TOIFALAR

QATRON

SHOGIRDLARNING SHARXLARI

NURSAFARDIYYA
ISH FAOLIYATI

QIDIRUV

HAMKORLAR

Yalang'och keldik, yalang'och ketmaylik

Muallif: So'fiy-tabib shayx Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2010-07-20

Kirish

Nursafardiy deganda ko'z oldimizga ezgulikning otashin ramzi va ilohiy olamning haqiqiy oshig'i, Haq yo'lida jonini fido qilguchi otashin shayx gavdalanadi. Derlarkim, topganini xalq birla baham ko'rdi. Ilohiy ilmlar ortidan saodat topmoq bu, buyuk baxt emasmi? Ul zot, garchi Vatan mehri ila Yurtga, xalqimizga xizmat qilib saxovat bo'stonida javlon urayotgan bo'lsalarda, yozgan misralarida ilohiy ishqqa nisbatan buyuk muhabbat nafasi ufurib turadi. Zero, dunyo mohiyatini anglamoq sirlari ilohiyotga dahldordir. Va ul zoti sharif aynan ilohiyot ichida o'zligini topgani uchun ham buyukdir. Biz ul muhtaram zotning saodatga boshlovchi saxiylik va mukammallik olamidagi barcha ezguliklarini Xoja Ahrori Valiy kabi buyuk, saxovat sultonining chinakam izdoshiga qiyoslagimiz keladi.

Mohiyat

Dunyo nadir desalar, dedim, dunyo sirli xilqatdir. Va aning sirinikim Yaratgandan o'zga bilmas. Bizkim, mavjudodlarning oliy durdonasi, buyuk insoniyat nasabidan bo'lmish, tafakkur va tasavvur sohiblari ana shunday sirli zaminda yashar ekanmiz, butun koinot uzra turfa gallaktikalar orasida jajji bir zarra misol samo bag'rida muallaq turgan erimizdan mantiq va mohiyat izlaymiz. Dunyo nadir? Dunyo sirli xilqatdir. Ki, uning avvalini topmoq mushkuldir. Aningkim, zamirida mohiyat yotar. Mohiyat atalmish javohirni topgan kishikim dunyoni anglagay. Mohiyat nadir desalar, mohiyat tafakkurdir dedim. Mohiyat o'zlikdir, ki inson o'zlikni anglamas ekan, dunyoni anglamas...

YANGILANISHLAR

MAHSULOTLAR

Media-mahsulotlar pochta orqali

SAYT XARITASI

STATISTIKA