TOIFALAR

QATRON

SHOGIRDLARNING SHARXLARI

NURSAFARDIYYA
ISH FAOLIYATI

QIDIRUV

HAMKORLAR

Nursafardiyya, 1-kitob

Muallif: Nazrulloh Rasulzoda Kuhistoniy

Joylashtirish vaqti: 2009-10-08

Nursafardiyya so'fiyligiga ko'ra, uning ta'limotidan kelib chiqqan holda shu narsa ayon bo'ladiki tasavvuf va tabobat, ilm va amal uyg'unligi hozirgi zamon fan-texnika yutuqlari, ilmu irfon va fanning turli sohalari gullab yashnayotgan bir paytda mazkur taraqqiyotni qamrab olgan holda ularni yangi bosqichga ko'tarishga yordam beradi, rivojlanish yo'nalishlarini bashorat qiladi. Tabobat tizimida Nursafardiyya ta'limoti mizojga tayanadi. Ayrim kishilar mizoj so'zini mijoz so'zi bilan adashtirib yuborishadi. Har ikkala so'z arabcha bo'lib, mizoj temperament, xulq, tabiat, natura, kayfiyat, xislat kabi ma'nolarni anglatgan holda, mijoz biron bir musiqa, kuy va qo'shiqning doimiy shinavandasi, biron xil tansiq taomni yoxud biron bir qahvaxona, oshxona, choyxonani doimiy xo'randasi, biron bir duxtur yoki tabibga doimiy qatnaydigan patsiyentga aytiladi, ya'ni kliyent ma'nosida.

Demak, mizoj boshqa mijoz boshqa ekan, mizoj mijoz emas, birini ikkinchisi bilan almashtirish mumkin emas. Mizoj arabiy tildan kirib kelgan, mazaja fe'lidan olingan, ma'nosi qorishmoq, ya'ni mizoj degani qorishma degani, chunonchi falonchini mizoji ho'l va sovuq, bismadonchini mizoji issiq va quruq, uchinchisiniki ho'l va issiq va hokazo.

Nursafardiyya so'fiyligi- ta'limotida falsafa va tabobat, sport va go'zallik, musiqa va tasviriy san'at, xalq hunarmandchiligi, gimnastika va so'fiy jang san'ati, xulosa tasavvufning oliy maqsadi- «komil inson»-ni voyaga yetkazishdek ulug' maqsadga yetishish uchun kerakli va zaruriy barcha bilim hamda ko'nikmalarni inson zehnida parvarishlaydi, axloqi hamidani shakllantiradi.

YANGILANISHLAR

MAHSULOTLAR

Media-mahsulotlar pochta orqali

SAYT XARITASI

STATISTIKA