TOIFALAR

QATRON

SHOGIRDLARNING SHARXLARI

NURSAFARDIYYA
ISH FAOLIYATI

QIDIRUV

HAMKORLAR

Taraqqiyot qurbonlari

Muallif: So'fiy-tabib shayx Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2010-08-25

Dunyoviy taraqqiyot haqida gap ketganda, biz uning tamoyillariga bir yoqlama qarashga o'rganib qolganmiz. Va mana shu bir yoqlamalik zamirining o'zida ham ba'zi muammolar ko'rinmoqdaki, bu haqda jiddiyroq o'ylab ko'rmasak bo'lmaydi.
Aslida taraqqiyot qaysi yo'ldan bordi va uning negizidagi ba'zi unsurlar insoniyat ma'naviyatiga, madaniyatiga salbiy ta'sir qilmayaptimi?

Biz bu savolga to'laqonli, ha - deb javob bergan bo'lardik.

Insoniyat  ma'naviyati va madaniyati bilan go'zaldir... Taraqqiyotning ayovsiz zarbasi har bir millat va elatlarning mentalitetiga  o'z ta'sirini o'tkazmay qolmadi...
Buning sababini nimada ko'ramiz?

Taraqqiyot millatning nafaqat madaniyati yoxud, ma'naviyati, balki uning azaliy urf - odatlarining ham tomiriga bolta urmoqda. Bu holat o'zlikning yo'qolib ketishiga qaratilgan eng xavfli quroldir.

Biz taraqqiyot ortidan quvib Evropa udumlaridan andoza oldik... Uni milliy mentalitetimiz tamoyillariga o'ylamay - netmay kiritdik... Biz nimaga erishdik?

Evropa taraqqiyot ortidan yugurgancha, dunyoviy tafakkurda ildamlab ketdi... Biz Evropa taraqqiyotiga havas bilan qaray boshladik... Evropa  taraqqiy etdi va buning evaziga ko'p narsasini, boy ham berdi... Evro hududda milliy madaniyat inqirozga yuz tutdi... Azaliy urf - odatlar tomiri qirqildi... Ular taraqqiyot etagiga yopishib milliy falsafani unutib qo'ydilar... Milliy madaniyat, milliy ma'naviyatni unutib qo'ydilar... Rivojlangan davlatlarda taraqqiyot yo'lidanda o'zga yo'l qolmadi... Ular hatto milliylikni, milliy madaniyatni taraqqiyotdan izlay boshladilar. Bugungi kunda taraqqiyot tom ma'noda insoniyatning joniga aylanib  qoldi... Taraqqiyot rivojlangan davlatlarda taraqqiyot ortidan paydo bo'layotgan muammolar  natijasida insonlar  boshi berk ko'chaga kirib qolmoqdalarki,  yo'qotilgan azaliy urf - odatlar samarasisiz ularning tafakkur manqurtligi yaqqol namoyon bo'lmoqda...

YANGILANISHLAR

MAHSULOTLAR

Media-mahsulotlar pochta orqali

SAYT XARITASI

STATISTIKA