TOIFALAR

QATRON

SHOGIRDLARNING SHARXLARI

NURSAFARDIYYA
ISH FAOLIYATI

QIDIRUV

HAMKORLAR

Xabarlarga ulanish natijasi yoxud quyosh va oy orasidagi yolakchaga safar

Muallif: Sofiy tabib Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2013-12-09

Siz o’zingizni buyuk hisoblabsiz. Buyuklar oddiy
yumushlarni inobatga olmaydilar. Demak,
biz nazaringizga tushubmiz, illo.
O’zingizdan buyukrog’ini ko’ribsiz.

 

So’fiy do’stning vazifasi yaxshilik va yomonlik muvozanatini borliqda muhofaza qilishdir. Yaxshilik va yomonlik, qora va oqlik orasidagi daraja buzilsa, so’fiy uchinchi darajada o’z vazifasini bajara boshlaydi. Bu holat Ilohdan mavhum fikrlash tizimiga xabar sifatida beriladi va muvozanatni bir me’yorga keltirish uchun bisyor ko’mak quvvatlari jo’natiladi.

Inson so’fiy do’stning darajasini, uning amaliyotini ilg’ay olganda, o’zi uning zarbasidan ketib ijobiy darajaga erishadi, aks holda har qanday boylik, mansab unga yordam bera olmaydi. Shu davrgacha hech bir odam tepadan kelgan xabariy quvvatni rad etishga qodir bo’lmagan. Manmanlik Ilohga yarashadi, insonga esa unga e’tiqod va taslim.

Har qanday dunyoviy kuchga ega tizim va shaxs Uning jazosidan o’girilib ketolmaydi. Jazo bo’sag’asiga ularni olib boruvchi sababchi So’fiy do’st hisoblanadi va unga bunday amallar uchun hech qanday mukofot va’da qilinmaydi. So’fiy do’st mukofotning eng yuqorisi koinotiy sayohat uchun tayyorlanayotgan mukammal ilohiy qobiq ekanligini yaxshi tushunadi. Bunday tizim yaratilgandan so’ng unga jismoniy tananing lozimligi yo’qoladi.

O’zga gallaktik tizimlarga o’tib ketishi Ilohning insonga beradigan eng katta tuhfasidir, ya’ni So’fiy do’st jannat va do’zax tizimlariga taaluqli bo’lmagan shaxsdir. Quyosh va oy oralig’idagi 8-osmonga o’tish yo’lakchasi So’fiy do’stga ochiq turadi. Lekin u hududga kirish buyrug’ini faqat Yaratgan belgilaydi.
18 ming olamni barpo qilgan Ilohga hamdu sanolar bo’lsinki, so’fiy do’stlarni abadiyat quchog’ida kutib olishini iltijo va tiz cho’kkan holda so’raymiz.

* * * * * * * *

Darajangni ko’tarsang, muammolaring kamayadi. Pastda bo’lsang, hatto chumoli ham yo’ling to’sar.

* * * * * * * *

O’zingga hurmat talab qilsang, asablarim ketdi, deyaver.

* * * * * * * *

Odam Atoning navaralari bo’lsak, nega endi u bizlarga g’amxo’rlik qila olmaydi, nega siz navaralaringizga shuncha jon kuydirib umringizni Ilohsiz o’tkazmoqdasiz. Iloh har birimizning kindigimizni alohida qilib yaratgan.

* * * * * * * *

Osmonning cheti yo’q kabi bizning ham nafsimizning poyoni yo’q. Lekin osmonga intilgan Ilohga etadi, nafsga intilgan do’zaxga.

* * * * * * * *

So’fiyning o’z umrini xazon qilishga intilgani boshqalar uchun qiziq hodisadir.

* * * * * * * *

Nafsparastlik – tubanlikka, muttahamlikka olib boradi.

* * * * * * * *

Nafs orqali yig’ilgan boylik avlodlarga baxt keltirmaydi, aksincha ulardagi muammolarni ko’paytirib yuboradi.

* * * * * * * *

Ilhomsiz inson quriyotgan daraxtga o’xshaydi.

* * * * * * * *

Umrimning poyonigacha vujudimdagi har bir a’zo o’z vazifasini oxirigacha bajarib tugatmog’i lozim.

* * * * * * * *

Daraxtsiz bog’day, ma’nosiz gapdan foyda yo’q.

* * * * * * * *

Holimni mendan emas, Undin so’ring,
Vujudim ichinda turgandin so’ring.
Buyruq berib o’zi bajargan qoldin so’ring,
Yurgizib tiriklayin o’ldirgandin so’ring.

* * * * * * * *

Anglatmoqlik Sendin bo’lsa ular neni anglasin,
Qalbga kirmoq Sendin bo’lsa Senli qalbni nedan olsin.
O’z yo’lingni Sendin olmaganlar nerda yursin,
Taqdiriga taqdir qo’shg’il, Sendin o’zga nerdin olsin.

* * * * * * * *

Olg’irlar-ku olar Sendin ulushini,
Ko’nglu poku andishani nerdin olsin?!
Olg’anini seni deya ishlata olsa,
Andishali insonlar chetda qolmas Seningla.

* * * * * * * *

Tanamni-yu vujudimni tugat butkul,
Aqlimni-yu ongimni tamom ayla.
Nafsimni-yu niyatlarim xarob qilg’il,
Yo’qlikdagi borlig’imga qaytarsang bas.

* * * * * * * *

Osmonu er Sening kursingda,
Kursing yana inson qalbida.
Yaraladi qalblar aro muhabbat,
Qani endi kursing uzra yaralsa mendagi borliq.

YANGILANISHLAR

MAHSULOTLAR

Media-mahsulotlar pochta orqali

SAYT XARITASI

STATISTIKA