TOIFALAR

QATRON

SHOGIRDLARNING SHARXLARI

NURSAFARDIYYA
ISH FAOLIYATI

QIDIRUV

HAMKORLAR

Tafakkur sarhadlari

Muallif: Sofiy tabib Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2015-01-22

Qadrdonim, sizkim dunyo tashvishlaridan chegara saqlab o’zingizga g’amxo’rlik sifatida ruhiyatingizga bir oz orom bera olasizmi? Anglab turibmanki, ko’zingizdagi horg’inlik sizning qalbingizdagi rohatga olib boruvchi xotijamlikdan ancha yiroqlashib behalovat kunlar og’ushida o’zingizni behol sezasiz. Amin bo’lingki, to’rt kunlik dunyoning bu talato’p bozorida xotirjamlikdan o’zga buyuk ne’mat yo’qdir. Siz ana shu bozorning shiddatli to’fonlari ichra o’zingizni nafs ummoniga uloqtirib koinot hisobi bo’yicha bir soniyaga teng umringizni behuda sarflab qo’yasizki, buning natijasida o’sha siz xohlagan xotirjamlik qalbingizni tark etib umringiz poyonida bu olamda nima uchun yashaganingizni mohiyatiga tushunmay manqurtlik ma’nosi bilan ko’z yumasiz. Siz harchand urinmangki, dunyo sizning izmingizda emas, aksincha siz dunyoning izmidasiz. Dunyo sizni har kuyga solar. Aslida biz qismat atalmish bir hokimning izmiga bo’ysunuvchi ojiz bandamiz. Qismat Ollohdandir, taqdir Ollohdandir. Siz o’tkinchi dunyoning talato’p bozoridan bir zumga cheklanib o’zingizni anglash ostonasiga qadam qo’ymas ekansiz, oqibat nafs qurboniga aylanib tafakkuringiz hech qachon komillik topmagay. O’zlikni anglash kaliti qalbdadur. Qalbingizga quloq tuting.

Kundalik tashvishlardan charchab uyga qaytar ekansiz, shunisi aniqqi, ro’zg’or tashvishlari ham boshingizdan oshib yotibdi.

Siz qachon tin olasiz?

Kundalik charchoqlar sizni vujudingizga kuchli horg’inlikni kiritgach, hatto hech narsa haqida o’ylamay netmay uyquga ketasiz. Va shu holatda kunlaringiz o’tib boraveradi. Kitob o’qishga, ilm o’rganishga esa sizning toqatingiz chidamaydi. Tangrining ibodatini qarilik saltanatiga tashlab qo’ygan bo’lsangiz yoshlikdagi umringizni nimaga sarf qilayotganingizni anglayabsizmi? Sertashvish bu dunyoda o’sha qarilik saltanatiga sog’-salomat etib borishga kafolatingiz bormi? Bir avliyo otaxon sal narida daryo turib beriroqda tuproq bilan tahorat olayotsa yo’lovchi bir odam u kishiga qarata, - otaxon ana daryo, nega suv bilan tahorat qilmay tuproqni afzal bilayapsiz, - desa, otaxon ey o’g’lim, men u suvga etib bora olamanmi yo’qmi, xudo biladi, - degan ekan. Inson uchun o’lim sharbati shu qadar yaqin ekan, siz yolg’onchi dunyoning makriga uchib nimalar haqida orzu qilayapsiz?

Siz o’zingiz haqida qayg’urmayapsiz. Dunyo tashvishlari guldek umringizni nafs ozuqasi orqali xazonga aylantirmoqda. Siz o’zingizni ibodatga tayyor emasdek his qilasiz. Chunki sizning xoh badavlat, xoh nochor bo’ling, xayolingizda dunyoviy muammolar shodasi qalashib yotibdi. Va ana shu dunyoviy tashvishlar shodasi sizning qalbingizga shu qadar qalin parda tortganki, siz Yaratuvchiga ibodat qilish u yoqda tursin, hatto o’zingiz haqida qayg’urishni batamom unutgansiz. Muammolar girdobi sizni shu qadar o’z domiga tortib ketganki, siz o’zingizga o’zingiz zulm qilayotganingizni, hatto anglamaysiz ham. Keling, shu o’rinda dunyo tashvishlarini bir chetga surib garchi ibodatdan yiroq bo’lsangizda tafakkuran Tangrining yaratgan mo’’jizalari mavjud koinotga sayr qilamiz. Bunday ajoyib sayr sizning vujudingizga orom beradi, tafakkurning nechog’li sarhadsiz hududlarga etib borishini his qilgan holda qalbingiz oydinlashadi.

Bas, bir zumga dunyoni unuting. Xonangizga kiring. Atrofga nazar tashlang. Mana shu kichkina xona sizning dunyoyingiz. Shu go’shada yashab umringiz o’tmoqda. Siz ana shu kichik dunyoni chegaralarini kesib butun koinotga tafakkuran sayr qilasiz. To’shakni pol uzra tashlang. Milliy urfimizga xos ko’rpachalar imkon qadar qavat- qavat qalin bo’lsinki, siz o’zingizni misoli havoda muallaq turgandek his qilasiz. Aminmanki, uyingizda yumshoq paxta bor. Undan ikkita kichkina bo’lakcha olib qulog’ingizga quying, toki hech bir tovush sizni chalg’itib fikringizni bo’lmasin. Xona chiroqlarini o’chiring. Qalin ko’rpacha ustida ohista, yuzingizni osmonga qaratib oyoqlaringizni to’g’ri uzatgancha cho’zilib yoting. O’zingizni bo’sh qo’yib chuqur nafas oling. Fikringizni bir nuqtaga jamlang.

Siz muallaq ko’tarilishga tayyorsiz. La illaha illalloh, Ollohim sendan o’zga iloh yo’qdir, ruhimga xotirjamlik ato et, sening buyukliging ichra cheksiz va tengsiz olamingda ruhiyatimni yuksaltir...

Ana, siz chamasi ikki metrlar ko’tarildingiz. Endi qalin to’shak uzra yotgan vujudingizga nazar soldingiz. Dunyo tashvishlari uni ancha charchatib qo’yibdi. Nahotki, shu men bo’lsam degan xayol tafakkuringizdan o’tdi. Ha, shu sizsiz. U muloyim jilmayib dunyo tashvishlaridan chekingancha rohatni his qilmoqda.

Endi fikrni chalg’itmagan holda deraza oynasidan ohista chiqamiz. Atrofga nazar tashlang, odamlar elib yugurgancha hayot tashvishlari bilan ovvora. Siz barchasini ortga qoldirib ma’lum bir masofada samoga ko’tarilib shiddat bilan sharq tomonga suzib ketdingiz. Shaharlar ortda qoldi, tog’lar ustidan o’tib bormoqdasiz.
Tyanshan, Himolay, Hindikush tog’larining purviqor cho’qqilari uzra shiddat bilan uchib bormoqdasiz. Tezlik ortib boradi. Nihoyat bir necha orollar ustidan o’tib Tinch okeani ummoniga chiqdingiz. Siz pastlab ummonning ko’m- ko’k suvlari ustidan o’qday uchib bormoqdasiz. Naqadar ajoyib holat. Mo’’jizangdan aylanay Ollohim...

Ana ko’rdingiz... Delfinlar suzmoqda. Siz ular bilan yonma-yon ketib bormoqdasiz. Quyosh ufqqa bosh qo’ymoqda. Osmonda yulduzlar ko’rinmoqda. Ular tiniqlasha boshladi. Mana siz qorong’ulik qo’ynida singib ketdingiz. Butun koinot sizni qutlamoqda. Siz shu onda gorizontal yo’nalishdan to’xtab vertikal holatda shiddat bilan samoga ko’tarilasiz. Borliqqa nazar tashlang. Mo’’jizani guvohi bo’ling. Cheksiz samo bag’rida sochilib ketgan yulduzlar sizni o’ziga chorlamoqda. Naqadar rohatbaxsh hissiyot. Siz quyosh sistemasidasiz. Ana birinchi bo’lib quyoshga eng yaqin planeta Merkuriy namoyon bo’ldi. U quesh atrofida ohista aylanmoqda. Undan keyingisi Venera. Sukunat olami. Siz ona zaminimizga nazar tashladingiz. U samoda muallaq suzmoqda. U eng maftunkor va eng jozibali. Siz bunday go’zallikdan nazaringizni qochirmay Mars tomonga shiddat bilan uchasiz. Qizil planeta atrofidan o’tar ekansiz, qachonlardir odamizotning bu zaminga qadam qo’yishi mumkinligi haqida o’ylaysiz. Parvozingiz shu qadar tez davom etadiki, mana siz Yupiter yaqinidasiz. Uning atrofida suzib yurgan yo’ldoshlarni sanay boshladingiz. Oltmish uchta. Bizning zaminimizda esa bitta. Oy bo’lsa ham oydanda go’zal. Lekin bu yo’ldoshlarning ranglari turli sifat mo’’jizaning o’zginasi. Yupiter shu qadar ulkan zamin. Siru sinoatga to’lgan sehrli bu olamdan o’tmoqdasiz. Yiroqdan halqali planeta ko’rindi. O, naqadar sehrli, naqadar sirli olam bu... Angladingizki, bu Saturn. Uning mo’’jizakor chiroyiga yaqinlashib borar ekansiz, Ollohning yaratgan mo’’jizalariga tasannolar aytasiz. Siz ochiq osmonda muallaq turibsiz. Belida belbog’i bor go’zal planeta qarshisida ruhiyatingiz lol, tafakkuringiz hayajonda. Rohatni his qiling. Uning atrofida oltmish ikkita yo’ldoshi bor ekan. Siz Saturnni ortda qoldirib Uran, Neptun va Pluton tomonga ketmoqdasiz. Ketma-ket ko’ringan planetalar aqlingizni shoshirib qo’yadi. Undan narida nima bor deb qiziqasiz va shiddat bilan parvozni davom ettirasiz. Ana Xaumea, Makemake va Erida planetalari ko’rindi. Eridaning quyosh atrofida aylanish muddati besh yuzu yigirma etti yilga teng ekan. Agar biz ona zaminimiz yili hisobida Eridaning aylanish muddatini hisoblasak, uning quyosh atrofida bor yo’g’i to’rt marta aylanib chiqqani bizning ikki ming yildan ziyoda vaqtimizga teng bo’larkan. Tasavvur qildingizki, agar birinchi planetamiz Merkuriy quyosh atrofini sakson sakkiz kunda aylanib chiqsa, so’nggi planeta Erida besh yuzu yigirma etti yilda aylanib chiqarkan. (Agar biz Erida planetasida yashab bir yilimizni besh yuzu yigirma etti yil deb hisoblasak etmish yil yashaganimizda qancha umr qurgan bo’lamiz. O’ttiz olti ming sakkiz yuz to’qson yil. Odam buncha ko’p yashasa planetada odam to’lib ketardi, - deb o’ylamang. Hisobni to’g’ri olsak, inson har to’qqiz oyda emas, aksincha har ikki ming yilda tug’ilarkan) Zaminimizning ikki ming yili Eridaning bor yo’g’i quyosh atrofini to’rt marta aylanganiga teng ekan. Naqadar mo’’jiza. Bizningcha bu planetalarda hayot yo’q. Lekin ilohning mo’’jizasi shu qadar maxfiyki bizga ko’rinmas hayotlarni yaratgani bizdan sir saqlanadi. Garchi bu planetalarda bizningcha hayot bo’lmasada ularning maftunkorligi aqlingizni shoshirib qo’yadi. Axir siz etti uxlab tushingizga kirmagan o’zga olam saltanatidasiz. Hammasi mo’’jizadan o’zga narsa emas. Ollohning karomatiga tasannolar aytib, Quyosh atrofida aylanayotgan planetalarning umumiy ko’rinishiga nazar tashlang. Siz bu holatda quyosh sistemasidan tashqaridasiz. Siz koinot oldida misoli zarrasiz, lekin hammasini ko’rib turibsiz. Naqadar ulug’vorlik, naqadar cheksizlik. Siz istasangiz galaktikalar aro sayr qilishingiz mumkin. Ana Somon yo’li. Keyingisi Kentavr, Andromeda tumanligi hammasi ko’z o’ngingizda namoyon. Siz mo’’jizakor cheksizlik bag’rida ming yillar qolib ketgingiz keladi. Ammo hali vaqt bor. Siz bilan biz hali Ollohning bunday mo’’jizakor va maftunkor olamiga navbat bilan qaytamiz. Biz hozircha tuproq mahsuli bo’lguchi vujudimizga mehmonmiz. Hali bizning bu olamda qiladigan amallarimiz, ibodatlarimiz bor. Shu sabab ortga qaytamiz. Bunday rohatbaxsh sayr sizning tafakkuringizni ulug’lab kichkina xonada yotgan vujudingizga orom beradi. Ko’zingizni ohista ochasiz.

YANGILANISHLAR

MAHSULOTLAR

Media-mahsulotlar pochta orqali

SAYT XARITASI

STATISTIKA