TOIFALAR

QATRON

SHOGIRDLARNING SHARXLARI

NURSAFARDIYYA
ISH FAOLIYATI

QIDIRUV

HAMKORLAR

Ichki va tashqi korinmas unsurlar bilan maxfiy suhbat

Muallif: Sofiy-Tabib shayx Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2010-02-04

Bismillaxir rohmanir rohim

Olamlar va butun borliqning hokimi, mavjudodlar hukumdori, yaratuvchanlik, buyrukdorlik va amaldorlikni o’z zimmasiga olgan va dunyoni beshik kabi tebratib turgan yagona ilohimiz, senga hamdu sanolar, maqtovu ijobatlar bo’lsinkim, bizni, insonni o’z xizmatingni darig’ tutmagan holda, yaratib unga jon, amal va sog’lik berding, alhamdililloh. Uning tanasi atrofida tuganmas unsuriy quvvatlarni va oziqlarni do’st- dushman sifatida joylashtirib qo’yding. Neki yaratgan borlig’ingdagi mavjud unsurlarni, olamlarni mitti shaklda insonga kiritding va uni olamlarning bir oynai jahon miqiyosida o’ziga boshqarish uchun qulay holatga keltirding. O’n sakkiz ming olamni odam ichagida ko’zga ko’rinmas, olimlar ilmiga tushmas jonzod shaklida amalga oshirding. Ular orqali inson tafakkur darajasini belgilading. Mikrofloralarni boyitish evaziga payg’ambarlarni, qondagi siydikni kamaytirish orqali avliyo-yu anbiyolarni, qonni yanada yuqori darajaga ko’tarish evaziga olimu sahobalarni, donishmanddu oqillarni odamlar ichida nozil qilding.

YANGILANISHLAR

MAHSULOTLAR

Media-mahsulotlar pochta orqali

SAYT XARITASI

STATISTIKA