslahat berdik. Bilasizmi, insonning yashash tarzi qanday holatda bo'lsin uning o'zining ruhiy fiziologik tomoniga bog'liq. Insonlarda tafakkur, e'tiqod va Iloh bo'lmagani uchun ham oddiy holatlarda kasallikning ko'plab turlariga uchramoqdalar. Insonda tafakkur, e'tiqod va Ilohga intilish kuchli bo'lsa taomning roli katta bo'lmaydi. Garchi ovqatning kaloriyasi past bo'lsada, e'tiqod va tafakkur ortidan unga ilohning quvvati qo'shiladi. E'tiqod quvvati taomga ozuqa beradi. Agar biz so'zlayotgan e'tiqod funktsiyasi qo'shilmasa, tanovul qilingan taom yuqmaydi. Misol uchun oddiy havoni olaylik, biz uni sezmaymiz, lekin unga bosim  o'tkazilsa kuchga kiradi. Ovqatning ham foyda, ziyoni ichki quvvatga bog'liqdir. Nafas quvvati, havo quvvati, va Iloh quvvati bilan eyilgan taom  foydali koeffitsentni kuchaytiradi. Kamina bir oilani bilaman, deyarli olti oy davomida faqat kartoshka taomi bilan cheklanishdi va ularda hech qanday kasallik alomatlarini sezmadik. Buning ijobiy tomoni shunda ediki, oilada ilmga intilish harakati mavjud, tafakkurga e'tibor qaratilgan va ilohning yo'lida e'tiqodning kuchliligi ularning nochor hayotida himoya tarzini ta'minlagan. E'tibor qiling, urush yillarida ocharchilik davri onlarida ota - bobolarimiz talqon non va o't - giyohlar bilan kun kechirishgan, lekin na erkaklar savlatini va na ayollar qomatini yo'qotishmagan. Bu jarayonni to'la ishonch bilan e'tiqod va tafakkurga bog'lash  mumkin. Xo'sh, nochor oilalarda  etishmovchilik vajidan turli kasalliklar paydo bo'layotgan bo'lsa, badavlat xonadonlarda ahvol  qanday? Kuzatuvlar shunday xulosaga olib keldiki,  badavlat xonadonlarda nochor xonadonlarga qaraganda kasallik turi ikki barobar ortiqcha ekan. Ayollarimizda oqsil moddasining kuchayishi qand kasalligi,  yurak xasataliklari , ruhiy xastaliklar ko'pligi  aniqlandi  va achinarlisi, "obro'li" semirish, savlat orqali topish urfga aylandi. O'dag'aylash, manmanlik, hasad kabi psixologik kasalliklar  ortib bordi. Mabodo, badavlat xonadonga tashrif buyursangiz, dasturxonda noz - ne'matlarga ko'zingiz tushib, hayotni faqat nafsdan iborat ekanda, -  deb o'ylaysiz, beixtiyor. Yaqinda bir badavlat insonnikida bo'lib qaytdim. U davlatdan bir oz norozi holatda, ayniqsa qishloqlardagi nochor hayot tarzini achinib gapirdi. E'tibor qilsam,  hovlisida deyarli o'nta oila sig'adi, uch to'rtta inomarka mashinasi bor, magazinlari, do'konlari ishlab turibdi.  Kamina unga savol berdim, shuncha boyligingiz bor ekan, davlatni qoralamasdan boyligingizni uchdan bir qismini xalqqa bersangiz  bo'lmaydimi? Badavlat kishi gapimdan achchig'i kelib qoldi.  Hech narsa demadi. Biz tilamchiga ming so'm sadaqa qilishimiz evaziga balodan qutildik, deb o'ylaymiz. Xalqqa, millatga yordam qilish bu tamoman boshqa xislat ya'ni, saodat emasmi? O'zimizga ozroq ziyon keltirish evaziga vatanga, xalqqa yordam bera olamizmi? Masalan, Janubiy Koreya  iqtisodiy inqirozni boshidan kechirgan bir paytda, hukumat xalqqa murojaat qildi. Xalq o'z vatani uchun o'n etti tonna tilla buyumlarni yig'ib berdi va shu bilan inqiroz barham topdi. Bizda vatanparvarlik, xalqparvarlik tuyg'ulari qachon yuz ochadi? Badavlatlarimiz  miq etmasalar, nochorlarimiz qo'li kalta bo'lsa, vatan ravnaqiga qachon erishamiz? O'ylaymanki, bizni qiziqtirmagan bunday  beparvolik va xastaliklar  javobini tafakkur va e'tiqodimizning sustligidan izlashimiz kerak.

Biz o'z ilmiy nazariyamizga asoslangan holda, buning asl sababini ilmsizlik  va tafakkurni munosib tarzda rivojlanmaganidan, degan xulosaga keldik.  Biz faqat o'z manfaatlarimizni o'ylaydigan bo'lib qoldik. Badavlatni ko'rolmaymiz, kambag'alga yordam berolmaymiz. Bilasizmi, insonlar maishat uchun, rohat uchun nimadir ichadilar yoki chekadilar. Hozir oramizda shunday bir rohat turi paydo bo'ldiki , buni kasallik desak ham bo'ladi, qo'shnimiz yoki kimningdir qiynalgani , azob chekkanini ko'rib rohatlanish... Bu holatda  na hasadni va na mehr - oqibatni ko'rib bo'ladi.  Biz shunday holatga tushdikmi? Bizdagi mehr - oqibat, mehr -shavqat qaerda qoldi? Anglashimiz lozimki, toki e'tiborni tafakkur va e'tiqodga qaratmas ekanmiz, vujudimizdagi ruhiy fiziologik xastaliklardan xoli bo'lolmaymiz.  Biz ongimizni madaniy hayotga yo'naltirishimiz kerak, shunda tafakkur va e'tiqod namunalari ko'rina boshlaydi. Barcha kasalliklarning turi hayotimizni maqsadli bir yo'lga boshqara olmaganimizdan ro'y berayotirki, bu yo'lning karvonboshisi tafakkur va e'tiqoddir. Hayotimizdan sog'lom turmush tarzining yiroqlashib ketganining sababi, hayotiy ilmdan, tafakkur ilmidan o'zimizning olib qochganimizdir. Tafakkurdan bexabar kishikim nosog'lomdir. Biz farzandlarimizning ilmga chanqoqligini sezib tursakda, o'qib nima bo'lardi, degan xulosani odatga aylantirdik. Bu holat ommaviy tus olsa, millat fojeasi yuz bermaydimi? Bizning yana bir xatoyimiz shundaki, ilmni faqat o'qishga kirgan insongina o'rganishi kerak. O'qishga kiradiganlar soni aholining yigirma foizini tashkil qilsa,  qolgan sakson foizi manqurt bo'lishi kerakmi?  Nega biz o'z istagimizcha xoh, u oddiy  ishchi bo'lsin, xoh haydovchi va yo, uy bekasi nega ilmga intilmasligimiz kerak?  Ilm hayotiy tajribamizni oshirib, muammolarimizni oson hal qiladigan muhim omil emasmi? Biz qachongacha o'z sog'ligimiz, tafakkurimiz haqida qayg'urmasdan to'rt kunlik dunyoning tuganmas tashvishlari ortidan quvib yuramiz. Biz qachon insoniylikni, odamiylikni, madaniyat va ma'naviyatni o'rganib,  qachon sog'lom  turmush tarzini yo'lga qo'yamiz. Qachon mukammal oilaviy sharoit yaratamiz? Qachon jamiyat uchun namunali xilqat yaratamiz? Vatan uchun, xalq uchun qachon foydamiz tegadi? Qachon? Kamina nafaqat tabib sifatida, balki ma'lum  komillik va mukammallik falsafasining oddiy namoyandasi, xalq dardida, el xizmatida turganim uchun ham kuyinib gapirdim. Bizkim, komillik yo'lida turgan ekanmiz, albatta turli kasalliklarni engishga va millatimizning mukammallik sarhadlariga etishlari uchun qo'limizdan kelgan barcha imkoniyatlarni yo'lga qo'yamiz. Bizkim, davlatimizga oliy xalq sifatida o'z yukimizni tashlamasdan mukammal va sog'lom turmush tarzimizni o'zimiz yaratamiz. Biz xalq va millat manfaati uchun turib berishga, vatanimizni komillik cho'qqilariga olib chiqishga o'z hissamizni qo'shish uchun hamisha tayyormiz. Sizni qiynayotgan xastalik, ruhiy bezovtalik va oilaviy echimsiz muammolar bo'lsa marhamat bizga murojaat qiling. Bizkim o'z ilmiy, nazariy va amaliy  ezgu -niyatlarimiz ila siz bilan yonma - yonmiz. Xalq bu bizning qalbimiz va yuragimiz, biz anglayotgan tafakkurimizdir. Falsafamizdan, ilmiy va nazariy qarashlarimizdan bahra olib, hayotingizga yorqin nigohlar ila qarasangiz, bizning baxtimiz shudir. Biz aniq bilamizki, millat sog'lom va baquvvat bo'lsa uni hech qanday kuch engolmagay. Xalq bu millatdir, millat bu vatandir, vatan bu o'zlikdir, o'zlik bu Haqiqatdir. Bizning Haqiqatga qaytish davrimiz keldi. Nima dedingiz?

Fikr qiling zamondosh!

YANGILANISHLAR

MAHSULOTLAR

Media-mahsulotlar pochta orqali

SAYT XARITASI

STATISTIKA