TOIFALAR

QATRON

SHOGIRDLARNING SHARXLARI

NURSAFARDIYYA
ISH FAOLIYATI

QIDIRUV

HAMKORLAR

Tabobat mo''jizasi

Muallif: Sh. Ahrorov

Joylashtirish vaqti: 2009-08-26

So'fiy tabobati deganda biz, avvalo, tabiblarni esga olamiz. O'tmishda bu sohada ma'lum va mashhur kishilar o'z ilmlari ila dong taratganlar. So'fiy tabobatining mohiyati inson vujudini toza va sog'lom saqlashdir. Uning zamirida ilohiyot yotadi. Ya'ni bemor inson sog'ligidan nolib, tabib huzuriga kelarkan, dastavval undan ilohiy quvvat oladi.

****

Qur'on tilovat qilib, yaratgandan quvvat istab o'tirgan kishi Ahmad akani kutib oldi. Bir oz hayajonda qolgan bemor birinchi bo'lib uning yuzlarida nurni ko'rdi.

- Assalomu alaykum...

- Vaalaykum assalom. Qani keling, o'tiringchi... - Saparboy ota Ahmad akaning qo'l tomirini ushlab ko'rdi.

- Oshqozoningiz ishdan chiqibdi, o'n ikki barmoqli ichak esa... Kasalingiz jiddiy. Yana...

Ahmad aka lol bo'lib qoldi. Yapon apparatlari nimani ko'rsatgan bo'lsa, tabib xuddi shunday tashhis qo'ydi. Bu erda yana qo'shimcha kasalliklar ham chiqib qoldi. Ahmad akaning tabibga ixlosi kuchayib ketdi. Garchi u Saparboy otaning karomatlaridan hali bexabar bo'lsada, unga bo'lgan mehri jo'sh urdi. Umidi uyg'ondi. Fathulla ham anoyi emas. Qanday insonlar bilan muomala qilishni biladi.

YANGILANISHLAR

MAHSULOTLAR

Media-mahsulotlar pochta orqali

SAYT XARITASI

STATISTIKA