TOIFALAR

QATRON

SHOGIRDLARNING SHARXLARI

NURSAFARDIYYA
ISH FAOLIYATI

QIDIRUV

HAMKORLAR

Turkiylar uyg'onish zikri va jangovar raqsu samo'

Muallif: So'fiy-tabib Nursafardiy, Far zo'r so'fiy

Joylashtirish vaqti: 2009-08-28

Turkiy xalqlar tarixiga nazar tashlasak, undagi lingvistik, etnografik, milliylik, urf-odatlar rang-barangligiga hayratlanmasdan hech iloji yo'q. Bu xalqlar ichida shamanliklardan tortib, Lotin Amerikasida yashovchilarda hali olimlar tomonidan o'rganilmagan diniy marosimlar mavjuddir. Aynan ushbu holat bizni ayrim fundamental masalalarga qiziqishimizga sabab bo'ldi.

Bulardan biri turkiy xalqlarni birlashirib turuvchi, ularning hujayra darajasida yashovchi zikr tizimidir.

Uzoq davrdagi milliy izlanishlar natijasida shunday bir xulosaga keldikki, bu tarixiy xalqlarning jangovorligi, ozodlikni sevishi, mag'rurligi, bag'ri kengligiga ta'sir ko'rsatuvchi faktorlardan biri, bu jangovor zikr raqsidir.

To'g'ri, ushbu zikr tizimi Lotin Amerika turklarida, Kavkaz turklarida, Sibir turklarida, Turkiyada, Markaziy Osiyoda, Uyg'uristonda o'zgacha tus olgan bo'lsada, lekin mohiyatan, mazmunan harakatlar tizimi, musiqa tarzi, unda ishlatiladigan cholg'u asboblar, shaxsning kayfiyat holatlari bir xil saqlanib qolgan.

Bizning asosiy maqsadimiz ham ularni biroz bir-biriga yaqinlashtirgan holda,ushbu ichki quvvatingizga, ruhiyatingizga, borlig'ingizga ijobiy ta'sir ko'rsata oladigan «Turkiy uyg'onish jangovor zikri raqsi»ni siz azizlarga, havola qilmoqchimiz.

YANGILANISHLAR

MAHSULOTLAR

Media-mahsulotlar pochta orqali

SAYT XARITASI

STATISTIKA