TOIFALAR

QATRON

SHOGIRDLARNING SHARXLARI

NURSAFARDIYYA
ISH FAOLIYATI

QIDIRUV

HAMKORLAR

Nursafardiyyada murshid-murid munosabatlari

Muallif: Nursafardiyya ta'limotidan

Joylashtirish vaqti: 2009-08-02

O'z kelajagida mukammallik sarhadlarini his qila olgan kishi, biror kishini o'ziga ustoz tanlashi tabiiy va shartdir. Biror kasbni yoki, bilimni egallamoqchi bo'lgan har bir kishi ustoz murabbiy rahnamoligisiz to'liq tushunchaga, malakaga ega bo'la olmasligi ma'lum.

****

Dastlab murshid - murid so'zlarining lug'aviy ma'nosi to'g'risida tushunchaga ega bo'lib olaylik. Har ikkala so'z ham arab tilidan olingan. «Murshid» - «irshod» so'zidan olingan bo'lib, irshod - ko'rsatma bermoq, yo'naltirmoq degan ma'noni anglatadi. Demak, murshid so'zi biror bir maqsad sari shogirdni yo'naltiruvchi shaxs, ustoz, muallim, yo'lboshchi degan ma'noni anglatadi. Murid - esa «iroda» so'zining o'zagidan kelib chiqqan. Iroda degani xohish, istak, ilinj, niyat kabi ma'nolarni qamrab oladi. Murid murshidning irodasiga bog'langan shaxs bo'lib, u murshidning, ya'ni ustozning dasturlariga amal qilishi shart. So'fiyada har qanday shogirdni, solikni yoxud muridni murshid yo'lga solib, unga ko'rsatmalar berib turadi. Murid murshidning rahnamoligida tariqat pog'onalaridan yuksalaveradi, tasavvuf, tariqat, so'fiylik ilmlarini o'rganadi.

YANGILANISHLAR

MAHSULOTLAR

Media-mahsulotlar pochta orqali

SAYT XARITASI

STATISTIKA