TOIFALAR

QATRON

SHOGIRDLARNING SHARXLARI

NURSAFARDIYYA
ISH FAOLIYATI

QIDIRUV

HAMKORLAR

Vujudimda yashar bir vujud

Muallif: So'fiy-tabib Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2009-09-03

Insonning iloh quvvatiga yaqinlashishi yoki uzoqlashishi ushbu unsurlarga muayyan darajada mos kelgan holatda, ular shaxsni iloh quvvati ila u yoki bu darajaga ko'taradi yoxud undan uzoqlashtirib, mahrum etadi. Alloh insonga etti tana berib qo'yganligi haqida Qur'oni karimda aniq ma'lumotlar mavjuddir.

****

Inson nadur? Ul oliy mavjudot. Aql, tafakkur, tasavvur sohibi. Insondir ul, Allohning yaratuvchi va qudratli ekanligini, olamga keltirib, olamdan forig' etuvchiligini tan oluvchi. Ana shu insonki, ne karomat yoxud mo''jiza yaratmasin, bari yagona Tangrining xohishi va irodasi bilandir.

Bu olam sir-sinoat saltanati. Tangri uni shunday yaratdi. Ki insonlar izlansin, uning mohiyatini anglasin. Bu saroy ichra saroy nadur? Uning asli ilohiyotdir. Asl ilohiyot topganlar mahfirat sohiblaridir. Mahfiratga erishganlar Tangrining suyukli bandalaridir.

YANGILANISHLAR

MAHSULOTLAR

Media-mahsulotlar pochta orqali

SAYT XARITASI

STATISTIKA