TOIFALAR

QATRON

SHOGIRDLARNING SHARXLARI

NURSAFARDIYYA
ISH FAOLIYATI

QIDIRUV

HAMKORLAR

Ilohiy ilimni to’xtatib bo’lmas yohud oxiriga etqazilmagan ta’limot

Muallif: So’fiy tabib Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2015-01-22

Tariqat ilmiga yuksak e’tibor berib buyuklar qadamjolarini obod qilgan hurmatli yurtdoshlarimiz haqqiga duo qilamiz.

Bismillahir rohmanir rohiym...

Qadrdonim, siz anglamog’ingiz lozimki, so’fiylik ilmi ilohiy olamning eng yuqori darajasida turur. Bu yo’l mukarram va muborak, martabasi ulug’ insonlarning yo’lidir. Bu yo’l dunyo doirasidan chiqib ilohiy olamning asl saltanatida qalbi qa’ridan tortib tafakkuri chashmasigacha nafsi pardasini ko’tarib, o’tkinchi dunyoning  oltinu-javohirini tuproqqa teng bilgan tabarruk zotlarning yo’lidir. Dedimki, mening tug’ilmog’im va o’lmog’im orasidagi hayot Tangri bilan bog’liq bo’lmasa har bir olgan nafasim behuda va samarasizdir. Men o’tkinchi dunyoning har bir daqiqasida Tangri nomini zikr etmog’im vazifasini o’zimga sharaf bilganim tufayli ham o’zlikni anglash yo’lida mukammallik saltanati tomon qadam tashladim va men uning ostonasida ortimga nazar tashlaganim hamono biz yashab turgan dunyoning naqadar omonatligini angladim. Men mana shu manzilning o’zidayoq ruhan samoga ko’tarilib ona zaminning quyosh atrofida samo vaqti oralig’ida turib bor yo’g’i ellik marta aylanganini kuzatib ortimga qaytar ekanman, haligina tug’ilgan go’dak ellik yoshga kirib yuzlariga ajin tushibdi. Ko’zlaridan nur qochibdi, dunyo tashvishi holdan toydirib, vujudiga xastalik oralabdi. Nahotki, umr shu qadar tez o’tar. To’rt kunlik olamda yashab nima topdik o’zi? Men insonlarning yuzidagi horg’inlik alomatlariga nazar tashlab, dunyo tashvishlariga o’ralashib, yashirin xastaliklar ichra kezib yurgan, boylik ilinjida bir-biriga xiyonat qilgan, haqiqatning yuziga parda tortib, o’zini haqiqat yo’lidaman, deydigan insonlarning turish- turmushiga achinaman. Nahotki, o’tkinchi dunyoning mohiyati nafsdan iborat bo’lsa? Men ham to’rt kunlik dunyoning bir omonatiman. O’limi muqarrar bu olamda yashayotganimdan achinmayman. Chunki mening bu olamda yo’qotadigan hech vaqom yo’qdir. Mening topganim hech qachon yo’qolmaydigan, hech kim unga teng kelolmaydigan buyuk va qudratli zotdir. Mening to’rt kunlik dunyoda topganim Tangridir. Agarkim, kimki meni dunyoviy boylikda tengsiz deb hisoblasa ham men uchun bu boylikning tuproq bilan qadri tengdir. Va anglamoq lozimki, Tangri yo’lida turgan insonning saxovat uchun, ilm uchun sarf qilinadigan ne’matiga ko’z olaytirgan manqurtlarning, illo, kosasi oqarmagay. Inson degani birovning boyligi ortidan emas, Tangrining saxovati bilan yashamog’i lozim. Insondan talab qilinadigan yagona istak bu halol mehnatdir. Sochining har bir tukigacha boylikka ko’milgan nafsi qattol amaldorning yana boylik istagani uning insoniylik qiyofasidan chiqib ketganidan darak  beradi. Men o’tkinchi olamning bunday manqurt qiyofalari bilan ro’baro’ kelishni, illo, hech qachon istamagan bo’lardim.

Birinchi haqiqat... Komillik maktabi mashaqqatlari. 

Men Nursafardiyya mukammallik tariqatiga asos solishimdan maqsad avvalo ota-onasiz, yarim etim, yoxud boquvchisini yo’qotgan bolalarga homiylik qilishim edi. Buning uchun kamina ruhiyatan barkamol, jismonan sog’lom o’g’il-qizlarni jamiyatimizda o’z o’rinlarini topishlari uchun saxovat yo’lida turib mukammal bir maktab inshooti barpo etdim. Sakson o’rinli yotoqxona, keng sportzal, sport uskunalari, mashq maydonchalari, kutubxona, hammom, oshxona xullas, neki sharoit bo’lsa muhayyo qildim. Qisqa muddatda maktabimizda tarbiya oluvchilarning soni yuzdan oshib ketdi. Ularni uch mahal ovqat va kiyim-kechak bilan ta’minlashning o’zi bo’lmasdi. Men bu borada hukumatimizdan yordam so’rasam bo’lardi. Kamina mashaqqat yo’lida hech kimni bezovta qilmay tabobat yo’lida tushgan mablag’ni bolalarga sarflay boshladik. Ba’zi ota-onalar tarbiyasi og’ir bolalarini olib kelib berishardi. Kamina farzandlar tarbiyasi yo’lida ko’p zahmatlar chekdim. Lekin bizning saxovat yo’lida turganimiz ba’zilarga yoqmadi… Go’yoki bizning maktabimiz va yoyinki bizning tarbiya uslubimiz jamiyatimizga to’g’ri kelmas emish. Biz jamiyat ichida turib jamiyatimiz rivoji uchun saxovat yo’lida tursak, nega bizning kamtarona xizmatimiz jamiyatdan tashqari holatda bo’lishi kerak? Kamina ilohiy yo’lda ibodat qilib o’zimni Tangrining ixtiyoriga topshirgan insonman. Tabobat yo’lida insonlarni davolayman. Bu yo’lda topgan pulimni narigi dunyoga orqalab ketmayman. Men topgan pulimni saxovat yo’liga sarflayman. Men qasr uyda yashamayman. Bitta xona, bitta to’shagim, ibodatim, zikrim uchun bitta joynamozimdan o’zgasi men uchun ortiqcha. Mening tarbiya uslubim mukammallikdan, komillikdan o’zga narsa emas. Men tarbiyalagan shogirdlarim jamiyat uchun, davlatimiz rivoji uchun, albatta, xizmat qiladilar. Halol xizmat qiladilar. Agarkim, kimdir davlatga va yo millatga xiyonat qilibdi, u bizdan emas. Mening shogirdlarim vatan nonini eb, vatanga xiyonat qilmaydilar. Kamina insonlarni vatanparvarlik, millatparvarlik yo’lida tarbiya topishlariga baholi qudrat hissa qo’shmoqni niyat qilsamu, nega bizning komillik maktabimizni yopib qo’yadilar. Kamina ilohiyot yo’lida tursam ham hech kimni bu yo’lga olib kirib hech kimdan avliyo yasamoqchi emasman. Men ularni Tangrini anglashlarini, nafs xastaliklaridan yiroq yurib jamiyatda komil inson bo’lishlarini, vatanga sadoqat bilan xizmat qilishlarini istayman, xolos. Tariqat bu ilohiyotga bog’lik odob-axloq va komillik ilmidir.Tariqat ilmini tushinmagan ba’zi amaldorlar komillik falsafamizni qandaydir diniy oqimga yoyishlari hech bir qolipga sig’maydi. Azizlar, anglamoq lozimki, kamina Hoja Axror Valiy, Bahouddin Naqshband izdoshlaridanmiz. Nega bizning ulardek, saxovat yo’lida turishimizga to’sqinlik qilasiz. O’n yillik faoliyatimiz davomida bizdan nima yomonlik ko’rdingiz?

Men Tangridan hech qachon boylik so’ramaganman. Men Tangridan ilm so’raganman. Men Tangrini jalolidan quvvat olib, uning jamoliga musharraf bo’lishni orzu qilganman. Bu olamdan mening o’zga istagim ham tilagim ham yo’q. Agarkim, Tangrim mening ibodatimni inobatga olib menga ilm bergan bo’lsa bu ilm meniki emas, xalqnikidir. Agarkim, Tangrim menga boylik bersa bu boylik meniki emas, xalqnikidir. Mening o’tkinchi olamdagi vazifam saxovatdir. Barchaga tushunarli holatkim, saxovatni tagida kaptiva yoki mersedes mingan amaldorga qilmaydilar. Saxovatni nochorga qiladilar, beva-bechoraga, to’shakka mixlangan xastaga, ota-onasidan erta etim qolgan bolalarga qiladilar. Guvohmankim, ana shunday ba’zi to’ralar, boyliklari hisobsiz amaldorlar o’z amallarini suiste’mol qilib, yuzlariga nafs pardasini tortgancha uyalmay, netmay ilohiy  yo’lda, xalq saxovati yo’lida turgan bir insondan saxovat so’rab keladilar. Va agarkim, biz ularga saxovat qilmasak, hatto do’q-po’pisa yo’liga o’tadilar. Saxovat yo’lida qurgan maktabimizni, xalq salomatligi yo’lidagi tabobat markazlarimizni yopadilar. Komillik tariqatimizning yuziga parda tortib ilmimizni qandaydir diniy aqidaga yoyib tuhmat ortidan bizni jamiyatga, shariatga, davlatga qoralab ko’rsatadilar. Aslida ular ko’rinmas poraxo’rlar bo’lib orqavarotdan ish yuritadilarkim, ularning nafsi ammorasini, ko’zlarini boylik qoplagan pardalari ichra o’zlarini ko’rmasak ham barchasiga bizni qo’llaguchi Tangri guvohdir. Agarkim, shundoq ham boylikka ko’milgan amaldorning kuni ilohiy ilm uchun sarf qilinadigan va yoyinki, etim-esirning va yo xastaning nasibasiga qolgan bo’lsa bunday manqurt kimsa Tangrining g’azabiga duchordir, illo.

Ikkinchi haqiqat.  Bog’chasaroy mashmashasi

Kamina xalq yo’lida xizmat qilib ularning sog’liklari borasida qayg’urganim rost. Men insonlarning ruhan sog’lom, jismonan baquvvat bo’lishlarini istayman. Ba’zi insonlardagi manmanlik, hasad, ko’rolmaslik, kashandalik kabi ruhiy kasalliklardan xoli bo’lishlarini xohlardim. Vujud xastaliklariga sabab bo’luvchi ruhiy falajlik inson umrini qisqartiradi. Kamina inson qadami etmagan baland tog’lar bag’ridan hayotimni xavfga qo’yib quyoshning ul»trabinafsha nurlariga to’yingan kuchli o’t-giyohlarni terib turli xil xastaliklarni davolayman. Saratonga chalingan bir qancha bemorlarimizni hayotga qaytarganimiz haqiqat. Inson ixlos qilsa cho’pdan ham tuzaladi. Kamina kuchli o’t- giyohlarga qo’shimcha shifo duolarimni kiritaman. Shifo izlab qabulimga ko’plab bemorlar keladi. Mening tabobat markazim to’rt xonalik kvartiradan iboratdir. Tor bunday maskanga ularni sig’dirishning imkoniyati cheklangan. Shu maqsadda tashlandiq bog’chani sotib olishga qaror qilgan edik.

Toshkent shahrining turli qismlarida ma’lum vaqtgacha ijaraga olingan joylarda tabiblik qilishga to’g’ri keldi. Ijarachilar oldiniga yaxshi munosabatda bo’lib kelishgan. Narx bo’yicha o’z joylarini berib turgan bo’lsa, davolanuvchilarning ko’pligini ko’rib fikrlari buzilib yoki chiqarib yuborishga yoki ko’proq pul undirishga harakat qilganlari uchun 10 yilda 7 joyni almashtirishga to’g’ri keldi. Shunday insonlar ham uchradiki, uyini bizga ta’mirlatib bir oz vaqt o’tmay xonadonini sotish vaji bilan bizni chiqarib yuborishganlar ham bo’ldi. Lekin orqaga chekinmadim va xafa bo’lmadim. Bu voqealarni men va ular uchun Iloh tomonidan sinov darsi deb bildim.

2007 yilning aprel oyida baxtimiz chopdi. Biz bilan yaxshi munosabatda bo’lib yurgan Gulnora  Sayfulina degan ayol bizga Ivleeva ko’chasida bog’cha sotilayotganini xabar qildi va agar men ruxsat bersam o’rtadagi shaxs bo’lib bizga olib bera olishini aytdi.

Xursandligimdan ishni tezlashtirib avgust oyida u joyni oldik. Hujjatlar qo’lga tekkandan keyin ta’mirlash ishlarini boshlab yubordik. Barcha sharoitni davolanuvchi yoshlar, qariyalar va yosh bolalar darajasida yaratdik. Chet eldan yordam puli ham olgan edik.

Men haqiqat istayman. Haqiqat bu Tangrining o’zidir. Men haqiqatga erishmog’im uchun ibodat yo’liga kirganman. Mening har bir nafasim zikrdir. Mening tilimda ham dilimda ham Tangrining nomi jaranglaydi. O’tkinchi dunyodagi mening vazifam insonlar bilan samimiy muloqot va hikmat oralig’idagi suhbatdir. Men so’fiyman. Mening yo’lim tariqat yo’li. Jonini aziz bilgan inson bu yo’ldan yurolmaydi. Bu yo’l mashaqqat va riyozat yo’li.  Bu yo’lda Murshid bo’lgan sohibi ilmga har kim ham murid bo’lolmas. Men hech kimdan so’fiy yarata olmayman. Bu ilmni Tangrining o’zi istagan insoniga, istagan bandasiga beradi. Aminmanki, so’fiylik ilmi murakkab ilmdir. So’fiyni tushunish qiyinroq. Chunki u dunyo doirasidan tashqarida turadi. U dunyo havasidan kechgani tufayli ham xotirjamdir. So’fiyning ozuqasi zikrdir. Tangri deydiki, «Ozuqani havodan izlanglar, qolgan barcha ne’matlardan so’roq so’rayman». Piru ustozimiz Hoja Ahmad Yassaviyning ozuqasiz hayot kechirganlari tarixdan ma’lum. So’fiy xalqparvar, Haqparvar, hamisha saxovat yo’lida, haqiqat yo’lida turguchi, Tangri ishqi bilan yashaydigan zotdir. Kamina olamning o’tkinchiligini anglaganimdan buyon avliyolar ilmiga qiziqdim. Bu yo’l juda mashaqqatli va uning manzili saodatli ekanligini bilganim hamono taqdirimni unga topshirdim. Shu bois ham odamlar qo’rqadigan o’lim men uchun rohatga aylandi. Men o’zimga o’limni do’st bildim. Va unga sabr tiladimki, toki ilohiy yo’lda turib Tangri yo’lidagi vazifamni ado etsam. Men o’tkinchi olamda barcha singari omonatman. Omonat olamda omonatni topshirgunga qadar ilohiy yo’lda turib ilohiy ibodatim bilan mashg’ul bo’laman.  Omonat olamning omonatligini tan olmaganlar nafs quroli bilan ilohiy yo’lda turgan insonga qarshi kurashgani esa hech bir qolipga sig’maydi.

2008 yil ta’mirlash ishlari tugay boshlagan paytda qiziq va tushunarsiz “voqealar” ro’y bera boshladi. Gulnora S. vahimaga tushib qolgan edi, lekin sababini aytishdan qochar, uchrashuvlarga kelmas va umuman psixologik holati tushunarsiz bo’lib qolgan edi.

Voqealar keskinlashib salbiy tomonga ketayotganini qalban sezdim va bu erda jiddiy muammolar boshlanishi mumkinligi ayon bo’ldi.

Men omonat olamdan boylik izlamadim, ilm izladim. Men izlagan ilmning zamirida ilohiy falsafa bor. Men ana shu falsafa ichida yashashni xohlayman. Men ana shu falsafa bilan nafas olaman. Mening yo’lim tariqat. Men asos solgan tariqat insonlarni ezgulikka boshlaydi. Bu tariqat Nursafardiyya tariqatidir. Kamina insonlarni, Vatanni ko’z qorachig’idek asrashga, bir-birlariga nisbatan mehr-oqibatli bo’lishga, milliy an’analarimizni qadrlashga,saxovat yo’lida saxiy bo’lishlariga undayman. Neki ezgulik bo’lsa insonlarga tilaymanki, toki ularning qalblarida yomonlikdan asar qolmasin. Mening odamlar orasidagi vazifam faqat ezgulikdan iborat. Ilohiy yo’ldagi amaliyotim ilohiyot bilan bog’liq bo’lgani tufayli kamina insonlarni faqat dunyo tashvishlari bilan o’ralashib qolmasdan oxirat taraddudini ko’rmoq lozimligi,  ruhiy mukammallik va tafakkur tarbiyasi haqidagi maslahatlarim borasida ustozlik vazifamni sharaf deb bilaman. Taassufki, haqiqatni yuziga parda tortgan, nafsiga qul ba’zi kimsalar, mening ezgulik borasidagi sayi-harakatlarim, sof tuyg’ularimni, ilohiy yo’ldagi amaliyotlarimni qoralab chiqdilar.

Ajoyib holga keltirilgan bog’chaga qandaydir organ xodimlari kelib do’q-po’pisa qila boshlashdi. Qo’rqmaslik ruhida tarbiyalanganlim sababli ularning xabarlariga e’tibor bermay, sekinlik bilan anjom va mebellarni joylashtira boshladik.

Bunday harakatlar kimgadir juda yoqmaganligini Gulnora S. dan bildik, chunki uni sud qila boshlashdi va so’roqqa meni ham chaqirishdi. So’roqlar tartibsiz va ma’nosiz kechardi. Uni kapitan unvonidagi Baxtiyor degan xodim olib borardi. (ko’p o’tmay o’zi qamalib ketdi)

So’fiyning o’ndan to’qqiz daqiqalik hayoti ilohiyot bilan bog’lik. Qolgan bir daqiqasini omonat dunyo uchun sarflaydi. Omonat olamda vujudan mavjudligi uchun ham shunday. Ana shu bir daqiqalik hayot insonlarga ezgulik bag’ishlaydi. Qaniydi, insonlar qalb pardalarini ko’tarib o’zliklarini anglasalar. Ibodatning uchar gilamida o’tirsalar-u, ilohiy jamol sari intilsalar. Etmish ming avliyo yashab o’tgan ilohiy bu zaminda payg’ambar tug’ilmas, ammo insonlarni ezgulikka boshlovchi  rostxunlarning tug’ilmog’i haqiqatdir( Qur’oni Karimda shu haqida ma’lumot mavjud). Bizga na amal kerakdir, na mansab. Biz to’rt kunlik olamda sukut saqladik. Dunyoviy amal talashib jar solmadik. Ammo bizning sukutimiz ham kimlargadir og’ir botdi. So’fiyning to’qqiz daqiqalik hayoti  sirli va mavhumdir. U vujudan foniyda yashab tursada, ruhan ilohiyot olamida yashaydi. Inson vujudini nechog’li tarbiyalamasin, u baribir vaqt tizimi oralig’ida qariydi. Aslida mavjud vujud mavhum ko’ringan ruhiyatimizni kamolot sari yuksatirishga manbaa bo’luvchi bir asosdir. Insonga ruhiy mukammallik kerak. Chunki umr poyoniga etib vujud baribir omonatini topshiradi. Ruhiyat esa o’lmasdir. Komillikning asosida ruhiyat tarbiyasi yotadi. So’fiy ana shunday jarayonning eng yuqori darajasida turguchi shaxsdir. So’fiy har bir harakatini ibodatga aylantira oladigan mukammal shaxs bo’lgani tufayli ham uning ruhiyati ilohiy olam bilan bevosita bog’liqdir. So’fiylik yo’liga kirgan inson uchun ortga yo’l yo’qdir. Omonat olamda uning har bir bosgan qadami uchib boraveradi. Uning manzili aniq, makoni tiniqdir. U ortidan ezgulikni sochib oldinga intiladi. So’fiy o’lmasdan oldin o’lgan, qalbi zikrga to’lgan shaxsdir. Shu sabab anglamoq lozimki, biz o’z tanlagan yo’limizni dunyoviy nafsga ko’milgan ba’zi to’ralardan so’rab olganimiz yo’q. Bu yo’lni bizga Tangrining o’zi ato etgan. Biz bu yo’lni ulardan emas, Tangridan so’raganmiz. Anglashimcha, biz qaysi yo’ldan borishimizni avvalo ulardan so’rashimiz kerak ekan.

Gulnora S. mening katta jarga tushib qolganligimni va bu bog’chani hech qachon ishlata olmasligimni uqtirdi. Har gapida cho’chish va yashirin voqea borligi bilinib turardi. Soddalik qursin siyosatdan, davlat ishidan uzoqligim, jon berib xalqni sog’lom qilaman deyishim meni shunday dahshatli va ayovsiz qiyinchiliklarga duchor qildiki, faqat qo’rqmaslik va fidoiylik bu holatdan chiqara olar edi.

So’fiylikning rohati xotirjamlikda. Chunki uning manzili ma’no, makoni ma’vodir.  Uning uchun dunyo boyliklarining sariq chaqalik qimmati yo’q. Tangri bersa odamlarga beradigan, bermasa sabr qiladigan shaxsdir.Mening shu yo’lda turganimning o’zi bir baxtdir. Mening boyligim tuganmasdir. Mening boyligim zikrdir. Bunday tuganmas xazina ichra yashamoqning o’zi har qanday dunyoviy rohatdan ustundir. Angladimki, inson vujudini nafs bilan qondirgani sari uning tafakkuri tubanlashib boraveradi. Bu tubanlik uni oxir-oqibat manqurtga aylantiradi. Va u atrofdagilarni pisand qilmaydigan, dunyoni o’z qarichi bilan o’lchaydigan, go’yoki borni yo’q, yo’qni bor qiladigan soxta xudoga aylanadi. Biz ilohiy yo’lda turib ana shunday soxtalarning nishoniga to’g’ri kelgan paytlarimiz ham bo’ldi...

Aminmanki, ibodatni amal qilgan insonga qarshi kurashmoqchi bo’lgan inson Tangrining g’azabiga duchor bo’ladi. Biz Tangrini sevsak, uning nomini zikr qilib jalolidan bahra olgancha jamoliga intilsak, nechun nafsiga qul manqurtlarning qo’lida qurbon bo’lib ketishimiz kerak? Bizning qo’limizdan yomonlik kelmaydi. Yomonlik qilganlarga nisbatan yaxshilik qilamiz va yo, sukut saqlaymiz. Jazo berguchi, illo Tangridir. Bunday holatning necha bor guvohi bo’ldik. Men Tangrining quvvatini har daqiqada his qilib turaman. Bu holatni Tangrining nomini zikr qilayotib atrofimda himoya doirasining kengayib borishidan sezaman. Men Tangrining himoyasidaman. Guvoh bo’ldimki, Tangriga yaqinlashtiruvchi eng buyuk ibodat bu ZIKRdir. Men iste’mol qilgan kechki mazali taom tonggacha vujudimga rohat berishi mumkin, ortig’iga kuchini yo’qotadi. Ammo mening bir kechalik zikrimning rohati o’n yilga tatiydi. Ruhiyatim samo qadar ko’tarilib ilohiy saltanat ichra mavhumiyat olami sirlariga guvoh bo’laman. Shu sabab o’zimni baqo va fano oralig’ida turgan bir devonaga o’xshataman. Shu sabab ham o’zimni vujudan mavjudligimdan ko’ra ruhan borligimni ko’proq his qilamanki, ba’zi manqurtlarning menga otgan kamoni ruhiyatimni kesib  Tangri tomonga o’tib ketadi. Va bu o’q menga emas, Tangrining ilmiga qarshi otilgan qurol bo’lgani uchun ham ular buyuk Zotning g’azabiga duchor bo’ladilar.

Yoz fasli faqat ta’ziq ostida o’tdi. To’xtovsiz do’q-po’pisa va yashirin hatti-harakatlar bilan bizni 2008 yil noyabr oyida bog’chadan kuch bilan chiqarib tashlashdi.

Hech narsaga tushunmagan holda sababini izlay boshladim. Ular hujjat noto’g’ri qilingan, bog’cha bog’chaligicha qolishi kerak degan vajni to’xtovsiz takrorlar edilar. Xo’sh, hujjatlashtirish noto’g’ri bo’lsa bir yarim yil ta’mirlash davrida ular qaerda edilar. Nima birovning uyiga ruxsatsiz kirib olib yashash mumkinmi?

So’fiylik bu saxovatdir. So’fiy Tangri bergan ilmni donishmand sifatida xalqqa beruvchi, hikmat ulashuvchi shaxsdir. Tariqat ilmini diniy oqimga ro’kach qilish noto’g’ridir. Kamina tarixda yashab o’tgan buyuk bobokalonlarimiz Bahouddin Naqshbandiy, ruhiy ustozimiz Hoja Ahmad Yassaviy izdoshlarimiz. Islom olamida o’z o’rniga ega bo’lgan buyuklar ilmini davom ettirmoq istagida tursak, nechun bizga tosh otadilar.

Ikki qarich kafandan o’zgasiga arzimaydigan odamzot ertasidan bexabar nima istaydi. Nahotki, hayotning mazmuni faqat nafsdan iborat bo’lsa. Nafsning manzili tubanlik, makoni manqurtlikdir. Agar dunyoda neki yomonlik bo’lsa uning tomiri ana shu erdadir.

Bog’chani yo’qotganimiz, shuncha mehnat, mablag’ ketgani bilan kim hisoblashadi? Bu ham etmaganday men va mening yaqinlarim ustidan sababsiz sudlar boshlandi. Bo’htonlar yog’ilib, davolash markazlari yopila boshladi. Respublika matbuoti faqat So’fiy tabibni yomon otliqqa chiqarishga bel bog’laganday 28 ta gazeta va jurnallarda maqola chop etildi. 2009, 2010, 2011, 2012, 2013 yillari meni va markazlarni sud chopqisidan o’tqazildi. Bemorlarga mo’ljallangan dori-darmonlar tortib olinib yo’q qilindi. Rasmiy ravishda chop etilgan kitoblarni ta’qib ostiga olinib dinparastlikda, vahobiylikda va qolaversa josuslikda ayblay boshlashdi.

Pasport stoldagi, o’qigan institut va ishlagan korxonalardagi hujjatlar yo’q qilinib, bu odam chetdan kelgan “josus” degan ig’voni ilgari surdilar.

Inson ibodatni Tangri uchun emas, o’zi uchun qilmog’i lozim. Chunki buyuk Tangri bandasining ibodatiga muhtoj emas. Oxiratini obod qilmoqchi bo’lgan inson ibodat qiladi. O’z oxiratini o’ylagan insonni Tangri sevadi. Chunki Tangri yaratgan banda Tangriga shukr qilib yashaydi. Bandaning oxirati Tangrining ixtiyori bilan bog’liq. O’z oxiratini o’ylamagan inson Tangrini qanday eslasin. Nafs qurboniga aylangan bunday insonlarning amaliyoti yomonlikdan o’zga narsa emas.

Agar sizga ilm etishmasa saxovat qiling. Chunki saxovat ilmning bir bo’lagidir. Saxiylik ruhiyatni engillashtiradi, qalbingizni ravshan etadi. Anglashimcha, ilmga ochiladigan yo’l bu saxovatdir. Qalban pokiza inson saxiylikni sevadi. Pokiza qalb ilmga olib boradigan ravon yo’ldir. Dunyo ilmida o’zini shoh bilib, baqo ilmini unutganlar yutqazadilar. Bu yo’lda biz go’yo, dunyo ustunini ushlab turibman, degandek o’zlarini his qilgan shaxslarni ko’rdik...

Markazdagi oyna, devorlardagi atributlarni to’xtovsiz sindirishdi. Ish faoliyatlar olib borilishi davrida qo’rqitish maqsadida turli xil amallar o’tqazildi. Hech qanday sabab topolmay davolash markazini muhrlab qo’yishdi.

To’xtovsiz sud orqali pul jarimalari uyushtirildi va maxsus raqamlarga jo’natildi.

Shunday go’zal bog’chamizni xarobaga aylantirib, oynalarni sindirishgan, muhrlangan eshiklarni maxsus temir yordamida qayirishgan, shiftlardagi yoritgichlarni sug’urib olishgan, jihozlarni hovliga chiqarib yoqishgan va qolgan buyumlarni o’g’irlab ketishgan. Xonalardagi qog’ozlarni titkilab nimalarnidir izlashgan... Bunaqa talon-tarojlik kimga kerak bo’ldi?

Otam o’lgan dunyoda men ustun bo’larmidim, men dunyoni tark etsam, farzandim ustun bo’lmas. Fano olamining qonuni shunday. Bu qonun har bir bandaga tegishli. Qismatimiz shu ekan, dunyo talashib ne qildik. Kimdir shohona hayot istab xalqni haqidan uradi, poraxo’rlik evaziga topilgan pulni farzandi kelajagi uchun sarflaydi. Anglamoq lozimki, halol topilgan pul bilan harom yo’lda topilgan pulning er bilan osmoncha farqi bor. Siz harom yo’lda topilgan pulni farzandingizga sarf qilasiz. Unutmangki, bu pulning salbiy quvvati farzandingizni hayotini izdan chiqaradi. Siz tag’in noliysizki, bolam uchun hamma sharoitni qilib bersamu, bu noshukur giyohvand bo’lsa. Shu holatda siz aybni bolangizdan emas, o’zingizdan izlang. Sizning bolangizga edirgan luqma halolmidi? Taassufki, biz faqat mavjud borliqni ko’ramiz. Bizga ma’lum bo’lgan har bir unsurning mavhumiyatidagi ijobiy va salbiy quvvat haqida o’ylamaymiz. Anglang qadrdon, birovga bergan ozoringiz o’zingizga o’n barobar qayg’u bo’lib qaytadi.        Aslida bu olamda jonsiz narsaning o’zi yo’q. Tosh ham o’sadi, tuproq undiradi, bulut yog’diradi, suv o’stiradi, havo hayot bag’ishlaydi, siz eydigan taom vujudingizga ozuqa beradi. Xullas, mavjud narsa borki tinimsiz harakatda. Hatto o’lgan murda ham sezilarsiz  harakatlanib chiriydi. Borliqning hayoti faqat til va quloqdan iborat emas. Hayotning mazmuni hissiyotdan iborat. Agar gulda hissiyot bo’lmasa quyoshga talpinib yasharmidi? Siz erga qadagan urug’ ham yashashni istagani uchun unib chiqadi. Quyosh taftidan bahra olishga intiladi. Demak, tabiat va nabotot, hatto butun  borliqda  hissiyot, sezuvchanlik, intiluvchanlik mavjud. Ana shu hissiyotning eng yuqori darajasi Ong esa insonga butunligicha berilgan. Inson bo’lib yaralmoqning o’zi bir baxt emasmi? Bu olamda ana shunday baxtning yuziga loy chaplagan soxta insonlarning kirdikorligi nafaqat bir shaxsga, balki butun jamiyatga zarar keltirishi muqarrardir.

Ular so’fiy tabibdan uch narsani kutgan edilar. (Chunki bog’cha ta’miriga 700 mln. so’m ishlatilgan edi).

1. Chet davlatga qochib ketishini;
2. Taslim bo’lib kelishini;
3. Infarkt yoki insul»t bilan yo’q bo’lib ketishini;

“Vatan ishqida jonkuyar” shiorini o’ziga belgi qilgan inson hech qachon qochoqlik qilmasligini ular hisobga olmagan edilar.

So’fiyni taslim qilish faqat Ollohga xos, buni esa ular hech qachon bila olmaydilar.

O’zida dori-darmon, shuncha o’tib ketgan so’fiy avliyolar quvvatiga ega bo’lgan inson xasta bo’lishi faqat Iloh buyrug’i bilan ro’y berishi mumkinligini tasavvur ham qila olmaydilar.

Iforsiz gulning qadri bo’lmagandek inson insoniylikni o’rganmasa undan yaxshilik kutib bo’lmaydi. Insonning go’zalligi odob-axloqda, samimiylikda. Insoniylik tuyg’ularini sevgan insongina insoniylikka munosibdir. Zulmni ixtiyor etgan inson zulmat ichra rohat izlaydi. Saodat ixtiyor etgan inson yorug’lik ichra mashaqqat izlaydi. Balkim shuning uchun ham haqiqat uchun kurashmoq qiyindir. Mening holatim ilm yo’lida turmaganlar uchun erish tuyulishi tabiiy holdir. Shuning uchun tarixdan bu yo’lda yurganlarni darvesh, qalandar va yoyinki, devona deydilar. So’fiyning tabiati, ichki kechinmalari va ruhiy holati oddiy insonlar doirasidan, dunyo doirasidan tashqarida turgani uchun ham ularning hayot tarzi avomga g’ayri odatiy bo’lib ko’rinadi. Kamina zikrim davomida sathi samoga ruhan ko’tarilib osmon peshtoqiga ulanib ketgan zinadan ohista chiqib boraman. Zinaning o’ng tomonida payg’ambarlar va sahobalar, chap tomonida jamiki avliyolarning tizilib turganlarini ko’raman. Bu zinaning oxiri ko’rinmasdek tuyuladi, menga. Men aniq bilamanki, bu zinaning oxirida Tangrining jamoli bor. Men har galgi zikrimda bu zinadan yuqorilab boraveraman. Men manzilga etgach, mavjud vujudimni tuproqning ixtiyoriga qoldirgancha, uning huzurida hozir bo’lib ilohiy olam hukmdoriga, albatta, hisob beraman. Shu erda mening dunyoviy vazifam tugaydi. Men qoldirgan ilm va amallarimni, istasalar shogirdlarim davom ettiradilar. Aminmanki, xalqqa, jamiyatga, millatga foydasi tegadigan komillik va mukammallik falsafasi hech qachon o’lmaydi. Biz o’z zamonimizda qadr topmasak, kelgusi avlodlar, albatta qadrlagaylar. Aslida so’fiyning qismati shunday. Uni  toki o’lguncha toptaydilar, o’lgandan so’ng avliyo qilib ko’taradilar.

Va nihoyat, ular chiday olishmadi. 2013 yilning mart oyida meni 15 kunga qamashdi, markazni yopishdi.

Metro va aftobus bekatlarida “maxsus xodimlar” So’fiy tabibdan olgan o’t-giyohli davolanuvchilarni to’xtatib, ularga noqonuniy davolanish tizimida ekanliklari uchun ma’muriy ishlar qo’zg’ab 1-1,5 milliondan jarima solishib “tarbiyaviy”ishlar olib borishdi. Ularni So’fiy tabib ustidan shikoyatlar yozishga majbur qilishdilar, lekin Yaratganga ming qatla shukurlar bo’lsinki, hech bir shaxs salbiy fikrda bo’lishmadi va o’z fikrlarida qat’iy turishdi.  

Aynan oxirgi amallari katta xato edi, so’fiyni ishsiz qoldirib duo bilan shug’ullanishiga yo’l qo’yilib, ko’p narsani o’zgartirib yuborishini hisobga olishmagan edi...

Dunyoni sizga qoldirgan bo’lsam kaminadan nima istaysiz o’zi? Aminmanki, bir kun kelib siz men kabi ibodat yo’liga kirasiz, lekin ovvora bo’lmangki, men zinhor sizning odatingizga kirmasman. Siz bir kun kelib tanlagan yo’lingizdan qaytasiz, kamina zinhor qaytmasman. Siz o’ylagan to’g’ri yo’l egri bo’lib chiqishi mumkin, ammo biz tanlagan yo’l ravondir. Sobitqadamlik bilan har dam xayollik boshqa-boshqa olamdir. Biz ilohiy yo’lda sobitqadam bo’lsak, siz dunyo nafsiga sig’inib hamon har dam xayolsiz. Yo, noto’g’rimi?        Biz bitta dunyoda yashasakda, ichki olamimiz boshqa boshqa. Men ko’proq foniydan kechib baqoni o’ylasam,siz boqiyni unutib fanoga ko’proq talpinasiz. Ha, siz naqdiga o’ynaysiz. Qolgani siz uchun qorong’u. Aslida siz qorong’ulikning aynan o’zida turganingizni anglamaysiz. Atrofingizni o’tkinchi dunyoning aysh-ishrati qoplab ko’zingiz nafsdan o’zgasini ko’rolmaydi. Siz qalb atalmish muqaddas go’shani nafsning temir pardalari bilan mustahkamlab qo’yibsiz. Ilohiy nur qalbga kirmasa tafakkur manqurtlashadi. Siz o’zingiz bilmagan holatda ruhiy kasallikka chalinasiz. Manmanlik istab ko’p xatolarga yo’l qo’yasiz.

Kamina odob-axloq qoidalarini hurmat qilaman. Insonlar ruhan sog’lom, jismonan baquvvat bo’lishlarini istayman. Ulug’ millatimiz hech qachon birovdan kam bo’lmasin, milliy  an’analarimiz rivojlansin, qadriyatlarimiz o’lmasin, osmonimiz musaffo bo’lsin, deya duo qilaman. Umrimizning mazmuni ibodat ekan inshoolloh, bizning duolarimiz ijobat bo’lgay. Biz xalqimiz haqiga duo qilib, el salomatligi yo’lida zahmat chekib, milliy an’analarimiz rivojiga baholi qudrat hissa qo’shsak, nega bizning kamtarona xizmatimizga hasad ko’zi bilan qaraydilar. Savobtalab martabali insonlar tariqat ilmini qadrlab aziz avliyolar qadamjolarini obod qildilar. Kamina bunday savobli ishni yuksak qadrlayman. Shundan anglaymanki, aziz avliyolar izidan borib tariqatni rivojlantirishga yo’l bor.  Chunki tariqat donishmandlikdan o’zga hech narsa emas. Tariqat bu komillik, mukammallik, xalqqa ezgulik ulashuvchi hikmat maydonidir. Biz hikmat maydonida turib o’tkinchi dunyoning mohiyatini anglagan holda ezgulik haqidagi istaklarimizni bayon qilishimiz uchun kimdan ruxsat so’rashimiz kerak? Poraxo’r amaldordanmi, ko’zini nafs pardasi qoplagan mansabparastdanmi?

Xo’sh, shunchalik yomonlik, xo’rlik va hurmatsizlik so’fiy tabib uchun sinovmidi yoki jazomidi?

Agar sinov bo’lsa, buning uchun ular jazo olishi muqarrar. Agar jazo bo’lsa, bu kimga kerak va bu maqsad qaerga olib boradi.

Izlanishlar, yaxshi odamlarning maslahatlari va xabarlari asosida xulosa qilindiki, Ivleeva hududi hammaga ma’lum bo’lgan “Go’zalga” tegishli ekan va so’fiy tabib bilmagan holda u joyga kirib qolibdi. Demak, jazolanishi kerak, jazolanadi. Bu jazolanish unga sinov tariqasida ta’sir qildi, uni kuchaytirdi va ommaga uning va ularning kimligini ko’rsatib qo’ydi.

Ming afsuski, ko’p bemorlar davolanmay qolib ketdi.

Biz Evropa singari texnik taraqqiyotga mukkamizdan singib ketsak, tarixiy milliy an’analarimiz, buyuk  ajdodlar qoldirgan ilohiy ilmlarni unutib qo’ymaymizmi? Ularning manzillariga bormoq yo’llarini taraqqiyotning temir eshiklari bilan qulflab tashlaymizmi?  Kamina shu millat farzandiman. Oddiy inson sifatida o’zligimizni asrash, millatni qadrlash kabi tuyg’ularga hamohangman. Aslimizni unutmay naslimizni buzmaylik, milliyligimizni asraylik, tarixiy ilmiy meroslarimizni qadrlab davom ettiraylik, degim keladi. O’zlikni anglash borasida biz hikmat so’zlasak, bizning ezgulik hikmatimizga tuhmat qilayotgan kimlar?

Kimlardir amalga o’tirmog’i uchun kimgadir pora beradi. Bizga oltinu zar sochsalar ham amal istamasmiz. Dunyoviy amal bizga begona. Ilohiy ishq yo’lida turgan inson uchun amaldorlikning zarracha qiymati yo’q. Mening amalim hikmat, istagim ezgulik, shogirdlarimga ilm bermoq, bechoraga saxovat, xastaga sog’lik ulashmoqdir. Mening ana shunday rahmatga arzigulik xolis xizmatim o’rniga tuhmat qilganlar illo, Tangrining g’azabiga uchragaylar. O’n yildan oshdi, izimizni poylaydilar. Hikmatimizdan ayb axtaradilar. Xalqqa qilayotgan xizmatimizga tuhmat toshlari otadilar. Aybimiz bo’lmasa ham bizning ustimizdan ishlab, ortimizdan poylab vaqtlarini behuda sarflab, ishlayapmiz deb tag’in davlatni aldab maosh oladilar. Tangriga shukrki, xotirjamlik tinchlik zamonida yashayapmiz. Shunday ekan, martaba istab ba’zi to’ralar aybdor topilmasa aybsizdan ayb qidirish yo’lini tanlagan ko’rinadi. Axir ishlash kerakku. Tuhmat yo’li bilan bo’lsa ishlash kerak.  Odamlarni unga qarshi qo’yib gij-gijlash, xullas qanday yo’l bo’lmasin nomini qoralash orqali birovni pok tuyg’ularini badnom qilish kimga kerak bo’lib qoldi.

Kichik bo’lmagan shaxslar mening bu vatandan tezda yashirin chiqib ketishimni va uni qanday amalga oshirish yo’llarini ko’rsatib takliflar ham qilishdi. Shu bilan birga mening O’zbekistondan chiqib ketishim bilan hamma markazlar, ishxonalar yopilishini va o’g’il-qizlarimning qamalishlarini ma’lum qilishdi.

O’n uch yilu sakkiz oy xorijiy davlatlarda yurganim etarli edi. Nima uchun men ketishim kerak, ularni chiqarib yuborishni o’zimga maqsad qilib qo’ydim.

Shukurlar bo’lsinki, yaxshi odamlar ko’p, millatimiz buyuk, tushunchasi yuqorilar borligi madad bo’ldi, ko’p noxush voqealardan, hatto o’lim tuzog’idan asrab qoldi. Demak, hali Iloh tomonidan menga berilgan topshiriq oxirigacha bajarilmagan.

Tarixni eslasangiz, missiyasi tugagan Najmiddin Kubro, Mashrab, Mansur Xalloj o’zlarini nobud qilish uchun qanday yo’l tanlashganini...

Maqsadim, Iloh tomonidan hadya etilgan ilhom amallarimni xalqim, millatim hayotiga tadbiq etib, ular orasidan tanlangan, iste’dodli Vatanga qalban xizmat qiladigan shaxslar chiqishidadir.  

O’limi muqarrar tug’ilmoqning  Tangrisiz yashamog’idan ne ma’no bor. Men tug’ilajak olamning asosida nima etadi. O’n sakkiz ming olam ichra bir makon.  Bu makon ichra to’xtatib bo’lmaydigan vaqt qonuni barcha jonzodlarni bir kun kelib  mag’lub etadi. Demak, tug’ilmoqdan maqsad va mantiq shundan iboratki, inson  manzil makoni yo’q bu olamdan o’zi uchun haqiqat eshigini topmog’i lozim. Men haqiqat  eshigini hamma erdan izladim. Erdan, osmondan, odamlardan. Bu olamda haqiqat bor. Men ko’p haqiqatlarni ko’rdim. Lekin men istagan haqiqat hamon topilmas edi.Men har gal haqiqat ostonasigacha etib kelardimu, uning eshigidan kirmoq yo’lini bilmasdim. Men qanday haqiqatni istagandim? Mening nazarimcha haqiqatning ikki xil ko’rinishi  mavjud. Birinchi haqiqat bu borlik. Men ana shu borlikda yashayotganimning o’zi bir haqiqat. Mavjud olamda yashayotgan barcha insonlar tabiat nabotot, hatto kichik mikroorganizmlarning yashayotgani haqiqat. Men yashayotgan olamning insonlar orasidagi soxta haqiqat, yuziga parda tortilgan yolg’on haqiqatlarning borligi ham haqiqat ekanligini guvohi bo’ldim.

Men yolg’on haqiqatlar ichra haqiqatni anglashim qiyin bo’lishini anglaganim tufayli ham asl haqiqat ostonasiga intilardim. Men nafs hukmron bo’lgan bu olam ichra  anglash ancha mushkul bo’lgan ikkinchi haqiqat tomon intilardim. Chunki borliq olamining asl mohiyatida aynan ikkinchi haqiqat mavjudligini allaqachonlar anglab etgandim. Men istagan haqiqat eshigini borliqdan izlaganim samara bermasdi. Angladimki, inson haqiqat eshigini atrofdan, borlikdan emas, o’zidan izlamog’i lozim ekan. Ha, men haqiqat eshigini qalbimdan topdim . Men o’zligim ichra mavhum bulgan asl haqiqatning kalitini qalbimdan topdim.

Haqiqat istagan insonning  qalbi nafs xastaliklaridan shifo topsagina bu yo’lda yurmoqqa haqlidir. Manmanlik istab, zulm istab, g’iybat istab, xasislik istab haqiqat izlaganlarning haqiqati yolg’ondir. Borliq haqiqatining mohiyati o’zlikni anglash orqali go’zal yashashdir. Vijdon, odob-axloq, samimiyat va ilm insonni chinakam haqiqat eshigi tomon etaklaydi.

Insonlar orasidagi manmanlik, kibru havo, xasislik, g’iybat singari ruhiy xastaliklarning mavjudligi haqiqatini inkor etolmaymiz. Insonning tubanlik botqog’iga botib qolishiga sabab ana shunday salbiy xususiyatlarning haqiqatga aylanib  insoniyatning asl haqiqatdan yiroqlashib qolganidan darak beradi.

Insoniyat bilan samoviy cheksizlik orasida uzviy bog’liklik mavjud. Ana shu cheksizlikning quvvatiy markazida buyuk bir haqiqat bor. Chinakam haqiqat bu Tangridir. Insoniyat borliqdagi haqiqatlar bilan cheklanib qolganlari tufayli ham asl haqiqat mohiyatini anglamog’i biroz qiyin kechmoqda. Eng achinarlisi, haqiqat deb jar solayotgan salbiy xususiyatlarni asl haqiqat deb tushunganlar ana shu haqiqatlarni o’zlariga qonun qilib olmoqdalar. Insonlar orasidagi manmanlik bu haqiqat deydilar. Chindanam insonlar orasida manmanlik bor. Ammo bu holat haqiqat emas, xastalikdir. Insonlar haqiqat bilan xastalik orasidagi chegarani buzib qo’ymasliklari lozim. Borliqning haqiqati bu mavjudlikdir. Mavjudlikning paydo bo’lishi bu Tangri haqiqatidir. Biz qabul qilayotgan noto’g’ri haqiqatlar zamirida nafsdan o’zga hech vaqo yo’q. Insonlar Tangri haqiqatini inkor etmaydilar, lekin ko’proq borliq haqiqati qonuniga buysunib yashaydilar.

Biz haqiqiy olamda yashamaganimiz uchun ham bu olamning haqiqatlari yolg’ondir. Shuning uchun ham yolg’on olamda yashab turib o’zligini kashf qilgan insongina chinakam haqiqatga erishadi. Nazarimda inson bir olamning o’zida ikki marta tug’iladi. Birinchi tug’ilish bu dunyo qonuniyati ichra yashab o’zlikni anglagunga qadar kechirilgan hayot bo’lsa, ikkinchi tug’ilish bu mohiyatni anglash, dunyo ishqidan yiroqlashib o’zlikni qayta kashf qilishdir. Ya’ni chinakam ibodat yo’lida Tangriga e’tiqod qilmoqlik istagidir.

Insonning ojizligi dunyoviy yolg’on haqiqatlarga ko’nikib yashashidir. Ammo haqiqat ichiga kirmagan inson hech qachon haqiqat uchun kurashaolmaydi. Siz chetdan turib haqiqatga baho bersangiz, sizga albatta pand berishadi. Va siz engilasiz. Va siz hayotdan bezib bu olamda haqiqat yo’q ekan, deb jar sola boshlaysiz. Agar haqiqat ichida turgan inson haqiqat uchun kurashsa u hech qachon engilmaydi. Haqiqat ichida turgan insonning kurashib yashashiga hojat qolmasa kerak. Chunki uni aynan haqiqatning o’zi himoya qiladi.Siz ruhan osmonga ko’tarilib cheksiz samo ichra  muallaq turgan kichkina zaminimizga, omonat turgan oyog’imizga nazar tashlang. Bu holat dahshatdan o’zga hech narsa emas. Bu olamda hech narsa abadiy emas. O’lim qonuniyati bir kuni halok etadigan tanamiz haqida ko’p qayg’uramizu, bizni abadiyatga olib boradigan ruhiyatimizga beparvomiz. Ilohiy olamdan o’zga olam yo’q. O’limdan so’ng ilohiy olamga olib o’tadigan mukammal ruhiyatdan o’zga hech narsa insonni bunday dahshatdan qutqarib qololmaydi.

Haqiqat istagan inson haqiqat olamiga kirmaguncha haqiqatni anglay olmaydi. Haqiqat olamiga kirmoq uchun esa inson mukammalik sari qadam tashlamog’i lozim. Biz insonlarga komil bo’ling, ruhiyatingizni poklang, mehr-oqibatli bo’ling,manmanlikdan, g’iybatdan, birovning haqiga xiyonat qilishdan yiroq yuring, deymiz. Ularni vatanni qadrlashga, milliy udumlarimizni asrashga, davom ettirishga, ulug’ ajdodlarimiz qoldirgan bebaho ilmlarni o’rganishga undaymiz. Agar ular tariqatimizning mazmuni bo’lgan shu kabi xayrli amallarimizni ayb hisoblasalar, biz har qanday jazoga tayyormiz.        Insonning insoniylik burchi bu avvalo o’z vatanini qadrlash, milliy qadriyatlarini avaylashdir. So’fiyning fano olamidagi burchi insonlarning tafakkur tarbiyasini yuksaltirish, ularni ezgulik yumushlariga undash, o’zliklarini anglash borasida insoniylik darajalarini ko’tarishdir. Bizni ustoz deb bilganlar, el-yurt, davlat xizmatida sadoqat bilan mehnat qilishmoqda. Biz hamisha haqiqat tomonda turamiz. Agar kimlardir haqiqatga qarshi borib uni sindirmoqchi bo’lsa biz yolg’iz emasmiz.       

Tarixda yashab o’tgan ne-ne hokimu shohlar dunyoni o’tkinchiligini anglab zebu-ziynat va amaldan voz kechib Tangri yo’liga kirib, bir burda nonga qanoat qilgancha darveshlik  yo’lini ixtiyor etib avliyolik darajasiga ko’tarilganlar. Bunga tarixiy shaxs shahar hokimi Ibrohim Adham misol bo’la oladi. Biz sizga Ibrohim Adham bo’ling, demoqchi emasmiz. Bunga katta matonat kerak. Aksincha, Ibrohim Adham singari darveshlik yo’liga kirgan devonadan yiroq yuring, demoqchimiz, xolos. Angladikki, ibodat yo’lida turgan bizdek devonasifatlarga qarshi tosh otdingizmi, sizning Ibrohim Adham bo’lishingizga chamasi ming yillar kerak bo’ladi. Bizning birovga foydamiz teksa tegar, ammo zinhor zararimiz tegmagay. Bizning xalqqa bo’lgan xizmatimizga tosh otayotgan ba’zi amaldorlarga demoqchimanki, sizning o’tirgan kursingiz omonatdir. Agar sizni hech kim engolmaydi, desangiz xato qilasiz. Vaqtni o’zi sizni engadi. Yuzingizga ajin tortadi. Vujudingizga xastalik oralatadi. Oxir-oqibat  umringiz mobaynida kimlargadir ozor berib, zulm ortidan yiqqan hisobsiz boyligingiz orasidan bor yo’g’i ikki qarich kafanga egalik qilasiz, xolos. Aldamchi dunyoda aldanib qolganingizni kech anglaysiz. Mening anglashimcha, siz  boshingizda Iskandarning shoxini qo’ndiribsizu, uning so’nggi gaplarini mag’zini chaqa olmabsiz.

Men olam kezib ilm o’rgangan insonman. Dunyo dinlarini, falsafalarini o’rgandim. Lekin o’z dinimni hech bir dinga alishmadim. Men tabobat yo’lida ilmiy ishlar yozdim. Halol mehnatim evaziga topgan pulimga hashamatli villalarda yashashim mumkin edi. Lekin men unday villalarni o’z vatanimdagi kamtarona kulbamga  alishmadim. Men ilm istab dunyo kezib Vatanga qaytdim. Rohat istab vatandan kechib vatangado bo’lmadim. Men shu erdaman... Bir avliyo uch yuz yil qamishdan kulba yasab umr kechirgan ekan. Odamlar, -bobo hech bo’lmasa bitta kulba qurib olmaysizmi,-desalar, u kishi, -shu qisqa umrda kulba qurib o’tiramanmi, -degan ekan. Siz ertangiz qorong’u bo’lgan oltmish, yo etmish yillik umrda nimani buncha talashasiz, qadrdon. Ibodat yo’lida turgan insonlarning duosini olish o’rniga ularga tosh otib qarg’ishdan o’zga nima topasiz. Siz gunoh yo’lida tursangiz-u, boshingizga kelgan falokat va yo, musibatni tasodif deb o’ylamang. Tangri yo’lida ibodat qiluvchining duosi toshni yoradi.

Inson umrini Tangrining zikriga bag’ishlasa o’ziga o’zi begona bo’lib qolarkan. Zikr davomida ruhiyatim ilohiy jarayonga qo’shilib vujudimni, men shunchaki yashab turgan bir kulbachaga o’xshataman. Ibodatimdan so’ng oynaga nigoh tashlasam go’yo, menga begona inson qarab turgandek bo’ladi. Demak, men o’zimga begona bo’lsam ruhiyatim tamoman boshqa olam ekanligiga amin bo’lamanki, bu holatning ro’y berishi faqat zikr orqali sodir bo’ladi. Shundan anglaymanki, inson ruhiyati hatto u o’lmasdan burun vujuddan tashqari holatda ham yashayveradi. Tarixdan so’fiy avliyolarning bir makonda turib vaqt o’tmay ikkinchi bir shaharda ko’rinib qolishlarining boisi mukammal ruhiyatning samarasi ekanligiga va bunday g’ayrioddiy hodisalarning haqiqatga naqadar yaqinligiga iymon keltiraman. Inson ruhiyati siru sinoatga boy xilqat. Insonlar o’z ustilaridan ishlamaganlari uchun ham borliqni qanday bo’lsa shunday qabul qiladilar. Insonning yuksakka ko’taruvchi tafakkur omillari uning o’zida muzlab yotibdi. Shu sabab ham mukammallik darajasida turgan insonning u yoki bu karomati ularga erish tuyulishi, haqiqatdan yiroq ko’rinishi turgan gap. Biz texnik, texnologik mo’’jizalarga qoyil qolamiz. Axir uni yaratgan insoniyatning o’ziku. Texnikadan mo’’jiza yaratgan inson nega o’zidan yarata olmaydi. Inson o’zidan mo’’jiza yaratishi uchun unga ilohiy jarayon kerak. Albatta, texnokratik taraqqiyot insoniyatning tafakkur rivojiga ma’lum miqdorda zarba berdi. Insonlar barcha sharoitlarni muhayyo qilayotgan taraqqiyotga suyanib qoldilar. Komp»yuter o’yinlari, internet, telefon, mashina singari qulayliklar yoshlarning kitob o’qish ishtiyoqidan yiroqlashtirdi. Taraqqiyot yaxshi, ammo uning ortidan ergashib o’zlikni unutib qo’ymaslik kerak. Ommaviy yot madaniyatlar  asl milliyligimiz osmoniga soya tashlamasin. Chet elga o’qishga, ishga ketayotgan yoshlarimiz vatan tuyg’usi bilan ketib vatanga sadoqat bilan qaytsinlar. O’zga yurtning shirin nonini eb kindik qoni to’kilgan ona zaminga xiyonat qilmasinlar. Yiroqda bo’lsalar ham milliy urf-odatlarimizni kanda qilmasinlar. Boshlarida do’ppi qo’ndirib, qizlarimiz shoyi atlasda millatimizni boy madaniyatini ko’z-ko’z qilsinlar. Biz dunyo sahnida kecha paydo bo’lgan millat emasmiz. Tarixdan  jahon tsivilizatsiyasiga tamal toshi qo’ygan buyuk millatmiz. O’zligini anglagan millat dunyoning narigi burchagida turib ham ko’ksini baland tutadi. Kamina ilohiy ibodatda o’tirib yoshlarimizni duo qilaman. Ba’zan chet elga pul topish ilinjida qullikka tushib qolgan navqiron yigitlarimizga achinaman. Ularning bu holatga tushib qolishlarining asl sababi ilmning etishmasligidir. Anglamoq lozimki, ilmsiz ong qullikdan o’zgasiga yaramaydi. Chet elga ketmoqchi inson avval o’qisin, dunyoqarashi bo’lsin, til o’rgansin, tili burro bo’lsin. Muomala madaniyati, insonning darajasiga qarab muloqotni o’rgansin. Hech bo’lmasa bir kasbni egasi bo’lsin. Kimligini, millatini anglasin. Millat sha’ni turgan vatanda vatandosh yoshlarimizning ketdikmi, ketdik qabilidagi tavakkalchilik safarlari avvalo o’zlarini qullik girdobiga tashlasa, eng achinarli tomoni millat sha’niga  dog’ tushirib qo’yishlari ehtimoli haqiqatga aylanadi. Farzandlarga aytar gapim shundan iboratki, ortingizda millat sha’ni turibdi. Uni pulga sotmang. Har qanday safardan oldin o’zlikni anglang, milliy g’urur bilan yuring, vatanga sadoqat bilan yashang. O’zimizning ming yillarga tatiguvchi milliy madaniyatimiz bor. O’zga yurtlar madaniyati bilan sochingizga turli yozuvlar, qulog’ingizga ziraklar bilan kirib kelmang. Yot aqidalarga ergashmang. Aminmanki, o’zligini anglagan inson qaerda bo’lmasin vatani, millati himoyasida turadi. Nohaqlik bo’lsa qaddingizni tik tuting. Inson kurashlarda toblanadi. Qalbingizda hamisha Tangrining nomini yod tuting. Buyuk qudrat sohibi sizni qo’llaguchidir.

Men dunyoviy ilmda yoshlarimizni ilg’or bo’lishlarini istayman. Ibodatdan tashqari mukammal falsafiy ilmlar yo’lidan har kim ham yurolmaydi. Bu ilmni Tangrining o’zi istagan insoniga beradi. Ilmi laduniy g’ayb ilmidir. Toki Tangrining o’zi bu ilmni bermasa bu yo’lga kirmoq mushkuldir. Shuning uchun ham hech bir shaxsni mashaqqatli ilmga olib kirishning hojati yo’q. Insonning vazifasi o’zlikni anglash orqali Tangrini sevishdir. Ilmni ustozdan ko’ra ko’proq Tangridan so’rash kerak. Uning karami keng va marhamatlidir. Mening ustozlik vazifam  insonlarni ezgulikka chorlashdir. Haqparvar, Xalqparvar, Vatanparvar bo’lishlariga baholi qudrat hissa qo’shmoqdir. Men ularga mehr-oqibatni, sadoqatni o’rgataman, ilohiy ilm saboqlarini beraman. Shuni aniq bilamanki, hamisha haqiqat tomon turgan inson hech qachon engilmaydi.

Biz ibodatni ilm deb bilamiz. Ilmimizni ibodat deb bilamiz. O’z vujudi va ruhiyatini ibodat bilan poklagan inson chinakam saodatlidir. Poklangan qalbda ilm nur bo’lib kiradi. Nafs xastaliklari sizdan chekinadi. Yuzingizda oqillik, donishmandlik shu’lalari ko’rinadi. Insonlar sizga intilib yashaydilar. Tangri sizning doimiy hamrohingiz bo’ladi. O’tkinchi olamda yana sizga nima kerak. Asl saodat mana shu emasmi?

YANGILANISHLAR

MAHSULOTLAR

Media-mahsulotlar pochta orqali

SAYT XARITASI

STATISTIKA