TOIFALAR

QATRON

SHOGIRDLARNING SHARXLARI

NURSAFARDIYYA
ISH FAOLIYATI

QIDIRUV

HAMKORLAR

Komillik istar kangul

Muallif: So'fiy-tabib Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2009-08-30

Bizkim shunday zaminda tug'ilmoq baxtiga mayassar bo'ldikkim, aning har qarich tufrog'idan ulug' avliyolarning nafasi ufurib Turgay. Inshoolloh, buyuk ajdodlar tafakkurida ilohiy ilhom bo'lib tarix zarvaraqlariga bitilgan oliy hikmat, javohir falsafalardan o'rnak olgaymiz. Maqsadkim, biz ham fano burjining bir nafaslik umrini g'animat bilgan holda ularning pok qadamlariga javonmardlik istagi birla qadam qo'ygaymiz.

****

O'zlik nadir? O'zlik ruhiyatdir, tafakkurdir, Dunyoni anglamoq negizida tafakkur yotar va iymon pardasiga o'ralmoq istagida turgan kishikim, ul negizda mudroq yotgan tafakkur g'unchalarini aql oftobi bilan uyg'otib saodat manzillariga qadam qo'ymoqni niyat qilar, inshoollloh. Tafakkur chegara bilmas uchqur otdir. Uni qancha uyg'otganing sari Ollohning qudrati tomon yaqinlashib borar. Tafakkur samodir, fazodir. Koinotning istalgan burchagida esa Yaratganning qudrati mavjud. Tafakkurning oliy quvvat sari intilishi aynan zamindan boshlanar. Zamin Yaratganning mahsuli, Unda millionlab jonzodlar qatorida inson atalmish oliy mavjudod ham borki, uning baxti fikrlash qobiliyatidir.

YANGILANISHLAR

MAHSULOTLAR

Media-mahsulotlar pochta orqali

SAYT XARITASI

STATISTIKA