TOIFALAR

QATRON

SHOGIRDLARNING SHARXLARI

NURSAFARDIYYA
ISH FAOLIYATI

QIDIRUV

HAMKORLAR

Nasihatlik so'zim bor

Muallif: So'fiy-tabib Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2009-08-28

Ey farzand, bilgilki, aqlli inson tafakkurini charxlab ilm birla mashg'ul bo'lur, hargiz dunyo ilkiga mehr qo'ymas. Bul maydonning sen olayotgan nafasingchalik qimmatli va g'animat mahsuli yo'qdir. Sen hidoyat sari borib, saodatni baqodan izla, ki abadiyat saltanati sening nafasingdagi ibodatning shodasida hosil bo'lur.

****

Ey farzand, bilgilki, faqatgina yuksak ong birla tafakkur poydevorini yaratish mumkin. Zero, takabburda ham, oliyhimmatda ham ong mavjud. Ongning salbiy va ijobiy xususiyatlari inson taqdirini belgilaydi. Tarbiyali ong hidoyatga, tarbiyasiz ong jinoyatga boshlar. Gap - o'zlikni anglashda. Ong bo'stonida tafakkur gullarini ekkan kishi go'zaldir. Yaratganning buyuk marhamati nadur? Buyuk Tangri o'z bandasiga o'ziga munosib qaytarmoq uchun tafakkurni darig' tutmadi. Zero, bul sinov maydonida sening o'tkir quroling yuksak tafakkurdir. Va inoyat ushbudirki, bunday go'zal xilqat hamisha senga muntazir. Tafakkur olamiga kirgan kishi murodiga etgay, inshoolloh. Shukrki, insonning saodat topmog'i uchun Alloh unga quyidagi imkoniyatni berdi. Ya'ni:

Ong berdiki, ul fikr bulog'idir.
Qalb berdiki, ul hissiyot o'chog'idir. 
Til berdiki, ul oqibat qurolidir.
Qo'l berdiki, ul sahovat me'moridir.
Oyoq berdiki, ul vujud poydevoridir.
Ko'z berdiki, ul mehr ustuvoridir.
Quloq berdiki, ul hikmat darichasidir.
Noz ne'mat berdiki, ul halollik luqmasidir.
Nasab berdiki, ul nasl obro'sidir.
Nasl berdiki, ul avlod daryosidir.

YANGILANISHLAR

MAHSULOTLAR

Media-mahsulotlar pochta orqali

SAYT XARITASI

STATISTIKA