TOIFALAR

QATRON

SHOGIRDLARNING SHARXLARI

NURSAFARDIYYA
ISH FAOLIYATI

QIDIRUV

HAMKORLAR

Hikmatimdan hikoyat

Muallif: So'fiy-tabib shayx Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2010-07-20

Man ishq izlab odamlarning ko'ngli ichra kirib chiqdim,
Shaytoni ko'p ekan anda, arosatda bilib chiqdim.

Zulmat ichra yo'qoldimman, ketarimni bilmay qayon,
Yuragimni ming parchalab, yuzlarimni yulib chiqdim.

Fano ustoz dedim bog'man, bog'bonida shafqati yo'q,
Yangi ochilgan gulmanu, xazon misol so'lib chiqdim.

Istab ezgu niyat birla, kezdim jafo sahrosini,
Mehr topmay oqibatdin, bag'rida qon to'lib chiqdim.

Angla Nursafardiy ishqni, o'zga ishqlar begonadir,
Ketdim dunyosidan vale, o'lmay burun o'lib chiqdim.

Fanosidan yuz burdim - ey, baqodin yo'q o'zga najot,
Ketar bo'ldim Haq oldig'a, chinakam ishq bo'lib chiqdim

 

Yig'lama dil dunyodan, sanga malham bir ishq bor,
Ko'zlaringga to'tiyo yo'q, biri kam bir ishq bor.

Haqqa tomon yuz burding, yuzlaringda aksidur,
Butkul ket dunyosidan, belga bardam bir ishq bor.

Kuyinma bevafodan, sitamlardan ko'zni yum,
Yolg'izlikni oshno et, senga hamdam bir ishq bor.

Gar poksen, ey dil, senga ko'kdan mukofotingdur,
Vale, o'ksimagil kangul, ishqda hardam bir ishq bor.

San kuyunding dunyodan, uzlatni etib oshno,
Oshnoligingga oshno, do'stdan yordam bir ishq bor.

Bezib ket Nursafardiy, sig'may sag'ir sitamga,
Gar dunyodan uzilding, sanga har dam bir ishq bor...

YANGILANISHLAR

MAHSULOTLAR

Media-mahsulotlar pochta orqali

SAYT XARITASI

STATISTIKA