TOIFALAR

QATRON

SHOGIRDLARNING SHARXLARI

NURSAFARDIYYA
ISH FAOLIYATI

QIDIRUV

HAMKORLAR

Sizga nima yomonlik qildik... (Munozaraga oid muhokama)

Muallif: So'fiy-tabib shayx Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2010-07-20

Aytingchi, birodarim siz kimsiz va kimga qarshi kurashayapsiz. Biz bu siz emasmi? Siz bu biz emasmi?  Siz bilan bizning kurashimiz tom ma'noda millat millatga qarshi ma'nosini anglatmayaptimi? Siz nima istaysiz o'zi? Siz bir vatan ichra vatansiz, biz bir vatan ichra vatanmiz. Siz bir millat ichra millatsiz, biz bir millat ichra millatmiz. Bir qonmiz, bir tanmiz, bir jonmiz.

Bizning falsafamizning yuki nega sizning elkangizga tosh bosib qoldi? Bizning falsafamiz bu sizning falsafangiz emasmi? Sizning davlatingiz (agar siz davlatni yoqlagan davlatparvar bo'lsangiz albatta) bizning davlat emasmi?

Biz faqatgina Ollohning irodasi bilan xalq uchun, millat uchun komillik va mukammallik falsafasi yaratdik. Siz xalq emasmisiz, siz millat emasmisiz?

Bizning gunohimizni ayting. Nima ayb qilibmizki, Olloh tomonidan berilgan xalq nasibasini tortib olsangiz. Nima gunoh qildikki, millatning mukammalligi uchun bel bog'laganlarga tosh otasiz.

So'fiy kim? Ma'nosini anglaysizmi?...

YANGILANISHLAR

MAHSULOTLAR

Media-mahsulotlar pochta orqali

SAYT XARITASI

STATISTIKA