TOIFALAR

QATRON

SHOGIRDLARNING SHARXLARI

NURSAFARDIYYA
ISH FAOLIYATI

QIDIRUV

HAMKORLAR

Giyoh bilan hayot bergan sofiy tabib

Muallif: Sayt ma'muriyati

Joylashtirish vaqti: 2010-03-12

Dardini bergan davosini ham beradi, deydi dono xalqimiz. Lekin shunday kasalliklar borki, davo istab bormagan joyingiz, bosh urmagan ostonangiz qolmaydi. Maqsadingizga erishib, sog’ayib ketsangiz, xo’p-xo’p, unday bo’lmasa-chi? Yaqinlaringizdan biri og’ir xastalikka chalinsa-yu, uning dardiga davo topolmasangiz-chi?..

Ko’p sonli muxlislarimiz qo’li engil so’fiy tabib borligi va u qanchadan-qancha insonlarning hayotini saqlab qolib, joniga ora kirayotgani haqida aytishdi va bizdan o’sha tabib to’g’risida batafsil ma’lumot berishni iltimos qilib xatlar yozishdi, qo’ng’iroqlar qilishdi.

Gazetamizning avvalgi sonida sizlarga mazkur tabib haqida to’la ma’lumot berishni va’da qilgandik. Odamlarga so’fiy tabib deb tanilgan Safarboy Kushkarov haqida so’rab-surishtirdik. Tabib judayam band bo’lgani bois o’zi bilan suhbatlasholmadik. Lekin uning qo’lida davo topgan inson, falsafa fanlari nomzodi Fazliddin Hamraevning tabib va u kishining faoliyatlari haqidagi fikrlari bilan o’rtoqlashdik. Keling, suhbatni o’qing.
Balqi, sizni qiziqtirayotgan savollarga javob bordir!
 
– Sizni so’fiy tabib huzuriga etaklagan dard nima edi?

– O’n yil davomida qandli diabet kasalligidan aziyat chekdim. Shifo topay deb, bormagan kasalxonam, ko’rinmagan shifokorim qolmadi hisob. Faqat parhezda yurardim. Bunday yurish, ochig’i, jonimga tegib ketgandi. Salomatlik qadrini kasal bo’lganingda bilarkansan kishi. Kechalari uxlay olmasdim, oyoqlarim uvishib, yurishga, og’irroq buyum ko’tarishga qiynalardim. Xudoga shukur, bugungi kunda xohlagan ovqatimni, yaxshi ko’rgan shirinliklarimni tanovul qila olaman. Tiniqib uxlayman, charchoq hissi butunlay begona, desam ham bo’ladi.

So’fiy tabib Nursafardiy va uning mo’’jizakor ishlari to’g’risida Huvaydo mahalla poliklinikasining shifokoridan eshitgandim. Uning o’zi terapevt, otasi esa xirurg vrach bo’lgan. Onasi rak kasaliga chalingan ekan. Darddan forig’ qilish uchun ayolni Germaniyaga olib borishibdi. Lekin chet ellik mutaxassislar ham operatsiyadan boshqa chora yo’qligini aytishganda, bunga rozi bo’lmay, bemorni vatanimizga qaytarishibdi. Shundan so’ng Safarboy aka ayolni hech qanday operatsisiz, faqat giyohlar bilan davolabdi. Onasining hozirgi kundagi ahvoli ancha yaxshiligini aytgandan so’ng, men ham so’fiy tabibga qiziqib qoldim.

Qabulga yozilish uchun u erga bordim. O’sha joyda yana bir qadrdonim, tadbirkor ayol Gulnora Xudoyberganovani uchratdim. U ham onasini so’fiy tabibga olib kelgan ekan. Aytishicha, Frantsiya, Germaniyaga olib borib, shifo topolmay, o’n ikki yil oldin Safarboy akaga olib kelib, dardiga malham topibdi. Bu gaplardan so’ng ixlosim yanada oshdi. Tabibning qabuliga kelib, muolajalar oldim.

– Natijasini necha kunda bildingiz?

– Uch kunda! To’g’ri, uch kun ichida o’zimni butunlay yaxshi his qila boshladim, deb aytolmayman, lekin o’shanda badanimning uvishib qolishi, oyoqlarimda tomir tortishish butunlay to’xtadi. Chin dildan ixlos qilib, o’zingizni «Butunlay tuzalib ketaman, kasallik meni boshqa bezovta qilmaydi», deb ishontirsangiz, ishlaringiz «besh» bo’ladi. Ya’ni tuzalish uchun, eng muhimi, bemorning o’ziga, oyoqqa turib ketishiga bo’lgan ishonchidir. Ishonch bo’lmasa, na kasal, na davolovchi biror natijaga erishadi? Aksincha, ishlar butunlay teskarisiga ketishi mumkin.

– Shu o’rinda yurtimizdagi tabobat markazlaridan biri «Yassaviy-Turkiston» haqida ham qisqacha to’xtalib o’tsangiz.

– Sharq madaniy va ma’naviy merosini o’rganishni nazarda tutgan «Yassaviy-Turkiston Xalq markazi» 1992 yilda Jizzax shahrida tashkil topdi.

Bu markazda so’fiy tabobatining qadimiy retseptlari asosida dorilar tayyorlanadi. Bunday dorilarni tayyorlash uchun giyoxlarni olis Pomir toglaridan olib kelishadi. Bu dorivor o’simliklar boshqa giyoxlardan ekologik jihatdan tozaligi, minerallarga boyligi, tarkibida temir, oltin, kumush singari moddalarning ko’pligi, ul’trabinafsha nurlarga to’yinganligi bilan farq qiladi. Ushbu giyoxlarni terib keluvchilar ham, undan dori tayyorlovchilar ham xuddi shu markazning tabiblari. Ular har bir ishni tartib va qonuniyatlarga amal qilgan holatda olib borishadi. O’t-giyoxlar bilan davolash dunyoda tan olingan shifo usullardan biri hisoblanadi. Evropada bu usulni «Xerbaizm» deb atashadi.

Bundan tashqari, bu erda bemor organizmida kechayotgan patologik (xurujiy) jarayonlarni yo’qotish, jismoniy-fiziologik holatga chiqarish uchun uqalash sistemasida muolajalar olib boriladi.

– Eshitishimizcha, bu erda musiqa bilan ham davolash eng samarali usullardan biri sanalar ekan...

– To’g’ri, musiqa bilan davolash eng samarali usullardan biri. Chunki musiqa tinglayotgan ruh, vujud birdek sokinlashadi, o’zida kechayogan telba-teskari hislarni jilovlashga yordam beradi. Tabiblar undan nafis ma’nolar topib, o’zlarini ilohiy jazavaga, «holati jazb»ga keltirish uchun foydalanadilar. Musiqaning qudratini insonning «men»idan najot topish, qalbni poklash, ko’ngilga g’ashlik soluvchi o’y-fikrlardan qutulish vositachisi, deb bilishadi.

Musiqa bilan davolashning ilmiy tomonlari hali to’laligicha o’rganilmagan. Yuqorida aytganlarimizga tayanib, masalaga oydinlik kiritishimiz, unga yaqindan yondashishimiz mumkin.

«Agar biz o’zimizni davolash uchun ishlatadigan dori-darmonlarni olib tekshirsak, – deb yozadi so’fiy tabibning shogirdlaridan biri Alisher Kushkarov o’zining «So’fiy tabobati» kitobida, – ulardan tanamizga etishmayotgan moddalarni topamiz. Boshqacha qilib aytganda, ana shu moddalarning ta’siri ostida tanamizda muvozanat vujudga keladi. Bas, shunday ekan, tomirlarimizda qon aylanishini bir maromda saqlash uchun ritm va ton talab etilishining guvohi bo’lamiz».
Aytishlaricha, musiqa dastavval aynan bemorlarni davolash, ularni kelajakka ishontirish, oldinga intilishga undash uchun kashf qilingan ekan. Lekin yillar o’tib, zamonlar aylanib, odamlar musiqani ko’ngil yozish uchun o’zlariga moslashtirib olishgan va undan faqatgina ko’ngilxushlik uchun foydalanadigan bo’lishgan. Bu tabiblar musiqaning imkoniyatlaridan kelib chiqib, davolash maqsadida ham foydalanishadi. Bu usulni zamonaviy tibbiyotda «musiqaterapiya» deb atashadi.

– Kasal paytingizda faqat parhezda yurganman, deb aytdingiz. Davolanayotganingizda ham, parhez tutgansiz, qat’iy tartibda ovqatlangansiz, Ayting-chi, so’fiy tabib aytgan parhez bilan shifokorlar buyurgan parhez o’rtasida farq bormi?

– Deyarli yo’q. Lekin parhez tutish lozimligi haqidagi tushunchani har ikki tomon turlicha beradi. Masalan, shifokorlar parhezda yurmasa, bemorning ahvoli yomonlashishi, tuzalish umidi so’nib, kasallik avj olishi mumkinligini uqtirishsa, tabiblar hamisha o’zini poklash, nafsini tiyish uchun parhez bir vosita ekanini aytishadi. Ular bemorga «Sen kasal emassan, tanangda qandaydir tabiiy o’zgarishlar kechayapti. Shuning uchun o’zingni shu paytgacha qilib yurgan odatlaringdan tiy, biroz sog’lig’ingga e’tiborli bo’l!» qabilidagi so’zlar bilan tinchlantirishga urinishadi. O’ylab ko’ring, «Shuni esam, ahvolim og’irlashadi» degan qaerda-yu, «Shuni emasam, sog’lig’im joyida bo’ladi» degan qaerda. Ikkalasi bir xil so’z, bir ma’nodagi tadbir. Lekin aytilishi, odamga uqtirilishi bo’lakcha.

– Shu kunlardagi ahvolingizga qarab, butunlay tuzalib ketdim, deya ayta olasizmi?

– Albatta, ayta olaman. So’fiy tabib huzuriga qatnay boshlaganimga olti oy bo’lgan bo’lsa, birinchi ikki oyda tanamni kasallikdan butunlay, forig’ bo’lganini his qilganman. Shu o’rinda bir narsani alohida ta’kidlashni istardimki, tabibning huzuriga borganlarni birinchi navbatda uning yuzidan yog’ilib turgan nur o’ziga tortadi. Dunyoda fayzli odamlar juda ko’p. So’fiy tabib ham ana shunday fayzli insonlardan biri hisoblanadi. U kishi bilan suhbatlashgan odam ruhiy-ma’naviy quvvat oladi. Shu bois bo’lsa kerak, tabibning nazoratida bo’lib turish, to’g’rirogi, beminnat maslahatlaridan bahramand bo’lish uchun ham qabuliga kelib turaman. Tabib juda band odam. Bir kunda ikki yuzdan oshiq mijozlarni qabul qilib, ularning og’irini engil qilish, darddan xalos qilish uchun harakat qiladi.

O’zim dardimga davoni shu erdan topganim uchun ham, ahvoli yomonroq, sog’lig’ida o’zgarishlar kechayotgan yaqinlarimni ham xuddi shu erga boshlab kelaman. Yaqinda Rufat Risqievni, uning o’rtog’i Anvar Mirsaidovni, shuningdek, Sa’dulla Mirzaevni olib bordim. So’fiy tabib ularni bepul davolayapti. Hozirda Rufat akaning ahvoli ancha yaxshi, o’zini engil his qilayapti. Ularga ro’baro’ qilganim uchun mendan minnatdor. So’fiy tabib, shuningdek, ahvoli og’ir nafaqaxo’rlarni va kam ta’minlanganlarni ham bepul davolayapti.

Men odamlarga ixlos qiling, sog’ayib, atrofdagilaringiz davrasiga qaytishga ishonib yashang, deyman. Zero yurakdan talpinish, salomatlik uchun tashlangan ilk qadam – kasallikni enguvchi oddiy harakatdir. Sog’lig’ingiz uchun o’zingiz kurashing, yaqinlaringizga hamisha kerakligingizni his qiling.

YANGILANISHLAR

MAHSULOTLAR

Media-mahsulotlar pochta orqali

SAYT XARITASI

STATISTIKA