TOIFALAR

QATRON

SHOGIRDLARNING SHARXLARI

NURSAFARDIYYA
ISH FAOLIYATI

QIDIRUV

HAMKORLAR

Ilohiy manba ozagi (matritsa) / ( ) / (The Divine matrix)

Muallif: Sofiy tabib Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2013-06-03

Dunyoda aholi sonining to’xtovsiz o’sishi, texnologik rivoj, insonning komfortga (qulaylik) intilishi, o’zining ongiy quvvat darajasini kuchaytirishi, erdagi hukmronlik etmasligi va uning koinotlar bag’ridagi sayyoralarga turli maqsadlarda ekspeditsiya uyushtirilishi va hokazalar odamzodni yangi tuganmas manba topishga majbur etmoqda.

Shunday manbalardan biri, bu matritsadir, ya’ni manbaning asosini tashkil qiluvchi o’zakdir.

Endi insonni Iloh foydalanishga bergan manba qiziqtirmay qo’ydi, chunki u manbadan U xohlaganday emas, o’zi xohlaganday, istagancha, beqiyos ishlatish niyati bor.

Xo’sh, matritsa (manba o’zagi) o’zi nima va nima uchun u shunchalik dolzarb bo’lib qoldi? Uni tushunish mumkinmi? Unga erishish mumkinmi? Umuman u bor narsami? Uni o’rganayotganlar to’g’ri yo’ldami? Olimlar darajasida uni o’rganib bo’ladimi? - degan savollar oldinga tashlanadi. Bu hali tajribadan o’tmagan savollarga javob berish uchun bir oz orqaga, ya’ni tarixga nazar tashlash lozim bo’ladi.

1944 yilda kvant teoriyasining otasi bo’lmish Mark Plank aynan manba o’zagi mavjudligi, yangi yulduzlar, DNK va hayot ham undan boshlangani to’g’risida aytib o’tgan. Olimlar haqiqatdan ham ilohiy matritsa borligini isbot qiluvchi tajribalar o’tkazishgan.

Bu erda bir narsaga oydinlik kirgizish lozim bo’ladi. Matritsa so’zi rus tiliga “matka, istochnik, nachalo” deb tarjima qilinadi. Aslida bu tarjima ushbu voqeaning asl tom ma’nosini berolmaydi, chunki har qanday manba ham qaerdandir ozuqa oladi. Aynan o’zbek tilidaga “manba o’zagi” degan ibora uning mohiyatini ochib beradi.

Bunday olib ko’rganda biz dunyoga oldin yaratilgan xodisalarni kuzatish uchun kelganga o’xshaymiz, chunki hamma olamlar bizdan oldin yaratib bo’lingan. Xo’sh, hamma narsa bizdan oldin yaralib bo’lgan bo’lsa, biz passiv ko’rsatishimiz kerakmi yoki olamda yo o’zimizda o’zgarishlar xosil qilishga harakat qilishimiz darkormi? Ya’ni Eynshteyn teoriyasida ketishimiz yoki o’zgarish yaratishimiz lozimmi? Qanday qilib koinot voqealariga ta’sir o’tkaza olamiz?

Shu erda Eynshteyning “bizga erning tayanch nuqtasini ko’rsating, biz uni to’ntarib tashlay olamiz” degan fikrlari mavjud.

Kvant fizikasi olimi Devid Bom bu sohada ikkita olamshumul fikr berib ketgan.

Bom aytadiki, olam yakka bir gigant tizimdir, ya’ni koinotiy gigant gollogramma.

Ta’sir doiramizni kuchaytirish, uni faollashtirish uchun ilohiy manba o’zagini topishimiz kerak bo’ladi.

Xo’sh, shunday manba o’zagi mavjud ekan, u bilan qaysi tilda va qay tarzda munosabatda bo’lish mumkin? Olimlar matritsa bilan munosabatda, son, alifbe, so’z kerak bo’lmaydi, degan xulosaga kelishgan, ya’ni u bilan hissiyot tili orqali munosabat o’rnatsa bo’ldi, deyishadi.

Shunday qilib matritsani ham topdik deylik, lekin uning xo’jayini, uning yaratuvchisi borligini hisobga olmayapmizku!

Barcha olimlar o’zlarining ta’qiqotlarida ilohiy matritsa haqida gapirishadilarku, lekin yaratuvchi, ya’ni Ilohning o’zi haqida lom-lum deyishmaydi. Nahotki, qo’lsiz qoshiqni og’izga olib borish mumkin bo’lsa... Undan so’ng hissiyot tili haqida gap yuritishganda, uning qandayligi, darajasi, xilma-xilligi to’g’risida eslashmaydi.

Ilohiy matritsa bilan munosabat qiladigan his-tuyg’u tilini qanday rivojlantirish mumkin? Bunga ishlab chiqilgan metodika mavjudmi?

Undan keyin darajasi yuqorilangan insonlarda dunyoviy his-tuyg’ular o’lib boradi, unda ne bo’ladi? Ilohga yaqin odam matritsani tushuna olmaydimi yoki unga kira olmaydimi?!

Shak-shubhasiz, inson ob’ekt sifatida yaratilibdimi, u dunyo matritsasiga ta’sir qilmasdan iloji yo’q.

Faqat bu ta’sir qanday, qay darajada, kim orqali ro’y berishida bo’lib qoladi.

Nega endi olimlar o’z darajalarida turib xulosa qilayaptiki, aslida Iloh berib qo’ygan ilmlardan foydalanmasdan dunyoga jar solmoqdalar.

Qur’oni Karimda bir odamda ettita tana mavjudligi haqida muhrlab aytib o’tiladi. Aynan, qaysi tana matritsani tushuna oladi va qaysisi unga ta’sir ko’rsatish hissiyotiga ega?!

Shundan ko’rinib turibdiki, manba o’zagi egasi bo’lmish Ilohsiz matritsa maxfiyatiga etib bo’lmaydi. Uni o’rganish, ochib berish va foydalana olishlik Ilohning ilmlarisiz ro’y bermaydi.

 

Ikki yuqorida aytib o’tilgan xulosaga uchinchisini ham alohida qayd qilish kerakki, Iloh tomonidan yaratilgan inson Uni tanimasdan, unga nisbatan ibodat tizimini qo’ymasdan, ilohiyat darajasiga etmasdan matritsani ochish haqida o’ylamasa ham bo’ladi. Ilohiy manba o’zagida tura olgan insonda katta tuganmas kuch-quvvat, turli-tuman qobiliyatlar, insonlar taqdiriga ta’sir o’tkaza olish imkoniyati, gallaktik voqealarda qatnasha olish, tabiat hodisalarini qisman bo’lsada o’zgartirishi mumkin bo’ladi.

Dunyoda insonlar, fikrlar, hissiyotlar, illyuziyalar ko’p, xohlovchilar undan ham ko’p, lekin ilohiy darajaga yagonadir. Ilohiy maxfiyat ilohiy insonlar uchundir.

Moviy bo’shlig’ingda uchadi borliq,
Tebranadi to’xtovsiz borliqdagi vujudlar,
O’chmas iz qoldirar borliqda quvvat,
Manbaning o’zagida turarsan O’zing.

Ne holni aylading menga ravo borliqdan,
Istagu intilish hislarin o’chirib menda.
Hatto bo’ysundirmoq xohishi yo’qoldi senda,
O’zga sayyoralar qo’yniga kettimu borliq?!

Ibodatsiz yo’lni topmoq bo’lmas, deding,
Umring o’tsa faqat meni deya, yasha deding.
Mendagi hol agar Sendan bo’lsa, albatta.
Nechun nom-nishoni yo’q ikkisidan ham.

Qo’rqaman menligim bilmoq istasam o’zim,
Vujudim yo’qliqda yaratar borliq.
Sendagi quvvatdan sezarman o’zda,
Qo’rqaman, ne holda holim bo’lmoqda ravshan.

Nahot tanamni berib foniy dunyoga,
Istaysan, yaratmoq iloh olamni menda.
Qo’rqaman, holimni anglamoq, hatto fikrda,
Teng bo’lishga sening quvvating ila.

So’fiy tabib Nursafardiy

YANGILANISHLAR

MAHSULOTLAR

Media-mahsulotlar pochta orqali

SAYT XARITASI

STATISTIKA