TOIFALAR

QATRON

SHOGIRDLARNING SHARXLARI

NURSAFARDIYYA
ISH FAOLIYATI

QIDIRUV

HAMKORLAR

Dardim qo'zg'ar gunohim, davo unga borliqdagi holim

Muallif: So'fiy-tabib Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2009-08-29

O, Tangrim! Ki men ishqingda mastu devona, fano burjining vaqti nafasiyotida yuragim urar ekan, umrim poyoniga qadar bul shaydo hissiyotdan meni benasib etmagil. Men kim, shul qadar o'zligimdan o'zib ketdimki, istaymanki, ortimda qolib ketgan vujudimga qaytmasam:

Men seni dedim, manga vujud na kerak,
Ki sensiz sarob atalmish mavjud na kerak.

O, Tangrim! Ruhiyatim sathi samoda va ul Sening jamoling,  Sening jaloling istab, kecha va kunduzni unutib, zikr-la mashg'ulkim, o'tirgan joynamozi kafandur. O, Tangrim! Sening vasling naqadar jozibador, naqadar fusunkor. Sening-da, har bir nazaringda tengsiz quvvat manbai mavjuddir. Sening bir nazaring birla gunohkor banda ham ikki dunyo saodatiga musharrafdur. Men jamoling istadim, men jaloling istadim:

Ishq saroyi ichra ishqdan sharob ichdim,
Sathi samoni ko'z yoshim birla quchdim.

YANGILANISHLAR

MAHSULOTLAR

Media-mahsulotlar pochta orqali

SAYT XARITASI

STATISTIKA