TOIFALAR

QATRON

SHOGIRDLARNING SHARXLARI

NURSAFARDIYYA
ISH FAOLIYATI

QIDIRUV

HAMKORLAR

Ajdodlar umidi, 1-kitob

Muallif: Sh. Ahrorov

Joylashtirish vaqti: 2009-08-26

Dunyoi-dunda mehmon kimu mezbon kim. Barcha jonzod kabi odamizod xili omonat makonda mehmon erur. Yaratgan Alloh sirli saltanatga o'zi keltiradi, o'zi kuzatadi. Bu olam mehmonxona. Unda Allohning barcha nozu-nematlari mavjud. Gap undan oqilona foydalanib, xayo-ibo va oriyat bilan «tanovvul» qilishda. Mehmonxona ataganimiz bu «saroy» ning «dasturxon» ida ilmu-irfon, tafakkur gulshanlari borki, undan komil insonlargina donishmandlik javoxirini teradilar. Bu saltanat ichra shunday insonlar borki, ularning pok qadamlaridan nur yog'iladi.

****

- Meni olib ketmaysanmi, o'g'lim?- dedi nuroniy unga yaqinlashib, -bir oz charchadim.

- Qayoqqa- Nurboy ota shoshib qoldi, tili tutildi - avval choyingizni ichib olmaysizmi? So'ngra ketardik.

- Qo'yaver, choyni u yoqda ichamiz - nuroniy chol yoshi ulug' bo'lishiga qaramasdan sakrab uning ortiga ergasharkan, Nurboy otaning hayrati oshgandan oshib, olov uzra qaynab turgan g'alati chovgunga qarab  oldida, chux, dedi. Saman ot ildamlab, jim ketaverdilar. Nuroniy chol Nurboy otaning belidan mahkam quchib oldi. Bunday qiziq holatga tushmagan Nurboy ota negadir ortiga qarashga yuragi betlamadi. Mo''jiza  shu erda ediki, chol uning orqasida goh yo'qolib, goho paydo bo'lardi. Bir gal yurak yutib orqasiga qarab, lol qoldi. Hech kim yo'q edi. Indamay ketaverdi. Sukunat. Jimlik saltanati. Olam go'yo jonsiz. Nihoyat qalin daraxtzorning yashil maysalar qoplagan go'shasida ortida paydo bo'lgan nuroniy - Shu erda to'xta  - dedi. Shamshod teraklarning yapaloq burgalari shamolda kuchli shivirlab, atrofda qandaydir vahima hukmron edi. Bu erda yurishga kunduz kuni ham muncha-munchaning yuragi betlamas edi. Nurboy ota kuchli bilaklari bilan jilovni tortdi. Ko'zlarini chirt yumdi. Bu maxal nuroniy allaqachon otdan tushgan va qandaydir sehrli bir kuch bilan maysalar ustida o'shanday holat, ya'ni chovgunda choy qaynatib, ostida yongan olov lovullab turardi.

YANGILANISHLAR

MAHSULOTLAR

Media-mahsulotlar pochta orqali

SAYT XARITASI

STATISTIKA