TOIFALAR

QATRON

SHOGIRDLARNING SHARXLARI

NURSAFARDIYYA
ISH FAOLIYATI

QIDIRUV

HAMKORLAR

So'fiy jang san'ati, 2-kitob

Muallif: ---

Joylashtirish vaqti: 2010-09-04

Falsafaning mohiyatida hayot, jamiyat, oila, tizim va nihoyat shaxs yotadi.  Falsafasiz tizim boshi berk ko'chaga, muammolar kelib chiqishiga, to'siqlarning paydo bo'lishiga, qarama-qarshiliklarning kuchayishiga va nihoyat to'qnashuvning ro'y berishiga olib keladi. Demak, falsafa salbiy jarayonlarning ro'y berishini sekinlashtiradi, iloji boricha ijobiy tomonga yurishni ta'minlaydi. Albatta, har bir inson o'z hayotiy falsafasiga ega. Hamma gap, tanlangan falsafaning darajasi qandayligiga bog'liq.

Agar istalgan falsafiy qarashlar tizimi, jamiyat, oila hoxishiga to'g'ri kelmasa, u albatta to'siqqa uchraydi va muammolar paydo qiladi. Demak, falsafa darajasini yuqorilash, oydinlashtirish lozim bo'ladi.

Shuni aytish joizki, falsafasiz hayot mavjud emas.

Eng yuqori falsafa, bu Yaratganning falsafasidar. Ushbu falsafa, ilohiy falsafadir. Ilohiy falsafa zamirida tafakkurning uyg'unlanishi yotadi. Ilohiy falsafa manbaiga musharraf bo'lgan so'fiy, Yaratganning mohiyatiga, uning insoniy falsafasiga ravshanlik kirita oladi.

Turonzamin azaldan buyuk avliyolar maskani, Haq taolo nazari tushgan muqaddas o'lkadir. Bu yurt tuprog'ini ko'zga surtmoq, uning an'analariga sodiq qolmoq, milliy urf-odatlarimizni asramoq, madaniy, tarixiy meroslarni pokiza saqlab, kelajak avlodlarga etkazmoq ham qarz, ham farzdir. Va faqat jismonan sog'lom, ruhan baquvvat shaxsgina vatan tuyg'usini his etadi, uning qadriyatlarini asrab-avaylaydi. "Biz xalqimizning dunyoda hech kimdan kam bo'lmasligi, farzandlarimizning bizdan ko'ra kuchli, bilimli, dono  va albatta baxtli bo'lib yashashi uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etayotgan ekanmiz,bu borada ma'naviy tarbiya masalasi hech shubhasiz, beqiyos ahamiyat kasb etadi...

YANGILANISHLAR

MAHSULOTLAR

Media-mahsulotlar pochta orqali

SAYT XARITASI

STATISTIKA