TOIFALAR

QATRON

SHOGIRDLARNING SHARXLARI

NURSAFARDIYYA
ISH FAOLIYATI

QIDIRUV

HAMKORLAR

Yashartiradi, gozallashtiradi

Muallif: Sayt ma'muriyati

Joylashtirish vaqti: 2010-03-15

«NURSAFARDIYA» tabobat markazi mijozlarni sog’lomlashtirish barobarida go’zallashtirish – kosmetik muolaja bilan ham shugullanadi. Bu markaz shifokorlari insonni yaxlit hodda tasavvur etadi. Kishining yuz terisining tiniqligi, tozaligi, hatto, sochning rangi, holati ham uning ichki a’zolarining holati bilan chambarchas bog’liqdir. Shuning uchun So’fiy tabibning kosmetik muolajalari faqat parvarish emas, davodir.

Bizning hududdagi kishilar, ayniqsa, ayollar yuzdagi qora dog’lardan ko’proq shikoyat qilishadi. Bunday dog’lar aksariyat hollarda o’t pufakning shamollashi oqibatida paydo bo’ladi. «Yakdillik» markazida yuzdagi qora dog’lardan xalos bo’lish uchun maxsus dastur ishlab chiqilgan. DDK1 va DDK2 kremlarini yumshatuvchi KXK(N) yoki NAK(i) kremi bilan birga qo’shib, ishlatilsa, qora dog’larni yo’qotish oson kechadi. Birorta tozalovchi kremdan foydalanilsa, yana ham yaxshi. Ba’zi terilar tashqi ta’sirlarga juda sezgir bo’ladi. Bu – asab sistemasi va ichak faoliyati bilan bog’liq. Terining har narsadan ta’sirlanib, dag’allashmasligi, quruqshamasligi uchun KMK(X) – himoya kremi, TOK(K-B) –oziqlantiruvchi hamda yumshatuvchi kremdan foydalanish tavsiya etiladi. Yuzni mayinlashtirish uchun TOQ(K) va qaymoq aralashmasidan foydalaniladi. YOSH(K) yoki DK(K) yordamida ko’z atrofidagi mayda ajinlarni muolaja qilsa, yaxshi natija beradi.

YUK, TOK, YOSH, MAK, MAK(N), KXK(N) kremlar yuz parvarishida asosiy vosita hisoblanadi. Barcha muolaja vositalaridan nihoyatda ehtiyotkorlik bilan engil uqalash orqali amalga oshirish zarur.

YANGILANISHLAR

MAHSULOTLAR

Media-mahsulotlar pochta orqali

SAYT XARITASI

STATISTIKA