TOIFALAR

QATRON

SHOGIRDLARNING SHARXLARI

NURSAFARDIYYA
ISH FAOLIYATI

QIDIRUV

HAMKORLAR

Nursafardiyya odobidan

Muallif: So'fiy-tabib Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2009-07-23

Nursafardiyya tariqatining amallar dasturi o'ta  mukammal bo'lsa-da, u o'zining ilohiy g'oyalarini  nazariy jihatdan kamtarona soddalik bilan zamona tili orqali bayon etadi. Zero, kamtarona so'zlar o'quvchi tafakkuriga tez ta'sir  qiladi. Va tushunmog'i oson kechadi. Sababkim, tasavvuf olami asrlar osha sukut saqlab qayta ko'z ochgani bois, uning buyuk g'oyalari xalqimiz uchun hali mutlaq yangilikdir. Zero, tasavvuf o'ta murakkab xilqatdir. Unga bosqichma-bosqich kirib borilmasa, murod hosil bo'lmagay. Alloh irodasi  birla biz ham buyuk tariqatlar yo'lidan borguvchimiz, inshoolloh.

****

Ey farzand, senga nasihatim shulki, har bir nafasingda Xudoyi taolo oldida bisyor qarzdorligingni his et. Garchi sen tug'ilding, aqlingni taniganingdan so'ng, dunyo g'am-tashvishlardan iborat ekanligidan hech afsuslanma. Ki bu holat Allohning irodasi, sinov maydonidir. Etar, aning mohiyatini angladingmi, taraddudga tush, fursatni boy bermay iymon etagidan tutgil. Bilgilki, kechagi kuning bugun qaytmagay va ertaga buguning  yo'qdir. Ki sen yaqindan turib uzoqni ko'zla. Nafs istaklari qarshingda parda bo'lmasin.

YANGILANISHLAR

MAHSULOTLAR

Media-mahsulotlar pochta orqali

SAYT XARITASI

STATISTIKA