TOIFALAR

QATRON

SHOGIRDLARNING SHARXLARI

NURSAFARDIYYA
ISH FAOLIYATI

QIDIRUV

HAMKORLAR

Sofiy jang sanati

Muallif: Sayt ma'muriyati

Joylashtirish vaqti: 2010-03-16

Alloh taolo yuksaklikka
intilganni sevadi.

Hadisdan

 

So’fiy jang san’atini so’fiylikning tarkibiy qismi deyishadi. Aslini olganda, so’fiy jang san’ati nima?

Mo’’tabar manbalarning guvohlik berishicha, Odam Alayhissalomning uchinchi o’g’li Shis payg’ambarga Alloh taolo tomonidan 50 pora ilohiy bitik tushirilgan. Ushby ilohiy bitikning yarmi Allohga etishi uchun ibodat tizimini tashkil etsa, yarmi sog’liqni saqlash va himoya dasturlaridan iborat bo’lgan.

Demak, so’fiylik va uning himoya tizimi ibtidosi Shis davridan boshlangan. Bunday ilohiy bitiklar va yo’l-yo’riqlar to Muhammad payg’ambar va Qur’oni Karim nozil bo’lgan paytgacha davom etgan.

Qur’oni Karim nozil bo’lgach, undagi maxfiy ilmlar, yashiringan oyatlar so’fiylikni yanada mukammal dastur bilan ta’minladi. Ko’hna manbalarda ilm Misrda, falsafa Hindistonda, amaliyot Turkistonda deb ko’rsatilgan.

Islom dinining keng yoyilishi tufayli so’fiy jang san’atining mukammal tizimga aylanishida Turkiston o’ziga xos maktab bo’lgan. Masalan, tarixiy manbalardan ma’lum bo’lishicha, bir kishining o’nlab, yuzlab dushmanlarni engishi Amir Temur davrining jangchilari uchun odatiy hol bo’lgan. O’sha davrda usta ucharlar, ya’ni uzoq masofalarga podsholik xabarlarini etkazuvchi tezyurar choparlar sifatida «Ucharlik», «Ming askar» tizimi so’fiy jang san’ati va umuman so’fiylik amaliyotida keng tarqalgan. Odatda pir o’z shogirdlaridan birini ot-ulov bilan bir necha haftada borib kelish mumkin bo’lgan erga maxsus dastur bilan ilhomlantirib jo’natgan. Murid bu uzoq joyga bir-ikki kunda borib qaytgan.

So’fiylikdagi «Ucharlik» tizimi Tibbetdagi «Lung gom – pa» tizimiga uyg’un keladi. Tibbetda bu ishga qobiliyatli shogirdlar orasidan tanlanganlar maxsus mashqlar bilan tarbiyalangan. Bu o’rinda ham asosiy urg’u inson organizmidagi ichki quvvatni harakatga keltirishga qaratilgan.

Shu ma’noda 2003 yil «O’zbekiston» nashriyoti tomonidan chop etilgan S. Kyshkarov va U. Kyshkarovlarning «So’fiy jang san’ati» nomli monografiyasining qiymati katta. Kitob nihoyatda boy manbalar, dalillar, amaliy tajriba va xulosalar asosida yozilgan. Kitobni o’qir ekanmiz, odam organizmidagi quvvat tizimi nechog’lik kuchli ekanligini anglaymiz.

So’fiy ta’limotiga ko’ra, odam organizmida 14 ta quvvatiy tizim mavjud. So’fiy jang san’atida pir (ustoz) avvalo o’z muridi (shogirdidan) botiniy jang tizimi qatlamini uyg’otadi. Ya’ni pir uqtiradiki, «Sen hech qachon organizmni ma’lum qoliplardagi harakatga o’rgatma. Aksincha uni shunday tayyorlaginki, harakatlar tug’ilsin. Bu erda karate, taekvando yoki boshqa tizimlardagi kabi maxsus harakatlar yo’q. «Qo’lni bundoq qo’y, mana bu erga, ur», deb o’rgatilmaydi. So’fiy jang san’ati organizmning ichki quvvat tizimini ishga tushirishi va axborot kirgiza olish orqali harakatlar paydo qilishga yo’naltirilgan. Bu san’atni egallagan odam shunday harakatlar qiladiki, hatto o’zi ham hayron qolishi mumkin. U hech qachon bir harakatni ikkinchi marta qaytarmaydi. So’fiy jangchi tog’day turadi, daraxtday o’sadi, suvday oqadi, shamolday eladi. U har qanday sharoitda o’z holini muqum saqlaydi.

So’fiy jang san’ati timsollari hamda jang san’atiga yondosh sohalar bilan tanishar ekanmiz, bunda qaldirg’och katta o’rin egallaganligini ko’ramiz. Qaldirg’och xosiyatli, favqulodda xususiyatga ega bo’lgan o’ta nodir qush hisoblanadi. Avvalo qaldirg’och hamma joyda o’zini ko’rsatavermaydi. Tuyqysdan uchib kelib, yana birdan g’oyib bo’lishi bilan hammani hayratda qoldiradi. U boshqa qushlar kabi bir chiziq bo’ylab tekis uchmaydi, uning harakat tizimi shu qadar rang-barang, tez va oddiyki, uni ko’z bilan ilg’ab chamalash ko’pincha mushkul. Qaldirg’och erkinlikni sevuvchi, o’ta mag’rur, o’ta pokiza qush. Uni boshqa qushlardek qo’lga o’rgatib bo’lmaydi.

Qaldirg’ochning so’fiy jang san’ati va so’fiylik, xususan, uning Yassaviy tariqati bilan bog’liqlik jihatlari kishini hayratga soladi. So’fiy jangchi ham o’z kuchini ko’z-ko’z qilmaydi, birovga ziyon-zahmat etkazmaslikka intiladi. Boshqalarga so’zi, amali bilan yaxshilik qilish harakatida bo’ladi.

Qaldirg’och so’fiy jang san’ati va so’fiylikning asosan harakat tizimini ifodalovchi timsol bo’lsa, unga nisbatan turg’un holatini o’zida mujassam etuvchi timsollardan biri tut daraxti hisoblanadi. So’fiy jang san’ati harakatlari tizimidagi «Huvva», «Alif», «Lom» shakli harakatlarining qo’l va badanda bajarishni bunga misol qilib keltirish mumkin.

Bu harakatlar odamning ilohiy holat va zikrga qisqa muddatda kirishishga imkon yaratgan. Ushbu yo’nalishda 1990 yil «So’fiy jang san’ati» bilan bog’liq bo’lgan Najmiddin Qubro nomli qo’l jang san’ati markazi ochildi. Keyinchalik 1992 yilda «Yassaviy Turkiston» xalq markazi ochildi. Shu tariqa markaz faoliyati kengayib, Toshkentda «Yakdillik» sharq tabobati markazi ishga tushdi, by markaz qoshida ham «Zo’rmergan» jang san’ati bo’limi tashkil etildi.

Bugungi kunga kelib Shayx So’fiy-Tabib Nursafardiy tuzgan markazlar faoliyati nafaqat xalqimizning, balki chet ellik mutaxassislar va ixlosmandlarni ham qiziqtirmoqda.

So’fiy jang san’ati monografiyasi o’z o’quvchisiga so’fiy jang san’ati mohiyatini anglashga imkon beradi.

Zero piri komil Ibrohim Adham aytganlaridek, so’fiylik shunday narsadirki, odamlarni bir-biri bilan emas, balki o’zini-o’zi bilan kurashishga o’rgatadi.

Saodat Ayupova

YANGILANISHLAR

MAHSULOTLAR

Media-mahsulotlar pochta orqali

SAYT XARITASI

STATISTIKA