TOIFALAR

QATRON

SHOGIRDLARNING SHARXLARI

NURSAFARDIYYA
ISH FAOLIYATI

QIDIRUV

HAMKORLAR

So'fiy zikriyoti va Nursafardiyya

Muallif: So'fiy-tabib Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2009-08-27

Zikr - qalb javhari, ruhiyat oynasi, vujud rohati, istakning shiddatidir. Zikrning tomiri quvvat, tanasi - muhabbat, mevasi - rohatdir. Zikr daraxti qish, bahor, yozu kuzni bilmay meva beraveradi. Uning azaliy va abadiy bog'i botindadir. Gar botin ko'zi ochilmas, Haq zikri unga sig'masdir.

****

Zikr so'zi eslash, tilga olish ma'nosidur. Zikr aytmoq esa, Tangri nomini to'xtovsiz tilga olmoqdir. Zikrda bo'lmoq - Tangri nomini aytib, uni eslash barobarida, ana shu ruhiy jarayonda voqe' yashamoqdir.

Zikrning yashirin va oshkora usullari mavjuddir. Zikr aytilayotganda ilohiy so'zlar, ilohiy nafas va ilohiy fikr kelishining to'g'rilanishi o'ta muhimdir. Ya'ni, avvalo, qilinayotgan harakatga moyillik nafasda bo'lishi kerak. Ushbu nafasdagi moyillik fikrdan o'tishi lozim va fikr tepadan ilohiy ilhom bo'lib quyilishi maqsadga muvofiqdir. Zikr ana shu uyg'un jarayonda chinakam voqelikka aylanadi.

YANGILANISHLAR

MAHSULOTLAR

Media-mahsulotlar pochta orqali

SAYT XARITASI

STATISTIKA