TOIFALAR

QATRON

SHOGIRDLARNING SHARXLARI

NURSAFARDIYYA
ISH FAOLIYATI

QIDIRUV

HAMKORLAR

Nursafardiyya tariqat falsafasining mohiyati

Muallif: Nuru sofiy tabib Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2016-02-15

1. Azaliyat.

2. Asliyat.

3. Nasliyat.

4. Insoniyat.

5. Iymoniyat.

6. Imkoniyat.

7. Islomiyat.

8. Tabobat va Tariqiyyat.

9. Tafakkur va Qobiliyat.

10. Samovat va fikriyat.

11. Nuru va Zikriyat.

12. Ruhiyat va Hurriyat.

13. Jamoli Ilohiyyat.

14. Jaloli Haqqoniyat.

 

1. Azaliyat - ajdodlar quvvatini uyg’otish, tarixiy-ilmiy meroslarni o’rganish.

2. Asliyat - musaffolikni saqlash, azaliy urf-odatlar, madaniyat va ma’naviyatni qadrlash.

3. Nasliyat - milliylikni asrash, bu yo’lda mukammal va komil avlodlar tarbiyalash.

4. Insoniyat - odamiylikni o’rganish. Vatanni sevish, millatni qadrlash, ajdodlarga hurmat, kelajakka izzat, jamiyatga xizmat, mehr - oqibat, saxovat va haqiqat yo’lini tanlab, insoniylik xislatlari bilan barkamollik sari intilish.

5. Iymoniyat - iymonga kirish. Yaratganga ishonish, e’tiqod olamida o’zligini anglash.

6. Imkoniyat - omonat olamda vaqtni behuda o’tkazmaslik. Har daqiqani g’animat bilish. Ibodat olamida o’zini namoyon etib, Haqqa yuz burish.

7. Islomiyat - islom arkonlarini o’rganish. Farzlarini ado etish, iymon, islom va ehson qonun qoidalariga rioya etish.

8. Tabobat va Tariqiyyat - tabobat bilan mashg’ul holatda sog’lom tana va mukammal ruhiyat bilan tariqat olamiga kirish. Falsafiy ilmlarni mukammal o’rganish.

9. Tafakkur va qobiliyat - qalb ko’zini ochish, olamning mohiyatini anglash. Tafakkur olamini yaratish. Borliqni anglash. Mavhumiyat sirlarini qalb ko’zi orqali anglab  Haqqoniyat olamiga  uning quvvatini ruhiyatga singdirish .

10. Samovat va fikriyat – mukammal, teran fikr va tafakkur orqali samoviy, ilohiy olam darvozalarini ochmoq. Samoviy sayr, ilohiy quvvat olamida baqo abadiyati sari intilish.

11. Nuru va zikriyat - har bir harakatni ibodatga aylantirmoq. Zikr ibodati orqali qalbga ilohiy nur kiritmoq. Insonning komillik va donishmandlik darajasi bilan asliyatiga qaytishi.

12. Ruhiyat va hurriyat - mukammal ruhiyat orqali uning jaloli va jamoliga intilish. Ilohiy olamni kashf qilish. Mutlaq ozodlikka erishmoq.

13.  Jamoli Ilohiyyat - ilohiy olamda namoyon bo’lmoq. Uning  jamoliga musharraf bo’lmoq…

14. Jaloli  Haqqoniyat - alal oqibat Uning bilan birlashib ketmoq. Mutlaq ilohiyot quvvatiga erishmoq. O’n sakkiz ming olamga sayr qilmoq.

 

 

O’ZINGIZGA QAYTING ODAMLAR

 

Ibodatdan uzilgan dillar,

Sizga aytar dardim talaydir,

Inson o’z nafsiga malaydir.

Qachon qaytar inson asliga,

Moziydan bir meros nasliga.

Qolib qancha gunoh kasriga,

Uchramasmi Olloh qahriga...

 

* * * * * * * * * * * * * *

 

O’zingizga qayting odamlar,

Nafsiga qul so’zlamas tillar.

Yana qancha o’tadi yillar,

Muzlab qolmasidan ilohiy dillar.

 

* * * * * * * * * * * * * *

 

O’zingizga qayting odamlar,

Oxiratga aytib alvido.

Iymonidan kim bo’ldi judo,

O’z-o’ziga nafs bo’ldi xudo.

Mendan bordi sizga bir nido.

 

O’zingizga qayting odamlar,

Kimda tayin boru, kimda yo’q tayin.

Bul so’zimni aytdim atayin,

Ichi to’la shayton so’zlashar mayin,

Ko’zni ochib devona Mashrabdayin.

 

* * * * * * * * * * * * * *

 

O’zingizga qayting odamlar,

Yaxshini do’st tutib, yomondan qochib.

Zikru ibodatga bag’ringiz ochib,

Ilohiy nur dillarga  sochib.

 

* * * * * * * * * * * * * *

 

O’zingizga qayting odamlar,

Yuzingizdan aylanay o’zim.

Qalbingizga boylanay o’zim,

Saodat er sizga chin so’zim.

 

* * * * * * * * * * * * * *

 

 

O’zingizga qayting odamlar...

Ishqim birla ming bor yonaman...

Aning birla bitta xonaman.

Unda uxlab, unda uyg’onaman.

Foniysidan endi tonaman...

Sizga aytilmagan nolaman..

 

* * * * * * * * * * * * * *

 

O’zingizga qayting odamlar,

O’tkinchidir umr g’animat.

Kim topibdi zulmdan hurmat,

Har yumushdan vaqtingiz qimmat,

O’zingizga ko’rsatib himmat...

 

O’zingizga qayting odamlar,

Shaytonlarga shahdam tosh otib.

Ishq mayidan bir chimdim totib,

Nafsning bozorida nafsingiz sotib,

E’tiqodni dilda uyg’otib...

 

* * * * * * * * * * * * * *

 

O’zingizga qayting odamlar,

Siz yo’qsiz men o’sha yo’ldaman.

Siz saroyda men bir cho’ldaman,

Haqni suying deya ming bor aytaman.

 

 

O’zingizga  qayting odamlar...

Nafsiga qul bo’lgan tirik murda kim?!

Ilmsiz manmanlar turar turda kim.

 

Jahannam misoli yotar go’rda kim...

Anglang, go’rda kimlar, nurda kim...

 

* * * * * * * * * * * * * *

 

O’zingizga qayting odamlar,

Bir kulbam bor saroydan qimmat.

Qalbim oraziga iymonim chimmat,

Qiyosiga qilib ming himmat.

 

* * * * * * * * * * * * * *

 

O’zingizga qayting odamlar,

Ming rohat topaman zikrim sanosidan.

Ma’nolar izlayman fikrim ma’nosidan,

Kechib ketib nafsning fanosidan...

 

* * * * * * * * * * * * * *

 

O’zingizga qayting odamlar,

Egnimda choponim asli quroqdir.

Oraziga qaytmasam ming firoqdir,

Borar manzil oxir tuproqdir...

 

O’zingizga qayting odamlar,

O’zligimga nur bo’ldi Iloh...

So’zligimga dur bo’ldi Iloh...

Iymoningiz berganda Olloh...

O’zingizga qayting odamlar...

 

HIKMATLAR

 

Tafakkur bu tarbiyaga muhtoj bo’lmagan mukammal olamning o’zidir.

Komilik qalbda ko’rinsa, donishmandlik tafakkurda, mukammallik mustahkam ruhiyatdadir.

Qalb baqo darvozasini ochsa, tafakkur mavhumiyat olamidagi Haqning jamolini oydinlashtiradi, mukammal ruhiyat esa Unga singib ketadi.

Qalb manzilga eltuvchi tafakkur, Uni anglaguvchi  ruhiyat esa abadiyatga birlashuvchi manbaadir.

Mening kimligimni anglashlari shart emas. Ilmimni anglasalar kifoya. Men o’sha ilmning o’ziman.

Ibodatga chuqurroq kirib borganim  o’zimga aylanib qolganimdir.

Ibodat saroyining darvozasi hech qachon qulflanmaydi.

Inson mukammal yaratilgan mexanizm, lekin undan nafs ko’proq foydalanmoqda.

Nafs maxfiy tarzda insonning ko’zini ko’r qilib, uning qo’liga manqurtlik tayog’ini tutkazuvchi rohatbaxsh tuyg’udir.

Raqib bo’lmaganda mukammallik haqida gap bo’lmasdi. Shu bois nafsning borligidan achinmayman.

Nafs fanoviy ekan, demak inson ilohiy bo’lmog’i lozim. Nafsiga sotilganlarni  nafsning o’zi kechirmaydi. O’ziga xiyonat qilgan insonni er bilan yakson qiladi.

Inson nafsning o’rnini egallab qo’ymasligi uchun ham nafs insonni yakson qilishga hamisha qodir.

Yuzimdagi ajinlar mening qariganimni emas, Ilohga yaqinlashganimni anglatadi.

Qalb ko’zini ochmaganlar  Olloh huzuriga borganlari bilan uning jamolini ko’rolmaydilar. 

Zamin-iymon, inson-vijdon, vujud-imkon, jon-imkoniyat, qalb-mazmun, tafakkur-mohiyat, Iloh-ruhiyatdir.

Qabriston marhumlar yotgani uchun emas, qalblarda ilohiy sirlarning ochilmay ketgani uchun ham muqaddasdir.

Edik, ichdik, dunyodan o’tdik. Qanday maxluqot ekanligimizni anglamay ketdik.

Odam ato va momo havo jannatning birgina mevasini eb qo’ygan bo’lsalar, uning avlodlari  butun bir dunyoni eb qo’ydilar.

Inson o’lgandan so’ng ham olamning sirlari ochilmaydi. Aks holda hech bo’lmaganda tush orqali marhumlardan  biror bir xabar kelardi.

Marhumlik - bu tamoman yo’qlik emas yoki aksincha, borliq ham emas.

Qafas ochilmasa, qush ozodlikka chiqolmagani singari inson ham qalbini ochmasa mutlaq ozodlikka erisholmaydi.

Agar Olloh bo’lmaganda omonat olamda  qo’rquvdan o’zga hech qanday tuyg’u bo’lmasdi. Xotirjamlikning sababi Ollohning mavjudligidadir.

Foniyning nafsga daxldor rohatini boqiy jahannamidan ko’ra achchiqroq, - deb bilganlar chinakam avliyodirlar.

Mohiyat-mavjudiyat ichidagi mavhumiyatni emas, aksincha mavhumiyat ichidagi mavjudiyatni ko’rmoqdir.

 

Insonda ozuqa qabul qiluvchi oshqozon kichkina, lekin uning yuqorisida turguchi nafs istagining chegarasi ko’rinmaydi. Bu nafs maydoni dunyoviy rohat istaklari bilan shu qadar to’lib toshganki, insondagi odamiylik xislatlari bunday og’ir yukni ko’tarishga qurbi etmay, oqibat uning domiga cho’kib ketadi.

 

Bugungi insoniyat xili yo’lini yo’qotgan karvonga o’xshab qoldi. Lekin bu hali inqiroz degani emas.

Insoniyat ustidagi nafsning hukmronligi bu, insoniy tanazzulning birinchi ko’rinishidir...

YANGILANISHLAR

MAHSULOTLAR

Media-mahsulotlar pochta orqali

SAYT XARITASI

STATISTIKA