TOIFALAR

QATRON

SHOGIRDLARNING SHARXLARI

NURSAFARDIYYA
ISH FAOLIYATI

QIDIRUV

HAMKORLAR

Haqiqatga yuzma-yuz

Muallif: Sufiy tabib Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2015-01-19

Agar sizga Ollohdan mening falsafam noto’g’riligi haqida vahiy kelgan bo’lsa ayting, men yo’limdan qaytaman.

***

Nafsingizni keng qo’yib Xudoni o’zgalardan qizg’anmang, uning karami oldida zarra emassiz. Kim to’g’ri kim noto’g’riligini siz emas, Olloh hal qiladi. Ilohning tarozusida turganingizni unutmang.

***

Siz so’fiylikka qarshi borib bizdan jannatni qizg’anyapsizmi yo do’zaxni...

***

Men dunyodan uzilganim sari ular meni dunyoga bog’lab g’alva ko’tardilar.

***

Men Xudoga intilsam ular meni o oyog’imdan pastga tortdilar.

***

Men zikr choponimni elkamga tashlasam, ular to’nlarini teskari kiydilar.

***

Ular menga tosh otdilar. Mening o’zimni himoya qilganim go’yo ularga qarshi jang bo’lib ko’rindi.

***

Ularning kahrini sukut va ilohiy duo bilan engdim.

***

Qoyilmanki, siz Xudodan qo’rqmay mening Xudoga bo’lgan muhabbatimga qarshi bordingiz.

***

Sizning xudoligingiz Xudodan judoligingizdir.

***

Sizningcha so’fiylik ilmi bo’lmasligi kerak, bo’lsa ham sizdan quyida turishi kerak. Va yoki sizga xizmat qilishi kerak.

***

So’fiylikni maqtaydilar, lekin So’fiyman deganga tosh otadilar. Ilohiy ishqdan o’zga yana qanday so’fiylik bor?

***

Siz so’fiylikni istagancha maqtashga qurbingiz etadi, lekin uning mohiyatini hech qachon tushuna olmaysiz.

***

So’fiylikka kirmagan har qanday insonning so’fiyga bergan bahosi yo uni ko’kka ko’taradi, yo er bilan yakson qiladi.

***

Olloh yagona, lekin unga olib boruvchi yo’llar turfadir.

***

Agar boshqa avliyo tug’ilmasa, demak oddiy bandalar bilan Olloh orasidagi ko’prik buzilibdi.

***

Tasavvufning tafakkuri bu tafakkur tasavvufidir.

***

Ilohga olib boruvchi yo’lning eng yaqini, ammo o’ta mashaqqatlisi bu so’fiylik tariqatidir.

***

So’fiylik so’fiy o’lgandan so’ng yashay boshlaydi.
Ilmni hamma vaqt tiriltirish mumkin, lekin o’lganni tiriltirib bo’lmaydi.

***

So’fiyni o’lim qiziqtirmaydi. U aynan o’lgandan so’ng yashay boshlaydi.

***

Manqurt kimsadan o’zga hech kim so’fiylikka tosh otmaydi.

***

Sen Ollohni qanchalik suyganing sari dushmanlaring shunchalik ortib boradi.

***

O’limdan cho’chigan inson hech qachon so’fiy bo’lolmaydi.

***

Goxo ibodat ichida yurguchilar ibodatsizlarga emas, ibodatda turguchilarga tosh otadilar.

***

Egri yo’l ko’paygani sari to’g’ri yo’lni egri hisoblay boshlaydilar.

***

Agar Olloh qo’llasa tegirmondan butun chiqar, qo’llamasa vujudidan tutun chiqar.
Ilm ummonida bandasi o’lmas, asrlarga tatir ziyosi kandasi o’lmas. Ilmdan yiroqning sharmandasi o’lmas.

***

So’fiylik olami g’ayratdir, manzili hayratdir.

***

Sening ezguliging qancha ko’paygani sari g’arazgo’ylarning g’arazi ham shuncha ortib boradi.

***

Mening tafakkurimdagi tasavvurim tasavvurimdagi tafakkurdir.

***

Goho Olloh yo’lida yurguchilar Olloh ishqida turguchilarga tosh otadilar.

***

Aminmanki, so’fiylik tariqatlari vujudga kelgandan buyon hech bir so’fiyga oson bo’lmagan, lekin doimo so’fiy g’olib bo’lgan.

***

Yalang’och kelganlar yalang’och ketar. Tug’ildimi tamom, bir kun qabrga etar.

***

Uning karomatini kog’ozga tushirganim boshimga balo bo’ldi.
Mening ilmimni safsata deydiganlarning o’zlari safsatadan o’zga narsa emas.

***

So’nggi va oxirgi payg’ambar qalbimizdadir, lekin so’nggi so’fiy hali tug’ilmagan.

***

Karomatimni ko’rsatsam so’fiyligim yo’qoladi. So’fiyman desam odamlar ishonmaydi.

***

Kurashuvchilar yuqorida turib jang qiladilar, qolgan barcha pastdan turib tomosha qiladi. Achinarlisi, g’olib xoh yaxshi, xoh yomon bo’lsin unga ergashadilar.

***

Boshni kundada his qilganlar so’fiy bo’lishi mumkin.

***

Men olamning yashash qonuniyatiga goho tushunmay qolaman. Insonlar ezgulikni havas qiladilar, lekin g’arazgo’ylik ortidan ergashadilar. Inson ongidagi qarama- qarshi bunday tuyg’ularning hosilasi oxir-oqibat tarozining bir tomonini tortib ketadi. Odamlar ezgulik qilaylik, ezgulikni sevaylik deydilar. Men ezgulikni dunyoning asl qonuniyati sifatida qabul qilaman. Chunki olamni ezgulik qutqaradi. Olloh tomonidan insoniyatga berilgan bunday tuyg’ular mevasini inson o’ziga ozuqa sifatida qabul qilmasa uning aksi rivojlanib ketadi. Tildagi ezgulik bilan dildagi ezgulikning farqi katta. Tildagi ezgulik bu nazariyot bo’lsa, dildagi ezgulik bu amaliyotdir. Inson tilda ezgulik haqida har qancha gapirsada uning dilida ezgulik amaliyoti bo’lmasa u safsatadan o’zga hech narsa emas. Ezgulikni amaliyotda ko’rsatmoq lozim. Ezgulik agar amaliyotda ko’rsatilmasa u yo’q narsadir.Quruq so’zning quvvati bo’lmaganidek har bir nazariy ilmning amaliyoti bo’lmasa yana bir safsatadir.

***

Faylasuflarning gaplari har xil bo’lgani bilan ma’nosi bittadir.

***

Men hayotni ummonning tubiga o’xshataman. Unga bir shung’iysizu yana yuqoriga chiqasiz. Suv ostida hamisha qololmaysiz. Demak, suvga bir daqiqalik shung’iganingiz bu hayot. Biz bir onda bu hayotni tark etamiz. Yuqoriga, ya’ni abadiyatga qaytamiz. Biz suv ostida hamisha qololmaymiz. Chunki uning asl qonuniyati o’limdir. Tabiiy holda o’lim bizni yuqoriga ko’taradi. Aslida ham shunday. Shung’iganimiz hayot, ko’tarilganimiz o’lim. Bu ummon shunday jozibaliki hech kimning undan chiqqisi yo’q. Haqiqiy abadiyatga qaytishni, ya’ni yuqoriga ko’tarilishni istamaydilar.

***

Agar musulmon musulmonga qo’l ko’tarsa musulmonchilik ibodatiga kirishni niyat qilib yurgan odamlar ham dinga va ham Xudoga ishonchlarini yo’qotadilar.

***

Inson o’zi bir qiziq xilqat. Ilmsiz bo’lsang qoralaydilar, ilmli bo’lsang tosh otadilar. Ilmsiz bo’lsang past nazar bilan qaraydilar, ilmli bo’lsang oyog’ingdan chaladilar. Ilmsiz bo’lsang manmanlik qiladilar, qul qiladilar, qadringni toptaydilar, holingdan xabar olmaydilar. Ilmli bo’lsang tuhmat qiladilar, makr ishlatadilar, ilmingni tan olmaydilar, g’iybat qiladilar, odamlarni qarshi qayraydilar, tuzoq qo’yadilar, sindirmoqchi bo’ladilar.

***

O’rtada yursang hech kim emassan. Sening tirikligingni ham o’likligingni ham hech kimga qizig’i yo’q.

***

Insonning yashash joniga tekkani sari yashagisi kelaveradi.

***

Johil ilmsizlarga qarshi kurash azobidan do’zax azobi afzalroqdir. Do’zax bir kuyga solsa, johil ilmsizlar har kuyga soladilar.

***

Ilmsiz ilmsizga tosh otsa jaholat bo’lishi mumkin, ammo ilmlining ilmliga tosh otishi bu chinakam falokatdir.

YANGILANISHLAR

MAHSULOTLAR

Media-mahsulotlar pochta orqali

SAYT XARITASI

STATISTIKA