TOIFALAR

QATRON

SHOGIRDLARNING SHARXLARI

NURSAFARDIYYA
ISH FAOLIYATI

QIDIRUV

HAMKORLAR

Epidemik xastaliklar

Muallif: Nuru Sofiy tabib Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2016-02-15

Dedimki, buyuk tarixning bizga meros bo’lib kelgan musaffo olami zamonaviy nobop, epidemik unsurlarini tarqatayotgan chirkin taraqqiyotning pardasi ortida qolib ketdi. Buyuk va musaffo tarix bizdan borgan sari uzoqlashib, taraqqiyotning qora tutunlari orasiga g’oyib bo’lib ketayotgan insoniyat kelajak olamiga o’zining qop-qora basharasi bilan chiqib borishiga asos bo’lmoqda. Ana shu qora tutunlar asoratida Ollohning bergan umrini o’tab tafakkuran informatsion manbalarini uyg’otishga ulgurmagan begunoh insonlar turli xildagi epidemik, zamonaviy kashfiyotlar zamiridan chiqib kelgan o’lim xastaliklari ta’sirida olamdan ko’z yummoqdalar. Aniq ayta olamanki, insoniyat xili hali bunaqa nobop tutunli taraqqiyotga tayyor emasdi.

Olam miqiyosida suzayotgan taraqqiyotning qora tutunlari o’zligini anglashga ulgurmagan insoniyat xilini tafakkur sandiqchalarini zaharlamoqda.

Ishoning, inson vujudida paydo bo’lguchi kasallikning birinchi namoyon bo’lishi, bu avvalo, ruhiy falajlikka bog’liq. Musaffolikka putur etishi, bu avvalo insoniyatning ruhiyatiga ta’sir qiladi.

Musaffolik nima?

Musaffolikning bir necha turi mavjud. Shu o’rinda biz ana shu musaffolikka putur etkazayotgan nuqsonlar haqida eslatib o’tamiz.

 

Ob-havo musaffoligi nuqsonlari.

Ma’lumki, olam miqiyosidagi texnokratik taraqqiyotning nobop kashfiyotlari insoniyatning musaffo havosini bulg’ab uning kelajagini yo’qqa chiqarmoqda.

Paydo bo’layotgan yangidan yangi turli epidemik xastaliklarning urchib ketishi aynan shu jarayon bilan bog’liq.

Jamiyat musaffoligi nuqsonlari.

Millatlar orasida o’zining yakkahokimligini o’rnatmoqchi bo’lgan ommaviy madaniyat epidemiyasi ruhiy xastalik tarzida ommaga yoyilmoqda...

Tafakkur musaffoligi nuqsonlari.

Insoniyat asliyatdan yiroqlashib o’zlik tushunchalarini unutmoqda va dunyoviy taraqqiyot ortidan bunyod etilgan texnokratik jarayonlarga bog’lanib qolishi, ilmdan yiroqlashib ketishi oqibati bilan manqurtlik sindromining paydo bo’lishiga asos yaratmoqda.

Aqliy musaffolik nuqsonlari.

Insoniyat orasidagi turli xil insoniy xislatlarga begona bo’lgan udumlarning paydo bo’lishi bilan bog’liq. Narkomaniya, buzg’unchilik, ichkilikbozlik, maishatbozlik, manmanlik, boylik nafsi, tushkunlik, odam savdosi, qullik sindromi.

Insoniyatning taraqqiyot olamidagi bugungi ko’rinishi deyarli shunday.

Bundan ortiq ijobiy baho bermoqqa asoslarimiz yo’q.

Bugungi insoniyat xiliga nima bo’ldi? Tan olmoq kerakki, zamonaviy texnokratik taraqqiyot ma’lum ma’noda insonlarni Tangridan yiroqlashtirdi.

Uning o’z o’rnida zaharli va vaqtini o’g’irlovchi ko’plab hunarlari inson bilan uning tafakkuri orasida qalin parda tortib qo’ydi.

Ana shu pardaning temir niqobga aylanishi oqibati bilan insoniyat manqurtlik sindromiga duchor bo’lib o’zligini unutmoqda.

Buning oqibatida insoniyat o’ziga zaharli bo’lgan turli xil vositalardan ko’r-ko’rona foydalanib kelajakda og’ir xastaliklarni paydo qiluvchi virusli epidemik mudroq xastaliklarning uyg’onib qolishidan bexabar qolmoqdalar.

Ana shu sabab bilan ham biz insoniyat oldida yorqin kelajakni ko’ra olmayapmiz...

Xo’sh, yorqin kelajakka qora parda tortayotgan asosiy salbiy holatlar nimalardan iborat?

Ularning ba’zi bir turlariga quyida izoh berib o’tamiz.

 

1. Axborot epidemiyasi

Insoniyat borgan sari internet atalmish axborot turiga ilinib qolgani boisi bilan uning tafakkurida ilohiy informatsion manbalarning barham topishiga sabab bo’lib ular asosiy vaqtlarini behuda sarflamoqdalar. Turli yolg’on axborot manbalariga ishonib hayotlarini xavf ostiga qo’yadilar.

Asosiy vaqtlarini kompyuter oldida o’tkazadigan bekorchi, dunyoning ishqiga bog’lanib qolgan fanatizm kelajakchilari o’zlarini nurlanib qolayotganliklarini, tafakkurlari manqurtlik sindromiga chalinib borayotganini anglamaydilar va shu sabab bilan ruhiy tushkunlik ortidan bedavo xastaliklarga chalinadilar.

 

2. Ommaviy madaniyat epidemiyasi

Olam miqiyosida tarqalayotgan qora tutunlarning xavfli ko’rinishlaridan biri...

Ommaviy madaniyat degani ham xastalikning eng xavfli turidan biridir. Bu xastalikka chalingan inson avvalo o’zligidan ayriladi. O’z madaniyati ma’naviyatiga bepisand qarab o’ziga yot bo’lgan o’zga madaniyatni odat qiladi. Millatini yo’qotib qo’yadi. Bu holat chin ma’noda ruhiy xastalikdir. Chunki ruhan sog’lom inson hech qachon o’z milliy urf-odatlari madaniyatidan kechib o’zga madaniyatlar oqimiga kirib ketmaydi. Millatparvarlik, vatanparvarlik ruhida ulg’aygan farzand sog’lomdir.

 

3. Ximiyaviy dori-darmonlar epidemiyasi

Tarixiy sof musaffolik zamonaviy texnokratik taraqqiyot davrida parda ortida qolib ketdi.

Ollohning yaratib qo’ygan mo’’jizalari, go’zallikka burkangan osmono’par tog’lari bag’rida quyoshning ultrabinafsha nurlariga to’yingan sof o’t-giyohlari unutilgan holda insoniyat vujudida yangidan yangi paydo bo’layotgan xastaliklari davosiga ximiyaviy dori-darmonlar qurolini to’g’irlab qo’ydilar.

Bir kasallikni yo’q qilib ulgurmagan kimyoviy dori-darmonlarning ta’siri ikkinchi bir kasallikni qo’zg’ashga asos tug’dirmoqda.

Vujudda shunday kasalliklar turi borki, u inson tanasida insonning o’lguniga qadar yashab yuraveradi. Aynan shu kasalliklarning borligi bilan insonda immun tizimi hamisha uyg’oq va ularni qo’zg’alishiga yo’l bermaydi.

Bugungi insoniyat xili birinchidan ekologik muhitning buzilishidan, ikkinchi holatda aynan kimyoviy dori-darmonlar ta’siri bilan o’zidagi immun tizimini susaytirib qo’ydi. Va shuning oqibati bilan turli xil kasalliklar domiga tushib qolmoqda.

Zamonaviy o’ta og’ir xastaliklarning paydo bo’lishining sababi ham insondagi o’sha immun tizimini falaj holatga keltirib qo’yilgani bilan bog’liqdir.

 

4. Odam savdosi epidemiyasi

Ruhiy xastalikning eng og’ir kqrinishi. Insonning inson tomonidan sotilishi, qullikka undashi bu insoniyatga xos bo’lmagan ayanchli holatdir. Ayniqsa, bu holat bir millatda yashab o’z millatdoshini, vatandoshini pul evaziga qullikka giriftor qilishi holatini kechirib bo’lmaydi. Ruhan xasta bunday insonlar o’zliklari anglamaydilar. O’z millatiga, vataniga xiyonat qilayotganliklarini tushunmaydilar. Nafs ortida, hatto o’z yaqinlarini pullashdan toymaydilar. Tasavvur qiling, hatto hayvon ham o’z to’dasini o’zga to’dalardan himoya qiladi. Agarkim, bir millatda, bir vatanda yashab o’z millatdoshiga qullik azobini ravo ko’rib boylik orttirish ilinjiga tushibdimi, uni hayvonga ham tenglab o’tirish ahmoqlikdir.

Ularning odam bo’lishi u yoqda tursin, hayvon bo’lishlariga ko’p vaqt kerak bo’ladi.

 

5. Qullik epidemiyasi

Texnokratik taraqqiyotning o’ta rivojlanishi oqibatidan paydo bo’lgan xastalikning yangi ko’rinishi. Insoniyat o’zligidan ayrilib o’zini anglamasa, to’la-to’kis nafs girdobiga tushib qoladi. Unda Ollohning sabri, matonati bo’lmaydi. Tafakkuran manqurtlik sindromi bilan o’zini o’zi qo’llarini kishanga tutib beradi. Unda na vatan sha’ni va na millat ori mavjud. O’zining nafsi evaziga o’z millati sha’nini bulg’ab qo’yayotganini anglamaydi. O’z vatanining noniga toqat qilmay o’zga yurtning qulligini ixtiyor etgan inson chin ma’noda manqurtdir. Keling, halol mehnat bilan pul topsa o’zlari o’ylaganchalik uyat emasdir. Lekin vatan sha’niga loy chaplab, erkinlik nasibasiga tupurgan holda o’zga oqimlar, o’zga madaniyatlar ta’sirida o’z yurtiga g’araz niyatlarda kirib kelayotgan insonlarning tafakkuran falaj, ruhan xasta emasliklariga kim kafolat bera oladi.

 

6. Nafs epidemiyasi

Bu olamning o’tkinchi bir xilqat ekanligini anglamagan insonlarning ruhiy xastaligining og’ir ko’rinishi. Insonni avvalo Tangridan yiroqlashtirib uning qalbiga parda tortib o’zligidan mosuvo aylab ma’naviy ko’r qilguchi, bu nafsdir. Nafs ortidan orttirilgan boylik inson ruhiyatini zaharlaydi. Manmanlik, Ollohning oddiy bandalariga bepisand qarash uning doimiy odati tusiga kiradi. Ular qo’lning kiri bo’lgan pulning ortidan shunchalik keriladilar.

Inson pulga emas, o’ziga ishonmog’i lozimdir. Inson tafakkuriga ishonmog’i lozimdir. Ilmiga ishonmog’i lozimdir. Odamiyligiga ishonmog’i lozimdir.

Tangridan yiroq ketib qog’ozga sig’ingan inson manqurtdir. Tangriga yaqin turib qog’ozni qadrlagan inson barokatlidir. Nafs aslida insonni qalbini ko’r qilguchi unsurdir. Nafsning makri shundayki, u avvalo tafakkur olamiga parda tortib insonni manqurtlashtiradi. Odamiylikdan mosuvo qiladi. Shuning oqibatida inson olamning o’tkinchiligini anglamay qoladi. Umrining oxirigacha nafsi uchun kurashadi. Etti pushtiga yotadigan boyligi bo’lsada yana yo’lida davom etadi. Tangri ibodatida vaqt topolmaydi.

Bu holat manqurtlikning, hayvoniy xislatning eng yorqin ko’rinishi, davolab bo’lmaydigan ruhiy xastalikning bedavo sindromidir.

 

7. Manqurtlik epidemiyasi...

Nafs ortida paydo bo’lguchi inson ruhiyatidagi eng xavfli ruhiy xastalik. U misoli robortdir. Nafsning aytganini bajaradigan, nafs izmidan chiqolmaydigan, o’zligidan tamoman ayrilgan ,aqliy salohiyati ishdan chiqqan, odamiylik xislatlaridan mosuvo odam.

Manqurtlik - ma’naviy ko’rlikka duchor, hayvoniy xislatlar shakllangan ruhiyatning o’lik ko’rinishi.

Hech qanday ilmiy axborotlarni qabul qilolmaydigan, odamiylik xislatlariga begona nafsning ashaddiy quli bo’lgan kishi. Ba’zi insonlarning ilmdan yiroqlashib ketishi oqibati bilan ham manqurtlik sindromi ro’y beradi. Kechirasiz-u, o’qimagan insonning hayvondan nechog’li farqi bor. Faqat nafs ilinji bilan yashayotgan inson odamiylik xislatlaridan mosuvo emasmi?

Inson ilm bilan insondir. Tangrini anglashi bilan, unga e’tiqod qilishi bilan insondir.

 

8. Og’ir xastaliklar epidemiyasi

Qancha inson spidga chalindi. Qanchasi bunday bedavo og’ir xastalik epidemiyasini o’zida tashib o’zgalarga yuqtirmoqda.

Spid bu butun insoniyatning qirilib ketishiga qaratilgan o’lim xastaligining eng xavfli turidan biriga aylanib qoldi.

Insoniyatda immun tizimi yo’qolib bormoqda. Bu holat insoniyatning yo’q bo’lib ketishi bilan tengdir. Sekin astalik bilan urchib ketayotgan o’lim xastaligi yigirmanchi asrning fojeali kashfiyotlaridan biriga aylandi. Bu holatning darajasi insoniyatning o’zini o’zi jazolashi, o’zini o’zi yo’q qilishiga teng bo’lmoqda.

Nega?

Birinchidan, insoniyat Xudoni unutdi.

Ikkinchidan, tafakkur manbalari muzlatilib ilohiy xabarlarning erga kelishi to’xtadi.

Uchinchidan, texnokratik taraqqiyotning qora tutunlari musaffo havoni bulg’adi.

To’rtinchidan, manqurtlik sindromi oqibatidan tafakkur muzlatilgach inson hujayrasida ilohiy mexanizmlarning ishlamagani oqibati bilan immun tizimi kurashuvchanlik qobiliyatini yo’qotdi.

Spidni kelib chiqishini qora qit’aga qiyoslaymiz. Kechirasiz-u, agar inson vujudida mustahkam immun tizimi bo’lmasa qizil qit’ada paydo bo’lgan xastalikka ham chalinaverish mumkin.

Keling, xastalikning og’ir bunday ko’rinishi qora qit’ada paydo bo’ldi, deylik. Nega u olam miqiyosida tarqalib ketdi?

Chunki qora qit’adagilardan ko’ra oq qit’alarning immun tizimi ularnikidan pastroqqa tushib ketgandi. Shuning boisi bilan bunday xastalik turi yashin tezligida butun olam yuzini o’z turi bilan qoplab oldi.

Bu olamda spiddanda dahshatli kasalliklar turi bo’lgan bo’lishi mumkin. Tarixda insonlar vabodan tashqari dahshatli kasalliklar turini bilmaganlar. Vaboning kelib chiqishi ham qirg’inbarot urushlar ortidan paydo bo’lgan epidemik xastalikdir.

Musaffo tarixning musaffoligi insonlarning olamda chegarasi bo’lmagan xastaliklarning chetlab o’tishining asosiy sababi, ularning immun tizimining kuchli holatda saqlab qolganlaridir.

Bugungi zamon texnokratik qora tutunlar insoniyatning nafaqat qonida, balkim qon ichidagi hujayralar ichigacha kirib bordi.

Shu o’rinda immun tizimining mustahkamligi haqida gapirish mumkinmi?

Kimyoviy dori-darmonlar insoniyatning nafaqat vujudan xastaligini ko’paytirmoqda, balkim uning ruhiyatida ruhiy kasalliklar turlariga zamin yaratmoqda.

Texnokratik taraqqiyot ortidan yugurgan insoniyat ilohiy manbalardan mosuvo bo’ldi va shuning sababi bilan ularning immun tizimining falaj holatga kelib qolishi oqibati ro’y berdi.

 

9. Norozilik epidemiyasi

Bunday ruhiy xastalik turi ko’pdan buyon kuzatiladi.

Inson kundalik hayotidan norozi, jamiyatdan norozi. Dunyodan norozi. Turmushidan norozi.

Lekin hech qachon o’zidan norozi emas.

Norozilikning sababini o’zidan axtarmaydi. Go’yo, uning uchun hamma narsa muhayyo bo’lishi kerak.

Turmushning barakali bo’lishi, jamiyatning farovon bo’lishi, o’zining odamiylik xislatlariga e’tibor berishi haqida qayg’urmagan inson nimadan norozi?

Inson jamiyat yoxud dunyoga nisbatan norozilik kayfiyatidan kechib o’ziga nisbatan norozilik hissini qachon tuyadi?

O’z-o’zidan, o’zining noshudligidan, manqurtligidan, hasadgo’yligidan yoxud manmanligidan norozi bo’lib qachon o’ziga qarshi o’zi kurashib odamiylik xislatlarini namoyon qiladi?

Olamga teran nigohlar bilan qaray olmagan tafakkuran sust insonlarning norozilik kayfiyati oxir-oqibat tajovuzkorlik sindromini vujudga keltiradi.

Ular aybni o’zlaridan emas, jamiyatdan axtaradilar. O’zlaridagi ko’r-ko’rona manmanlik, ko’rolmaslik, hasad tuyg’ulari kabi ruhiy xastaliklarini anglamagan holatda norozilik kayfiyatida yuradilar, jamiyatni buzishga urinadilar.

O’z noroziliklarini o’zgalarga yoyadilar, o’zgalarga ham o’z ruhiy xastaliklarini yuqtiradilar.

 

10. E’tiqodsizlik epidemiyasi

Nafsning eng yuqori ko’rinishida namoyon bo’ladigan og’ir ruhiy xastalik turi. Dunyoviy nafs uni shu qadar domiga tortib ketadiki, oxir-oqibat inson manqurtlik xastaligi bilan Yaratgan egasini unutadi. Unutilgan Zotga e’tiqod qilish tushunchalari, ibodat nashidalari o’z kuchini yo’qotadi.

Shu o’rinda ruhiyat ham, yashab turgan vujud ham tamoman nafsga aylanadi.

Bu holat hayvoniy xislatdan o’zga narsa emas. Manqurtlikning ko’rinishi shundayki, masalan bir inson boylikda yuqoriga ko’tarilsa Olloh yo’lida e’tiqod qilib turgan inson o’z ibodatini unutib, men undan ziyoda bo’lishim kerak, qabilida boylik ortidan quvib ketishi mumkin. Ibodatda yurib, keyinchalik boylik ortidan quvib ketganlar yo’q emas.

Nega?

Chunki zamona zayli o’z falsafasiga yangi qonuniyatlarni kiritdi. Insonning qadri pul, boylik bilan o’lchanadigan eng yuqori darajadagi ruhiy xastalik turi paydo bo’ldi.

Insonlarning ilm bilan qiziqishlari susaygan, boylik ortidan quvib manmanlik qiladigan zamonlari keldi. Bu holat insoniyatning insoniy taraqqiyotini bir necha asrga ortga surib yuborishiga asosiy rolni o’ynamoqda...

Bu holat insoniy inqirozdan o’zga narsa emas.

 

11. Soxtalik epidemiyasi

Insonning soxta insonga aylanishi sindromi.

Kechirasiz, o’tkinchi olamning mohiyatini pul, boylik bilan o’lchashning o’zi ruhiyatan xastalikni anglatadi. Dunyoning boyligi ortidan manmanlik qilib omonat olamdan najot kutgan insonning insonligi soxtadir.

O’z o’rnida barchaning ana shu soxtalikka intilib yashashi insoniyat fojeasidir.

Mehr-oqibat, saxovatni, adolatni bilmagan, boyligi bilan manmanlik qilib o’zgalarni nazar pisand qilmagan, butun umrini boylik yig’ishga sarflab Tangrining ibodati uchun bir siqim vaqt topa olmagan inson soxta inson bo’lmay nima?

Tan olamizki, hozirgi zamonning har bir kishisi boylikka intilib yashaydi. Boy insonning obro’si baland. Kamtarona yashab o’z e’tiqodi bilan Tangriga ibodat qilib yurgan insonning qadri yo’qolgan. Nazardan chetda qolib ketgan.

Insonlarning insoniylik tuyg’ularini yo’qotib nafsning quliga aylanishi va o’zgalarga manmanliklari bilan o’rnak bo’lgan holda o’zgalarni ham hayoti va qadr-qimmati shundan iborat, - degan xulosa bilan o’zlariday bo’lishga undashlari oqibati bilan inson tafakkurini yo’qqa chiqarayotgan soxtalik epidemiyasi yangi ruhiy xastalik sifatida paydo bo’ldi.

 

12. Duo epidemiyasi...

Tarixda insonlar bir-birlari bilan urushganlar. Kurashuv jarayoni insonning vujudiga zarar etkazib, ular g’oliblik va mag’lubiyat orasida umr kechirganlar. Vujud yarasi tezda bituvchi yoxud biror bir asoratini tanada qoldirishi mumkin. Hozirgi zamon insonlari bir-birlariga bilan urishib o’tirmaydilar. Manmanlik, ko’rolmaslik, hasad vajidan orqavarotdan sezdirmagan tarzda zarba beradilar. Ana shu holat, duo epidemiyasiga aylanib ulgurdi. Insonlar bir-birlarini duo orqali ruhiyatlariga salbiy ta’sir o’tkazib ko’p holatlarda xonavayron bo’lmoqdalar. Qasos olish, ko’rolmaslik, zarar etkazish, hatto yo’q qilish ilinjida joduchilar, folbinlar va ba’dduo qiluvchilar (chyornaya magiya) ga hisobsiz pullarini sarf qilib o’z maqsadiga erishishga harakat qilmoqdalar. Lekin shuni anglamayaptilarki, bu jirkanch hatti-harakatlari bilan o’zlariga, bola-chaqalariga, kelajakda dunyoga keladigan nasliga ziyon etkazayotganini fahmlashmayapti. Eng og’ir hodisa ushbu salbiy informatsiyani yaratish jamiyat, oila va qolaversa dunyo miqiyosida insonlar ongiga salbiy ta’sir qiluvchi axborotning yaratilishiga sababchi bo’lib, hozirgi ko’rinishdagi terrorizm, iqtisodiy tushkunlik, ko’chasi berk holatlarga kirib qolishga asosiy omil bo’layotganligini insoniyat hali o’ylab ham ko’rgani yo’q. Ming afsus...   

 

13. Ilmsizlik epidemiyasi

Texnokratik taraqqiyot bilan bog’liq manqurtlik sindromi.

 Insonlar taraqqiyotga ishondilar. Buyuk ajdodlar ilmu irfonlari peshtaxtalarda chang bosib qoldi. Tarixni unutdilar, moziyni chetga surdilar. Ular dunyoviy nafsga asoslangan dunyoviy taraqqiyotning ortidan quvib ketdilar.

Insonlar o’zlariga bo’lgan ishonchni yo’qotdilar.

Taraqqiyot mevalaridan ozuqa olish evaziga ilmdan yiroq ketdilar. Buning oqibatida ilmsizlik sindromining yangicha ko’rinishi paydo bo’ldi. Bu holat ruhiy xastalikka chalingan tafakkuran falaj insonlarda kuzatiladi.

Uyi hashamatli bo’lsa, tagida qator mashinalar... Ilm kimga kerak. Bu jannatda yashab qolish kerak. Qolgani bir gap bo’lar. Internet, telefon, ommaviy madaniyat, mashina, turli xil o’yinlar, maishatbozlik, ichkilikbozlik, kerak bo’lsa narkomaniya, pul ortidan quvish, o’zgalarga o’zini ko’rsatib qo’yish.

Ibodatga, Tangrini fikr qilishga, zikr qilishga bir siqim vaqt yo’q. Tangriga shukr qilishga bir siqim vaqt yo’q. Hammasini o’zi topgan, o’zi yaratgan, o’zi kashf qilgan. Borliq unutilgan . O’zidan o’zgasini ko’ziga ko’rinmaydi. Qalbi muhrlangan. Tafakkuri muzlatilgan.

Ilmsizlik sindromi insonning insoniy qiyofasini yo’qotadi. Ruhiy xastalik oqibatiga olib keladi.

Tan olamiz, texnokratik taraqqiyot ortidan birinchi navbatda Ollohning haqiqatini unutmoqdalar.

Ikkinchi navbatda, tafakkuran falajlik sindromiga yo’liqmoqdalar.

Uchinchidan, insoniylik qiyofalarini yo’qotmoqdalar.

Bunday ruhiy xastalik turi tobora keng quloch yoyib insoniyatni tanazzul ostonasiga boshlab ketmayaptimi?

Fikr qilib ko’ring qadrdon…

YANGILANISHLAR

MAHSULOTLAR

Media-mahsulotlar pochta orqali

SAYT XARITASI

STATISTIKA