TOIFALAR

QATRON

SHOGIRDLARNING SHARXLARI

NURSAFARDIYYA
ISH FAOLIYATI

QIDIRUV

HAMKORLAR

Nursafardiyya ta'limoti nazarida (muhokamaga oid)

Muallif: Sayt ma'muriyati

Joylashtirish vaqti: 2010-09-03

Haq yo'lida - Haqparvar!
Xalq yo'lida - Xalqparvar!
Vatan ishqida - jonkuyar!
Millat  qalbida  yashar!

Yurtimizda komillik va mukammallikka asoslangan Nursafardiyya  so'fiylik falsafasining vujudga kelishi bu millatimizning ma'naviy, madaniy va ma'rifiy yuksalishi uchun  beqiyos yutuqlar omili bo'ldi, desak adashmaymiz. Nursafardiyya falsafasi kecha yoki bugun vujudga kelgan  falsafa emas. Uning yoshi deyarli mustaqil yurtimiz yoshi bilan tengdir. 18- yillik ta'limot davrida  Nursafardiyya falsafasi vatanimiz bilan, xalqimiz bilan, millatimiz bilan yonma - yon turdi.  Uning madaniyatiga , ma'naviyatiga, vatanimiz xalqining salomatligiga, millatimiz komilligi va mukammalligiga baholi qudrat hissa qo'shdiki, uning shuhrati nafaqat yurtimizda, balki markaziy Osiyo va Evropa davlatlarida ham  ma'lum va mashhur bo'ldi. Evropaning bir necha davlatlari, xususan Shvetsariyaning Tsyurix shahrida Nursafardiyya  maktabining ochilishi, Avstriyaning Vena universitetida Nursafardiyya ta'limoti asosida darsliklar qabul qilinishi va aynan shu davlatda Nursafardiyya universiteti ochilishini rejalashtirilayotgani buning yaqqol  dalilidir... Yurtimizga tashrif buyurayotgan xorijiy turistlarning aksariyati, albatta, Nursafardiyya ta'limotiga qiziqish bildirib Shayx bilan uchrashib ta'limot nazariyalari va amaliyoti bilan yaqindan tanishib u haqda ilmiy ishlar yozishni an'anaga aylantirmoqdalar. Nursafardiyya ta'limoti Evrohudud ommaviy axborot vositalarida tez - tez yoritib turilgani sababli ko'plab millat vakillari mukammallik va komillik istab Shayx Nursafardiy huzurlariga  ilm izlab tashrif buyurmoqdalarkim, bu ham barcha ilmlar negizi ma'naviyat, madaniyat va ma'rifat o'chog'i bo'lgan jonajon vatanimizning obro'sidir. Shayx Nursafardiyning falsafiy nazariyasi  millatimizning ezgulik  nishonasi bo'lib qoldi. Lekin ming afsuski, keyingi yillarda ushbu komillik falsafasiga noo'rin qarashlar, xavotirli nigohlar qandaydir kuchlar tomonidan uyushtirilmoqdakim, bu holat xalqimizning izzat nafsoniyatiga tegmoqda. Biz xalq sifatida ul zotga bir necha savollar bilan murojaat qilganimizda fikrlarini umumlashtirib jumladan shunday dedilar:

- BIZ XALQMIZ, BIZ VATANMIZ, BIZ MILLATMIZ va hamisha xalqimiz, vatanimiz, millatimiz  bilan yonma - yon turdik va davlatimizga nisbatan hech qanday salbiy amalga qo'l urmadik. Chunki bizning qonimizdan yomonlik hissi allaqachon o'chib ketgan. Yomonlik nima biz tanimagaymiz. Va bizga  qo'shilganlar ham bunday odatni tezda unutgaylar. Biz nazariyamizga asoslanib o'n to'rt yo'nalishda mukammallik va komillik ilmlarini amaliyotda qo'lladik va baholi qudrat davlatimizning ma'naviyati, madaniyati, ilmiy salohiyati va yana kuch - qudratiga hissa qo'shdik... Biz vatanimiz bilan yonma - yonmiz... Buni xalqimiz allaqachon anglab ulgurgan. Chunki bizning yoshimiz ham deyarli mustaqil yurtimizning yoshi bilan tengdir. Biz xalq bilan ishlaymiz, biz faqat millat manfaati yo'lida xizmat qilamiz. Bizning amaliyotimiz vatanga komil va mukammal insonlar etishtirishdir. Bizning nazariyamiz va amaliyotimiz davlatchilik va yo amalparastlik va yo diniy qarashlar, mansabparastlik g'oyalaridan juda yiroqdir. Bizda bunaqa xususiyatlarning o'zi yo'q. Biz oddiy xalqmiz va xalqimizning ilmiy darajasini ko'tarishdan o'zga hech qanday boshqa niyatimiz ham yo'q. Ammo afsuski, keyingi yillarda bizning xalqona nazariyamizga qarshi bo'lganlar atrofimizda ko'rinib qoldilar va bizning ezgu niyatlarimiz tomiriga bolta urishga urinmoqdalar. Shu o'rinda aytib o'tmoqchimanki, biz xalq manfaati yo'lida turganimiz uchun ham allaqachonlar xalqqa aylanib bo'lganmiz va yana anglasinlarki, xalqni millatni hech qachon yo'qotib bo'lmagay. Xalqimiz, millatimiz bizning nazariyalarimizni milliyligi uchun ham, xalqona bo'lgani uchun xam bajonidil qabul qildi... Biz yaratgan falsafa  milliy madaniyatimiz ko'zgusi va ma'naviy durdonamiz ekanligini hatto xorijiy mutaxasislar tan olib aytmoqdalar. Aytingchi, qaysi xalq komillikka, mukammallikka asoslangan milliy madaniyatini yo'qotishni istaydi... Hech bir yurtda ko'rganmisiz va yoki eshitganmisiz, kimdir millat uchun qayg'ursa - yu uni yo'q qilishga urinishlar bo'lsa... Nega biz bunday go'zal nazariya bilan faxrlanish uni dunyoga ko'z - ko'z qilish o'rniga bir birimizni oyog'imizdan chalayapmiz. Qani vatanparvarlik, qani millatparvarlik, qani xalqparvarlik millatni manqurtlikda ushlab turish kimlarga kerak bo'lib qoldi. Biz o'zga millatlar nazarida kimga aylanib qolayapmiz. Anglasinlarki, ilmni  boylik bilan o'lchab bo'lmagay. Ba'zi amaldorlarimiz qudratni pulning ortidan izlab xalqqa past nazar bilan qaramasinlar.  Yoddan chiqarmasinlarki, har qancha puldan xalqning qudrati ustunroqdir. Bu xalqqa ilm kerak, mukammallik , komillik kerak. Bu xalqni yo'liga o'zlarining  nafsga qorishib ketgan omonat bilimlari bilan to'g'anoq bo'lmasinlar. Vatanparvar, xalqparvar insonlar  xalq uchun, vatan uchun jonidan kechganlardir. Jonidan kechgan xalqparvar bilan faqat jonidan kechgan  kishilar kurashadilar. Biz vatan uchun jonimizni tikdik. Siz nima uchun joningizni tikayapsiz. Sizga xalq manfaati kerak bo'lsa, bizni qo'llab quvvatlardingiz, vatan kerak bo'lsa biz bilan uning ravnaqiga hissa qo'shardingiz, millat kerak bo'lsa milliylikka qarshi bormasdingiz.  Anglasinlarki, ularning shohona hayotlari uchun millat kafil emas. Millat ulug' va agar o'zlarini millat deb bilsalar, millat yo'lida turganlarni turli bahonalar bilan ayblamasinlar. Xalq uchun elib yugurganlarga yo'l bersinlar... Topgan davlatlari o'zlariga havola, ularga davlat kerak bo'lsa, molu davlatlari bilan rohatlanib yuraversinlar. Sizga davlat kerak bo'lsa bizga xalq kerak, millat kerak. Biz vatanda vatangado bo'lishni istamadik... Vatanda bemalol nafas olib yashashni va ilm bilan amaliyot bilan millatimiz ma'naviyatiga hissa qo'shishni istadik. Afsuski, kimlargadir bizning amallarimiz xush kelmayotir... Bizning mukammallikka asoslangan  nazariyamiz amaliyoti ularning ko'ngliga shubha uyg'otmoqda. Bizning nazariyalarning barchasi milliy merosimiz- ning ochilmagan qirralari ekanligini anglamayaptilar. Masalan, so'fiy jang san'ati bu har qanday  yurtimizga kirib kelgan boshqa jang san'atlari usullaridan mukammalroqdir. Qolaversa,  karate, ushu, taekvando, aykido va yana ko'plab jang san'ati usullari asosiy manbaani so'fiy jang san'atidan olganlar. Bunga tarix guvohdir.  So'fiy tabobati ilohiyotga yo'g'rilgan mukammal tabobatdir. Uning xalq tabobatidan tubdan farqlanishi  bizning tabobatning ilohiyligidadir.  Agar banda Ilohdan kelib Ilohga qaytishini tan olmasa, bizning tabobatni tan olmasin. Inson vujudidagi barcha mexanizmlar Iloh tomonidan yaratilgan va uning qanday davolash tizimi ham ilohiy tabobatda batafsil yoritilgan. Bu tabobatning mukammalligi ham shunda. So'fiy harakatiyoti, musiqasi, xattotlik san'ati, so'fiylikda  Qur'oni karim, adabiyoti, maxfiy ilmlari , raqs tizimi va boshqalarining barchasi faqatgina insonning mukammalligi uchun va jamiyatning ravnaqi uchun  xizmat qiladi.

Men shu o'rinda aytmoqchimanki, bizning nazariyamizga va amaliyotimizga  ko'r ko'rona qaramasinlar, uning ne chog'li mukammalligiga va xalqimiz uchun qanday ma'naviy ozuqa bo'lishi , milliy madaniyatimiz va ma'naviyatiga nima bera olishini tubdan o'rganib chiqsinlar. Ezgulikka yo'g'rilgan  mehnatlarimizga past nazar bilan qarash yoki xalqona bunday mukammallik amaliyotini o'rganmasdan turib yo'qqa chiqarish bu xalqimizga va millatimizga bo'lgan hurmatsizlikdir. Agarkim, bizning nazariyamizning qadri bo'lmaganda rivojlangan evropa davlatlari  tan olmagan bo'lardilar. Nursafardiyya universitetining Venada ochilishining  rejalashtirilgani bu yana bir ma'naviy merosimizni o'zga yurtlarga ketib qolishi va aynan ularning an'anasiga aylanib qolishini bildirmaydimi? Xitoyning ma'naviy merosiga aylanib uni butun dunyoga mashhur qilgan, falsafiy nazariyalarga to'lib toshgan Shaolin' monastirining negizi Turkistondan ketmaganmi?  Yurtimiz jahon ma'naviyati o'chog'i bo'lib dunyoga ilm bersa yurtimiz obro'si... Lekin bu ilmlarning amaliyotini o'zimizda qachon qo'llaymiz... Biz shu qadar saxiymizki, bug'doyimizni o'zgalarga  berib somon bilan cheklanib qolmoqdamiz va bu holat millatni faqat ojizlik va manqurtlik botqog'iga botirib qo'ymoqda.

Shu o'rinda aytib o'tishni lozim topdimki, bizning ta'limotni hech qachon diniy ta'limot demasinlar. Bizning dinga va diniy ta'limotlarga umuman aloqamiz yo'qdir va shariat ishlariga aralashish niyatidan ham yiroqdirmiz. Va shariat ahkomlarining bizning nazariyamizni tushunib - tushunmay bizga qarshi bildirgan fikrlariga ham bir oz e'tirozimiz bor. So'fiylik ilmini to'la anglamasdan unga baho berish ilmsizlik nishonasidir. So'fiylar qalban Ilohga ulangan bo'lsalarda, tafakkuran xalq ichidadurlar. Bu foniy olamda so'fiylarni xalqni ezgulikka chorlashdan o'zga amallari yo'qdir. Kanguldagi ilohiy ishqqa yo'g'rilgan ilmlari esa faqat Haqning jamoli va jaloliga bog'liq  amallardir. So'fiylikning dunyoga bog'liqlik tomoni bo'lsa, u ham faqatgina odamiylik ilmidadir. Bizning ilm bu oddiy xalq ilmidir... Biz oddiy xalq dardiga hech qachon malham bo'lolmaganimiz uchun ham bu ilmni mohiyatiga etolmaymiz.  Biz qurgan maktab bu odamiylik maktabidir va u barcha umuminsoniy qadriyatlarni o'zida mujassamlashtirgan. Bizning ilm umuminsoniy mukammallik ilmidir. Va agar falsafiy qarashlarimiz orqali amallarimizda diniy ilm bo'lganida boshqa dinga e'tiqod qiladigan evropa davlatlari    bizning nazariyamizni tan olmasdilar...  Ana shu holatning o'zi bizning amaliyotimiz diniy qarashlardan yiroqligini anglatib turibdi. So'fiylik bu insoniylik falsafasi, komillik va mukammallik falsafasi, Iloh falsafasi. Ushbu tizimni anglagan inson bizning  ilm va salohiyatimizga nisbatan faqat ezgulik nazari bilan qaraydilar.

Biz, bizning ezgu amallarimizga qarshi kurashayotgan ba'zi kimsalar harakatini millat ustidagi hasad deb atagan bo'lardik. Chunki o'z rohatidan kechib millatni, xalqni o'ylagan insonlarga qarshi borish bu millatga, xalqqa qarshi borishdir, uning komilligi va mukammalligini ko'rolmaslikdir va haqiqatni tushunib qo'yishlaridan qo'rqishdir... Va aminmanki, ezgulik ishlariga va amallariga qarshi borganlarga Haqning jazosi muqarrardir... Nafsning ustida shayton o'ltirar. Shuning uchun ham u insonni tezda yo'ldan ozdiradi. Sadoqatning ustida esa insonning o'zi o'tiradi va shuning uchun ham insonning sadoqatda turishi juda qiyindir. Bu mashaqqatni har qanday inson ham ko'tarolmaydi. Inson avvalo o'ziga sadoqat qilsagina nafsga qarshi kurasha oladi. O'zini himoya qilolmagan inson vatanni, xalqni qanday himoya qiladi. Nafs bu vatanparvarlik, xalqparvarlik tuyg'usini o'ldiruvchi kuchdir... O'z nafsi uchun vatanni, millatni sotganlar hamisha qarg'ishga uchraganlar... Va bu qarg'ish uning etti pushtini kuydirgay. Unutmasinlarki, xalq qarg'ishi, millat qarg'ishi bu foniy olamning o'zidagi chinakam do'zax va jahannamdir.

Bizkim  qachon o'zligimizni anglaymiz. Qachon millatga, xalqqa sadoqatli bo'lamiz? Qachon bir - birimizni oyog'imizdan chalishni to'xtatamiz?  Qachon xalq bo'lamiz? Qachon millat bo'lamiz?

Anglasinlarki, bizning nazariyalarimizni dunyo tan oldi va xalqimizga manzur bo'lgan va Iloh tomonidan berilgan  haqiqiy tizimga va amallarimizga o'zimizda qora niyatda turgan ba'zi kuchlarga tan berishga  majburdirlar.

Alhamdilillahi robbil a'lamin...

YANGILANISHLAR

MAHSULOTLAR

Media-mahsulotlar pochta orqali

SAYT XARITASI

STATISTIKA