TOIFALAR

QATRON

SHOGIRDLARNING SHARXLARI

NURSAFARDIYYA
ISH FAOLIYATI

QIDIRUV

HAMKORLAR

Nursafardiyya va jamiyat

Muallif: Nursafardiyya ta'limotidan

Joylashtirish vaqti: 2009-07-28

Har qanday jamiyat borki, u bir-biridan keskin farq qilishi mumkin. Bu albatta o'sha millatning kelib chiqishi, qoni, udumlari, shakli-shamoyiliga bog'liq. Tarixga nazar tashlaydigan bo'lsak,  Allohning nazari tushgan jannatmakon o'lkamiz azal-azaldan ilmu-irfon pirlari, nodir va noyob avliyolar maskani bo'lganligi bilan ajralib turadi.

****

Ta'limning birinchi bosqichi o'zlikni anglashdan boshlansa, nihoyasi mukammallik, komillik bilan tugaydi. Nursafardiyning ta'lim tizimi shundan iboratki, u inson tafakkurida yomonlik qilish qobiliyatini umuman yo'qotadi. Inson salbiy fikr yuritish istagini unutadi. Demak ilohiyotga yo'g'rilgan vujudda shaytoniy xislar batamom o'ladi. Bu holat ayni mukammallikning o'zidir. Nursafardiyya tariqatining o'z g'oyalari asosida maktab yaratishi, jamiyat uchun ayni muddaodir. Guruch kurmaksiz bo'lmganidek, jamiyatimiz ba'zi qusurlardan holi emas. Bu borada ayniqsa yoshlarning tafakkuriga e'tibor qaratmoq lozim. Kelajak yoshlar qo'lida ekan, ularning yuksak tafakkur sohibi bo'lishlari uchun Nursafardiyya maktabi o'zining ilg'or g'oyalari ila o'z hissasini qo'shishiga shubha yo'q.

YANGILANISHLAR

MAHSULOTLAR

Media-mahsulotlar pochta orqali

SAYT XARITASI

STATISTIKA