TOIFALAR

QATRON

SHOGIRDLARNING SHARXLARI

NURSAFARDIYYA
ISH FAOLIYATI

QIDIRUV

HAMKORLAR

Haqni suying, odamlar

Muallif: So'fiy-tabib Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2009-09-07

Nafsimni o'zimga dushman bildim
Salomatlik birlaki xushman bildim

Kibrning qasrini malomat bildim
Kamtarlik kamoldir alomat bildim

Menkim haqiqatning oshiq shaydosi
Shaydolik birla mayning paydosi

****

Men bir yon, sen bir yon, el bir yon
Oqqizgan dard ko'zlarimda sel bir yon

Uyg'onginey tafakkur uyg'on tafakkur
Seni ko'rib jon beray poyingda mag'rur

Jononaga olib borgil ko'rib holimni
Ming yil bukildim ko'tar qaddi dolimni

Jonona orazini o'zing bir bor ko'rsat
Ostonasida jon beray qani ul yor ko'rsat

Ko'ngul mayxonadur maydan ichgim kelar
Mayxona mastligidakim sani quchgim kelar

Uyg'onginey tafakkur dilni etib farovon
Farovonlik birla Xaqning yo'li charog'on

Charog'onlik chashmida chamanzor istadim
Ishq ifori birla bir gulzor istadim

YANGILANISHLAR

MAHSULOTLAR

Media-mahsulotlar pochta orqali

SAYT XARITASI

STATISTIKA