TOIFALAR

QATRON

SHOGIRDLARNING SHARXLARI

NURSAFARDIYYA
ISH FAOLIYATI

QIDIRUV

HAMKORLAR

Men vatanni sevaman

Muallif: --

Joylashtirish vaqti: 2015-03-03

Xotirjamlik bormi tinchlikdan o’zga,
Surtib yasha vatan tuprog’in ko’zga.
Bunday jannatmakon qaerda bordir,
Kimlar tinchlik degan totuvga zordir.
Har qarichi ulug’ tuprog’im,
Bunda millat yashar ko’zi qarog’im.
Mardligim matonatim qalbda yarog’im, 
Faxr tuyg’usidir bunda yurmog’im.
Ko’ksimni tik tutib mardday turmog’im,
Iymondir vatan uchun mardday o’lmog’im.
Vatan nadir kindik qonimdir,
Vatan bu vijdonimdir.

Ey farzand, dedimki vatan har narsadan ulug’dir. Bunda millating yashar, xalqing, el ulusing yashar. Vatan bu har qarichi oltinga teng bebaho maskan, javohir diyordir. Sening vatan qadriga etmoq tuyg’ularingni rivoj topishi uchun avvalo qalbing qarog’ini poklamog’ing ishtiyoqi muhim o’rinda turur. Anglagilki, qalbida iymoni bor inson avvalo vatan ishqida yashar. Vatanda yashar, kamol topar, mukammallik tuyg’ulari, ilm chashmalari ila qonib keyingina o’ziga ma’qul bir kasbni tutar. Sening avvali kasbing nadur desalar degilki, hayot ostonasidagi birinchi kasb bu odamgarchilikdir, insoniylikdir. Agarkim, sen hayotda avvalo insoniylik kasbini egallab uning tuyg’ulariga amal qilmasang, umring behuda ketibdir. Insoniylik nadir desalar, degilki, insoniylik avvalo pok qalb bo’lsa keyingisi mardlikdir. Pok qalbda ezgulik tuyg’ulari bo’lsa, mardlikda hikmat ko’pdir. Mard inson hamisha vatan, millat, el, xalq himoyasida turadi. Insoniylik, odamiylik tuyg’ulari insonning birinchi kasbi bo’lmog’i lozim. Bu kasbni egallagan har bir inson hayotda o’ziga to’g’ri yo’l tanlash qobiliyatiga ega bo’lur. Mardlikni o’rgan, matonatni o’rgan, saxovatni, saxiylikni, mehr-oqibat ko’rgazishni o’rgan. Hamisha vatan himoyasida, millat himoyasida turgin. Bu olamning sinovlari ichra sinoatlari bisyordir. Sen bu sinovlar osha hayot yo’lingda o’zingni yo’qotma. O’zligini anglagan inson o’zini yo’qotmas. Qiyinchiliklar seni tarbiyalaydi. Oq qorani ajratasan. Engil hayotni orzu qilma. Inson mashaqqat bilan mukammallikka erishur. G’iybatlardan yiroq yurgil. Yomonga qo’shilma, yaxshidan ayrilma. Donishmandlar so’zlariga kulok tut. Ularning ilmidan bahra olgin. Ilm sening hayot yo’lingni charog’on qiladi. Ilmli inson ulug’dir. Yaxshilikni odat qil, yomonlikdan yuz o’girgil. Birovga hasad qilma. Havas qil, toki Tangri senga ham uning darajasida ilm bersin. Ilm ummoni tubsizdir. Sen bu ummonning tubiga tushsang ulug’vorlik javohirlarini terasan. Ilm bu tuganmas xazinadir.

Olamga nazar sol. Insoniyat qaltis zamonda yashamoqda. Bu zamonning  urushlari, ig’volari, jangu jadallari  insoniyat yostig’ini quritmoqda. Tinchlikning qadriga etmoq fursati etdi. Jannatmakon bu o’lkaning osoyishta hayotiga ko’z tikkanlar qancha. Vatanga mardlar kerak, jasurlar kerak. Vatanni himoya etmoq sening muqaddas burching bo’lsin.

YANGILANISHLAR

MAHSULOTLAR

Media-mahsulotlar pochta orqali

SAYT XARITASI

STATISTIKA