TOIFALAR

QATRON

SHOGIRDLARNING SHARXLARI

NURSAFARDIYYA
ISH FAOLIYATI

QIDIRUV

HAMKORLAR

Nursafardiyya talimotida inson vujudi va atrofidagi ijobiy va salbiy informatsion (xabariy) oqimlar tizimlari (maxfiy ilm yonalishi)

Muallif: Sofiy tabib Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2013-06-20

Ona qornida paydo bo’lgan jonzod to 9-11 oygacha Iloh tomonidan maxsus ozuqa evaziga voyaga etadi. Uning tug’ilishi va yashab ketishi uchun unga beriladigan ruhiy hayotga bog’liqdir.

Inson dunyoga kelganda undagi fizik, fiziologik jarayonlarda salbiy xuruj mavjud bo’lishi mumkin, lekin aynan shu davrdan to 3 yoshgacha unda ichki informatsion (xabariy) tizim bir muvozanat holatida bo’ladi, agar unga tashqaridan ta’sir etuvchi omil bo’lmasa.

Iloh odamning me’yorda yashab ketishi, faoliyat ko’rsatishi, qarama-qarshiliklar ummonida yura olishi uchun uning vujudida va atrofida ijobiy va salbiy xabarlar sistemasini yaratib qo’yganki, ular doimo tarozu pallasilariday goh tepa, gohida pastga harakatlanib muvozanatni saqlashga intiladi.

Odam organizmida musbiy va manfiy quvvatiy informatsiyalarni saqlovchi, yig’uvchi va amaliyotga oshiruvchi maxsus gollogrammik tizimlar mavjuddir.

Bunga misol qilib vujuddagi 16 ta xabarlarni to’plovchi omborxona (rezervuar) (sandiqchalar) ni olish mumkin. Shulardan 9 tasi salbiy, 7 tasi esa ijobiy xabarlar bilan ish olib boradi.

Ushbu rezervuarlar bir-biri bilan uzviy bog’langan, bir-biri bilan ko’rinmas munosabatlar, kurashlar, g’oliblik va mag’lubiyatlik munosabatlarini olib boradi. Aynan shu jarayonlar natijasida insonda to’xtovsiz tushunarli-tushunarsiz , aqlli-aqlsiz, fojeali, baxtli va hokazo voqealar ro’y beradi. Aslida esa odam o’sha xabarlar evaziga yuqoriga ko’tariladi yoki pastga tushib ketadi, xursanchiligi cheksiz bo’ladi, tushkunlik unga do’st bo’lib qoladi, aqlga sig’mas ishlar qilib o’zi hayratda qotadi. Umuman uni ichki jarayonlar, xabariy omillar boshqarayotganini tasavvur ham qilmaydi.

Xo’sh, bunday ko’rinmas xabarlar mavjud ekan, ular qaerlarda joylashgan va ularni boshqarish, rivojlantirish yoki pasaytirib yo’q qilish mumkinmi?!

Shu erda shuni aytib o’tish kerakki, biz ochib berayotgan ma’lumotlar hech bir manba, kitob va olimlar tadqiqot ishlarida mavjud emas, ular faqat ilohiy ilm asosida ro’yobga chiqarilgan manbadir.

Insoniyat koinotni, tabiatni o’rganish va boylik yig’ish yo’lida katta muvaffaqiyatlarga erishgan bo’lishi mumkin, lekin o’zini, uni yaratgan zot haqida etarlicha ma’lumotga ega emas, - deb ochiqdan-ochiq ayta olamiz.

Biz realist jonzonga aylanganmiz. Ko’rib turibmizmi, demak bor! Biz tushunmayapmizmi, demak u noto’g’ri! Bizga shaxsan foyda keltirmayaptimi, demak uni tan olmaymiz va rivojlantirmaymiz?! Uning nomi shu bilan ulug’lanadimi, demak uni yo’q qilamiz! Bizning tinchligimiz, boyligimiz, manfaatimizga putur etkazishi mumkin bo’lgan narsalarni, ta’limot, yangilik, ijodlarni yo’qqa chiqaramiz. Biz endi uyushmamiz, komitetmiz, monopolmiz, kuch bizdadir, - deganlar bir narsani ilg’ash qobiliyatini yo’qotganlar. Tashqi atrofdagi ularga ma’qul sharoit hamma narsani hal qilolmaydi. Ichki olam, ichki dunyo, ichki ilohiy quvvat, Iloh nuri, ilohiy inson paydo bo’ladiki, yuqoridagi “kuchlarni” qolipga soladi. Ular ongi eta olmaydigan, ko’rinmaydigan sohalarni Tangri yaratadi va ishga soladi.

Odam vujudida 4 ta tizim informatsiyani yig’ish uchun mo’ljallangan. Bular suv, qon, limfa (mijoz), hujayra tizimlaridir. Har bir sistema inson uchun lozim bo’lgan xabarni ma’lum darajada ushlab turadi va bir-biri bilan chambarchas bog’lagan holda axboriy almashishlar o’tkazadi.

Suv tizimi – fizik (jismoniy) jarayonlarni boshqarsa, qon – fiziologik, limfa – xabariy, ruhiy, hujayra esa ilohiy protsesslarga ta’sir ko’rsatadi va o’ziga taaluqli axborotni yig’ib pastga va tepaga uzatadi.

Organizmda eng muhim axborot yig’uvchi, eslab qoluvchi va u dunyoga odam ketgandan so’ng ro’yobga chiqaruvchi sistema mavjud. Aynan Qur’oni karimda ikki elkada turib yaxshilik va yomonlikni yozuvchi farishtalar inson organizmi va uning atrofida to’g’ridan-to’g’ri yaratib qo’yilgan. Bu limfa (mijoz) tugunchalar tizimlaridir. To’g’ri, ilohiy kitobda uchinchi, ya’ni hatti-harakatlarimizni rasmga oluvchi farishta haqida ham so’z yuritiladi. Bu haqda keyingi ishlarimizda ayonlik berib boramiz.

Demak, bu limfa tugunlari... inson uchun eng muhimi - informatsion omil ekan. Savollar ko’p... javob beramiz...

Zamonaviy fanlarda ushbu iboraga to’liq ma’lumot yo’q. Uni qondagi unsur va hokazo noaniq fikrlar bilan tushuntirishga harakat qilinadi.

Aslida mijoziy tizimni soddaroq tushunish uchun o’ta mayda to’rdagi baliqni tasavvur qilish kerak. Aynan odam tanasi ichki va tashqi a’zolari shunday limfa ipchalari bilan bog’langan bo’ladi va boshqariladi. Hech bir axborot mijoziy sistema xotirasiga kirmasdan vujudda namoyon bo’lmaganiday, hech bir xabar limfa esida qolmasdan chiqib ketolmaydi. Uning roli shu darajada buyukki uni tasavvur qilish qiyin. Insondagi har qanday ijobiy va salbiy, yaxshi sog’lik va yomon sog’lik, jiddiy potologik jarayonlar, hatto saraton (rak) kasalliklari ham faqat uning huzurida hal qilinadi.

Mijoziy tizim to’g’ridan-to’g’ri suv, qon va hujayra sistemalariga hayot baxsh etib, ularni boshqaradi va lozim topilganda, o’zi xohlasa, inqirozga uchratadi.

Chuqur tabobat teoriyasini oldinga surgan professor Zalmanov aytib o’tganidek, saraton xastaligining kelajagi faqat limfa tizimiga bog’liq bo’lib qoladi.

Bizning va yaratilgan barcha galaktik olamlar ham, aynan shunday to’rlar arqoni singari bir-biri bilan organik bog’langan va yakka gollogrammani tashkil qiladi. Demak, inson vujudidaga manba o’zagi bu – limfa tizimidir, chunki u tuganmas xabarni qabul qilish, qayta ishlash, eslab qolish va amaliyotda qo’llash qobiliyatlariga egadir.
 
Keling, endi odam organizmidagi limfa tizimlarining roli haqida gap yuritaylik.

Vujudimizda, ya’ni mijoziy tizimda ijobiy va salbiy informatsiya 50 +  50 - bo’lishi lozim. Aynan shunday muvozanat tanamizdagi immun sistemani ushlab turgan holda xastaliklarning paydo bo’lishiga yo’l qo’ymaydi. Mabodo, shunday holat ro’y bersa, u kurashib uni to’g’rilashga harakat qiladi.

Har qanday vujuddagi xastalik ushbu muvozanatning buzilishidan boshlanadi.

Masalan: 50 – 50 + emas, 60 – 40 + bo’lsa, suv tizimida xurujning paydo bo’lishiga sabab bo’ladi. 70 – 30 + bo’lsa, qon sistemasida patalogiya hosil qiladi. 80 – 20 + bo’lsa, ruhiy holatga ta’sir ko’rsatib, asosiy organizmda jiddiy xastalikning paydo bo’lishiga olib keladi.

90 – 10 + bo’lsa, xastalik hujayrada rivojlana boshlaydi.
95 – 05 + bo’lsa, hujayra darajasida saraton kasalligi nihoyasiga etib, organizmni yashashdan to’xtatadi.

Xo’sh, bu raqamlar, bunday aniq ma’lumotlar qanday paydo bo’lgan, nimaga asoslanib ko’rsatilmoqda?! Odam vujudidagi muvozanatni yaratish uchun omillar mavjudmi?! Patologik informatsiyalar nimalar asosida paydo bo’ladi, ular nimalarga jiddiy ta’sir ko’rsatishi mumkin?! Xurujiy axborotdan himoyalanish mumkinmi yoki uni organizmdan chiqarib yuborishning yo’li mavjudmi?!

Aynan shu savollarga javob berish uchun Nursafardiyya ilohiy tabobatiga murojaat qilishimiz lozim bo’ladi. (davomi bor...)   

YANGILANISHLAR

MAHSULOTLAR

Media-mahsulotlar pochta orqali

SAYT XARITASI

STATISTIKA