TOIFALAR

QATRON

SHOGIRDLARNING SHARXLARI

NURSAFARDIYYA
ISH FAOLIYATI

QIDIRUV

HAMKORLAR

Ajdodlar axborotining avlodlarga meros borasida yoxud ijobiy amallar merosxurlari

Muallif: So'fiy-tabib Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2013-11-08

Irsiy hujayrada jang san’atlari bilan bog’liq axborot mavjud. El, urug’, oila, shaxs ushbu tizimni an’anaviy darajada rivojlantirib bormasa, bu el, urug’, sulola, oila, shaxs o’z mavqeini, darajasini, irsiy quvvatini yo’qotib boradi, natijada salbiy, dunyoviy odatlar asosida yo’qlikka duchor bo’ladi.

* * * *

Shaxsning ijobiy quvvatga, axborotga, kelajakka ega bo’lishi – uning ajdodiy xabarida to’g’rilik, rostgo’ylik, fahm-farosatlilik sifatlarining mavjudligi bilan belgilanadi.

* * * *

So’fiy darajasi yuqorilab borgan sari Iloh undagi vazifani chuqurlashtirib gallaktikalar miqiyosiga yoyadi va shu bilan birgalikda undagi dunyoviy masalalarni O’zi to’g’ridan-to’g’ri hal qila boshlaydi. Mukofot va jazo tizimlarini O’zi so’fiy xohishisiz hal qiladi. Uning mavhum darajadagi tanalarini boshqa vazifalar bajarish uchun safarbar qiladi. Bir so’z bilan aytganda so’fiyning fikr, so’z va harakatlariga o’zgacha qo’llanma topadi.

* * * *

Hazil bir tomondan bo’lsa, tagi juda zil bo’ladi.

* * * *

Hazilni shaxsga yo’naltiraversang, obro’yingga putur etadi, chunki uning ham obro’sini tushurgan bo’lasan.

* * * *

Insonlarni uch toifaga ajratsa bo’ladi. Birinchi toifalari dunyoviy-foniylar bo’lsa, ikkinchilari axloqiy-ilmiyga mos kelishsa, uchinchilari ruhiy-ilohiy darajada bo’ladilar. Ushbu toifalarni aniqlagandan so’ng suhbat mavzusini tanlash lozim bo’ladi.

* * * *

Millat, Vatan va Iloh haqida mulohaza qilmaydiganlar bilan uzoq munosabatda bo’lma, aks holda maydalashib ketasan.
         

* * * *

Eshitish qobiliyatiga ega bo’lishlik - o’z nafsini o’ldirishga katta yordam beradi. Havas bilan qaray olishlik – ko’rolmaslik kasalligidan forix qiladi. Kamchiliklarni o’z vaqtida seza olish va tuzatish – fahm-farosatni kuchaytiradi. Endilikda birovni maqtay olishlik – manmanlik xislatidan qutqaradi.

* * * *

O’ta asabli shaxs dunyoning ne’matlaridan bahramandsiz o’tadi. Manmanlik va xastalik uning yo’ldoshlari bo’lib qoladi.

* * * *

Nafsingiz yo’lida kamtarlik, to’g’rilik va soddalikdan voz kechmang. Sun’iy ko’rinishdagi xislatlarni daf eting. Qalbingizni yolg’onchilikka o’rgatmang. Ilohiy dunyo mavjuddir.

* * * *

Kechalari osmonni, yulduzlarni, oyni kuzatishni o’zingizga odat qiling. Iloh mo’’jizalaridan bahramand bo’lasiz, zehningiz kuchayadi, ko’rish qobiliyatingiz yaxshilanadi.

* * * *

Quyon bilan uchrashganda tulki bo’ling, qo’y bilan uchrashganda bo’ri bo’ling, bo’ri bilan uchrashganda sher bo’ling, dushman bilan uchrashganda g’olib jangchi bo’ling.
Bola tarbiyasida shularga e’tibor bering: 3 yoshga to’lguncha unga dunyoviy-mehriboniy munosabatda bo’ling, 18 yoshgacha axloqiy-tarbiyaviy jarayonni asos deb biling, 18 yoshdan keyin yigitga do’st va erkak sifatida qaray boshlang.

* * * *

Qirq yoshdan so’ng o’zingizda ustozlik sifatlarini rivojlantirishga harakat qiling.

* * * *

Orzularingiz harakatlaringizga mos kelsa, ularning amalga oshishiga ishonsa bo’ladi.

* * * *

Ko’p vahima, sabrsizlik, hayajon jarayonida yashagandan ko’ra bilgan duoyu suralarni o’qib ijobiy fikr yuritilganda maqsadingizga tezroq etasiz va jon kuydirgan odamingizning muammolarini echasiz.

* * * *

Osmon uzoq va balandda, lekin unga etish omillari insonga berilgan, faqat intilish shijoatini kuchaytirish lozim.

* * * *

Taqdiringizni taqdirdan izlamang, o’zingizdan topasiz.

* * * *

Shoshqaloqlik, vahima, qo’rquv, ikkilanish – sovuq mijozni kuchaytiradi va ko’p terlashga olib keladi.

* * * *

Olovni suv o’chira olganday, g’alvani sokinlik bosa oladi.
O’zingizga birovni dushman qilmoqchi bo’lsangiz, oldiniga uning imkoniyatlarini biling va bu jarayon qanchalik lozimligiga baho bering.

* * * *

O’zingizda yaxshi qulayliklar yarataverib ichki quvvatingizni yo’qotib qo’ymang. Vaqti-vaqti bilan qarama-qarshilik tizimida bo’la oling.

* * * *

Otam aytardi: “ey o’g’lim, agar tilingda emas, hatto fikringda qo’rquv xislati paydo bo’lsa o’zingga qabr qazib, ustingga tuproq tortgin.” Iloh qo’rqoqlarni yoqtirmaydi.

* * * *

O’lim muqarrarligini bilgan holda o’lmasdan yurishga harakat qilish lozim.

* * * *

Iloh bilan bog’liq amallarni nafs bilan bog’lash fojeali holatdir.

* * * *

Ertalab turganingda quyoshdan darak bormi, demak, dunyo turibdi. Sen nafas olayapsanmi, demak, Sen tiriksan. Ilohga shukurlar aytib harakatingni boshla. Yaxshi amallar yarat.

* * * *

Bu dunyoga senga o’xshash qancha chuvalchang sifat odamlar kelib ketmadi. Bu bilan tuproq me’yori o’zgarmaganidek, sen ham hech narsani ortirib yoki kamaytirib ketolmaysan. Faqat Iloh oldida qaysi ijobiy mavqe’ bilan turishingda, gap.

* * * *

O’zing turgan darajadagilarga yordam qo’lini cho’zishni odat qil, aks holda yordaming yomonlik bilan qaytishi mumkin. 

YANGILANISHLAR

MAHSULOTLAR

Media-mahsulotlar pochta orqali

SAYT XARITASI

STATISTIKA