TOIFALAR

QATRON

SHOGIRDLARNING SHARXLARI

NURSAFARDIYYA
ISH FAOLIYATI

QIDIRUV

HAMKORLAR

Nursafardiyya maktabi nima?

Muallif: Nursafardiyya amaliyotidan

Joylashtirish vaqti: 2009-07-17

Tasavvuf olamida so'fiylarning o'rni beqiyos ekanligi barchaga ma'lum. Ularning ilmu irfonda qarashlari turlicha bo'lsa-da, maqsadlari bir, ya'ni Alloh ishqida yonib, yaratgandan quvvat izlab, uning vasliga intilmoqdir. Aksariyat so'fiylar ilohiy ilmlar asosida o'z tariqatlariga asos solganlarki, bu borada Yassaviya, Naqshbandiya, Kubraviya, Suxravardiya, Chishtiya, Qodiriya tariqatlarini misol qilib keltirish mumkin.

****

Nursafardiyya aynan tasavvuf dunyosining ichida, ya'ni mag'zi botinida shakllanayotgan irfoniy maktabdir. Shayx Nursafardiyning bu borada mohiyatan qarashlari mavjud. Ya'ni maktab quyidagilarni o'z ichiga oladi.

Birinchidan, Alloh yo'lida sobitqadamlik. Toat-ibodat, zikr orqali Haq jamoliga intilish, Tangridan ilohiy quvvat topish. Yuksak tafakkur va toza qalb, botiniy musaffolik orqali Allohni doimo yodda tutish.

Ikkinchidan, nafs tarbiyasi. O'zlikni poklash. Vujudni nafsoniy xirslardan tiyish. Shaytonga xay bermoq. Nojo'ya, insoniy xislatlarga yot bo'lgan chirkin odatlardan voz kechish. Vujudni yuksak darajada tarbiyalab, ong quvvatini kamolot nuqtasiga etkazish.

Uchinchidan, shariatga doimo hurmatda bo'lmoq. Uning shartlariga amal qilmoq. Nursafardiyning ta'kidlashicha, har qanday so'fiy, avvalo shariat yo'lini bosib o'tadi. Shariatsiz tariqat yo'qdir. Demak, shariat mevasidan bahramand bo'lgan kishi yohud so'fiy hech qachon tuzluqqa tupurmasligi lozim. Chunki so'fiyning so'fiy darajasiga etmog'ida shariatning ham munosib o'rni bor. Shariat shartlariga amal qilmoq chin so'fiyga xos fazilatdir…

YANGILANISHLAR

MAHSULOTLAR

Media-mahsulotlar pochta orqali

SAYT XARITASI

STATISTIKA