TOIFALAR

QATRON

SHOGIRDLARNING SHARXLARI

NURSAFARDIYYA
ISH FAOLIYATI

QIDIRUV

HAMKORLAR

So'fiy tabobatiga chuqur nazar yoki Qo'chqor mulla-tabib mulohazalari

Muallif: A. Kushkarov

Joylashtirish vaqti: 2009-08-26

Ruhiy olam juda boy va sirlidir. Uni bilish, sezish va nihoyat, unga kirib borish ilohiy axborot darajasida sayr qilgan holda, yangidan-yangi ilm cho'qqilarini zabt etmoq bilan barobardir. Borliqda o'tib ketgan ota-obolarimiz, ajdodlarimiz ruhlaridagi ijobiy xabarlar biz uchun tuganmas irfoniy bilim manbai bo'lib xizmat qilgusi.

****

- Bobo, bemorning tuzalib ketishiga nimalar sababchi bo'ladi?

- Birinchidan va eng asosiysi, bu Allohga ishonch va uning quvvatidan bahramand bo'lishdir. Ikkinchi muhim narsa, bu davolovchining shaxsi bilan bog'liq voqea, uchinchisi, bu bemorning ixlosi va tavbasi, to'rtinchi sababchi narsa, bu tabobat tizimiga kuchli yoki kuchsizligiga bog'liqdir.

- Bobo, tavba deganda nimani tushunish mumkin?

- Tavbani tom ma'noda emas, balki uning tabobatga tegishli tomonini aytib o'tmoqchiman. Ya'ni bemor bir tabibda va bir tizimda shifo olmog'i lozim. Shu bilan birga, ilohga tavba qilib shifo so'rashi kerak. Agar u ikkilansa, har xil tizimga oid dori-darmonlar qilsa, bemorning ichki quvvati bo'linib ketadi va natijada ichki kurashuv quvvati yo'qoladi.

- Bobo, bir odam xastalansa, maslahatchi ko'payib ketadi. Shunda bemor nima qilishi kerak?

- Nevaralarim, bu mushkul muammolardan biridir. Aslida Alloh o'limdan o'zga jiddiy xastalik bermagan, insonlarning o'zi har xil maslahatlarga quloq tutib, muammosini chalkashtiradi va nihoyat, ijobiy tomonga yurmaydigan holatga olib keladi. Ota-ona bir maslahat bersa, qarindosh-urug', aka-uka boshqacha maslahat beradi, natijada bemor ikkilanib qoladi. Ushbu holatda bemor hayotini tabib emas, balki qarindoshlari hal qilib qo'yishadi. Davolanuvchi hech ikkilanmasdan, qalb ovoziga ishongan holda tavakkal qilmog'i lozimdir.

YANGILANISHLAR

MAHSULOTLAR

Media-mahsulotlar pochta orqali

SAYT XARITASI

STATISTIKA