TOIFALAR

QATRON

SHOGIRDLARNING SHARXLARI

NURSAFARDIYYA
ISH FAOLIYATI

QIDIRUV

HAMKORLAR

Xalq yolida Xalqparvarlik

Muallif: Sofiy tabib Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2013-06-20

Xalq deganda, aslida tom ma’noda insoniyat tushuniladi, ya’ni insoniyatning yaralishi Odam alayhissalom va Havo momodan boshlangan to’xtovsiz jarayondir. Aynan Nursafardiyya ta’limotidagi xalq iborasi er yuzidagi xalqlar, xalqparvarlik esa umuminsoniyatga bo’lgan munosabatni anglatadi.

         Demak, har birimiz er kurrasida bir ota va onadan kelib chiqqanmiz, qondosh-qarindosh, bobo, ota-bola, momo-ona-qizlarmiz.

         Xo’sh, shunday bir-birimizga yaqin ekanmiz, nima uchun endi shunchalik bir-birimizdan farq qila boshladik, bir-birimizdan uzoqlashdik, bir-birimizga do’st , xesh bo’lish o’rniga bir-birimizga raqib, dushman bo’lib qola boshladik? Bu savollarga javob berish uchun Ilohga va Uning bizga xabar sifatida qoldirgan kitoblaridan biri bo’lmish Qur’oni karimga murojaat qilamiz. Unda aytiladi: “Sizlar bir xalq edilaringiz, biz sizlarni sinov maqsadida xalqlarga bo’lib yubordik”. “Ey Muhammad, sizga bergan xabarlarimizni oldingi payg’ambarlarga ham berganmiz”.

         Shu oyatlardan ko’rinib turibdiki, biz sinov uchun bir-birimizdan uzoqlashtirildik, lekin bizlarga jo’natadigan payg’ambarlarga berilgan ilohiy xabarlar bir xil tarzda yuborilgan. Faqat sinov maydonida kuchlar teng bo’lmasligi, tafakkurlar darajasi farq qilinishi evaziga, nafsoniyatning g’olib chiqishi sababli Iloh rejalagan uzoqlashuv masofasi o’ta yiroq bo’lib ketdi. Sinov jarayoni insoniyat tomonidan unutilgani uchun u asta-sekin jazoga aylana boshladi.

         Biz o’zimizni o’zimiz nafs ilinjida manqurtlikka, tubanlik girdobiga olib bormoqdamiz.

         Iloh aytadi: “Men sizlarga yaxshi, to’g’ri yo’lni ko’rsatdim, lekin sizlar men yashirib qo’ygan noto’g’ri yo’lni tanladilaringiz”. Bu voqealarni Iloh maxsus uyushtirganmi yoki rejadagi informatsiya qolipdan chiqib ketayaptimi?

         Unisi ham, bunisi ham ro’y bermayapti, hammasi rejadagiday biz tilga olgan xalq-insoniyat tafakkuridagi etishmovchiliklar asosida amalga oshmoqda.

         Iloh aytadi: “hech kimga yomonlikni ravo ko’rmayman, faqat niyatiga qarab uni yaxshilik yoki yomonlik tomonga yo’naltirib qo’yaman”...

         Demak, insoniyat o’z niyatiga qarab yo ijobiyatga yoki azob girdobiga mahkum etiladi.

         Xo’sh, xalq doimo yaxshi niyatlar qilsa, amallar yaratsa, duolar faqat ijobiy bo’lsa, nega endi salbiy jarayonlar ro’y beradi?

         Biz xalq degan insoniyat ichidan shunday padarla’natlar ulg’ayib chiqadiki, ularda aynan niyati buzuqlik dunyo amali bo’lib qoldi. Ular xalqdan chiqib, o’zining yaratuvchisini unutadilar, ularni o’zlariga qul qilib oladilar, lozim bo’lsa, ularga qarshi chiqqanlarni ayovsiz yo’q qiladilar, Allohning vazifasini o’z zimmalariga olishga harakat ham qilib ko’radilar. Manmanlik, mag’rurlik, buzg’unchilik shiori asosida o’z manfaatlarini amalga oshirmoqchi bo’ladilar.

         Iloh aytadi: “manman va mag’rur bo’lganingda, sen onangning qaeridan chiqqaningni esla, shunda qanday pasligingni his etasan ”...

         Insonning Ilohni unutishi, uning talablarini bajarmasligi, hatto kerak vaqtda Uni tan olmasligi, tafakkurning manqurtligini, hayvondan farqi yo’qligini, kerak bo’lsa, o’z ota-onasini o’z manfaati yo’lida qurbon qilib yuborishi mumkinligini qanday izohlash mumkin?

         Bizning zamonda xalq deyish rusumdan qolib ketgan voqea. Xalq so’zini ishlatish faqat rasmiy, majlisbozlik maydonlarida, qonunchilik hujjatlarida g’ilof sifatida ishlatilishi odat bo’lib qolgan, chunki xalqdan chiqqan “xalqparastlar” aynan ularni shu ahvolga soldilar.

 Paytlar bo’lganki, xalq hukmisiz majlislar echilmas, muhokamalar qilinmas edi.

         Ayrim “xalqparastlar” xalqning tafakkur darajasini shu darajada pasaytirish tizimini ishlatdilarki, xalqda garanglik sindromi, qullik ehtiyoji, yashash ilinji, vasvasa-qo’rquv hissiyotlariga tushurib qo’ydilar. Robot yaratish lozim bo’lmay qoldi. Tirik, arzon, jonli aqlsiz robotlar yarala boshlandi.

         Iso Maseh aytadi: “Ilohday mukammal bo’ling...”

         Ilohga ming qatla shukurkim, U xalq ichidan nafaqat “xalqfurushlarni”, balkim xalqparvarlarni chiqarib qo’yadi va insoniyat ichida himoya tizimini yaratib muvozanatni saqlaydi. Sinov maydonida kurashni avj oldiradi. Chumoli chumoli bo’lib, chuvalchang chuvalchang bo’lib yashamog’i darkor, lekin inson chumoli yoki chuvalchang bo’lishi Iloh oldida sotqinlikdan boshqa narsa emas. 

         Inson mukammal bo’lishi uchun u avvalambor sog’lom, tetik, tafakkuri teran, qo’rqmas, shiddatli bo’lmog’i lozim.

         Aynan shunday xislatga ega insonlar xalqimiz ichida ko’plab mavjud, lekin ularning hali davri kelmadi, ammo albatta keladi va xalq yanada o’z mavqeini tiklaydi, u ko’proq xalqparvarlarni o’z ichida tarbiyalab etishtiradi.

         Dunyo davlatlarida bo’layotgan voqealarga nazar tashlasak, Odam alayhissalom xalqining faollashuvi, kuchayyishuvini va qo’rqmay jasurlik bilan borayotganligini ko’ramiz.

         Xalq nafaqat qog’ozda yuqori, balkim hayotda ham hal qiluvchi kuch bo’lib qolmog’i darkor.

         Xalqparvarlik har bir inson uchun muqaddas vazifa ekanligini Ilohning o’zi qonunlari bilan belgilab qo’ygan.

         Biz bir xalqmiz, bir ota-onaning bolalarimiz, demak, totuvlik, hamjihatlik, birodarlik bizning shiorimiz va amaliyotimiz bo’lib qolmog’i darkor.

 

Uyqularim qochar sening holing eslasam,
Xalqim deyman, hatto tushlar ko’rganda.
Umidlaring ko’p, amallar istagi senda,
Yana faravon yashamoq ham istaysan ba’zan.

******************

Ne hollarga solinmading tafakkur yo’lida,
Kirgizdilar tuman ta’limot foydasiz senga.
Yashamoqdasan yana umidlar bisyor,
Yo’llaringda chohlar qazilar, tushib chiqarsan.

*****************

Qachonlardir sen ham odam edingku!
Qonunlarda xat emas, doston edingku!
Endi sen haqingda gapirmas inson,
Hatto o’zing ham bilmaysan o’zing.

****************

Chalg’imishsan uy-ro’zg’or, bola-chaqaga,
Yaratayin deb unga bag’ri keng olam.
Sendan chiqqan, chiqib ketar “u tomon”,
To’ldiradi cho’ntagini umidsiz umid,
Yolg’on fikru-havogayu, safsata gapga.

*******************

Taqdiringga yozilgan nomalar ko’pdir,
Nahot uyg’onishga sadolar topilmas endi.
Afsus ekan, sendan chiqaverar “ular”,
Ezib qoning ichaverar yaralgan sendan.

*******************

Chidarsan tushsa boshingga soliqu malomatlar,
Chirq etmaydi Iloh bergan tilu tafakkur.
Yana yaxshilikni qilib havas har damda,
Yashab o’taverasan yaratib yaxshiyu yomonni.

****************

Yorilar boshingda gohida oltin to’la xum,
Xum senikiyu, oltin ularga doim.
Yana xumdan loy qilib xumlar yasaysan,
To’ldirib oltinga, xumlar boshingga.

*****************

         Qalbinggayu ichki vujudga quloq solmoq vaqti keldi,
Uxlab qolgan asrlar quvvatin uyg’otmoq vaqti keldi.
Yomon emas, yaxshi avlod yaratmoq vaqti keldi,
Iloh uchun ibodatlar qilmoq vaqti keldi.

So’fiy tabib Nursafardiy
 

YANGILANISHLAR

MAHSULOTLAR

Media-mahsulotlar pochta orqali

SAYT XARITASI

STATISTIKA