TOIFALAR

QATRON

SHOGIRDLARNING SHARXLARI

NURSAFARDIYYA
ISH FAOLIYATI

QIDIRUV

HAMKORLAR

Sofiymisan yoki tariqatchi?! Yoxud ular kimlarga va qanday maqsadlarga xizmat qiladi?

Muallif: Sofiy tabib Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2013-05-22

Insoniyat o’z uzoq va murakkab tarixi davomida bir qancha din, falsafa va oqimlar tizimlarini boshdan kechirdi, yana kechirmoqda. Ularning yaratilishi biri Iloh xabari asosida ro’y bergan bo’lsa, boshqa birlari ilohiy ilhom va yana birlari shaxsiy nafs, shaytoniy xabarlar asnolarida vujudga kelgan.

Aynan shunday axboriy tizimlarning paydo bo’lishi insonni bir tomondan tafakkur darajasida mukammallik yo’nalishida oldinga yurgizgan bo’lsa, ikkinchi tomondan sinov sifatida berib borilgan.

Alloh ushbu sistemalarning yaratilishiga yo’l qo’yibdimi, demak ularga biz baho berishimiz, tanqid, ta’qib qilishga haqqimiz yo’q, chunki inson o’z fahm-farosati, tafakkur o’tkirligi, ilohiy darajasiga qarab u yoki bu dinda, falsafada, oqimda bo’la oladi.

Bizning vazifamiz insonning nafsiy ilinjida, jamiyatdagi salbiy jarayonlar, monopolizatsiya, ayrim yuqoridagi shaxslarni o’z manfaatini ko’zlab yuqorida tilga olingan tizimlarni to’g’ri tushuna olmasligi, chalkashtirishi yoki umuman tushunishni xohlamasligi borasida so’z yuritmoqchimiz. Ilohiy tizimlarni hech bir inson nafsi uchun o’ziga qurol qila olmaydi, chunki ularning kalavasi yuqori zotda bo’ladi, lekin U tomondan insonga berilgan va keyinchalik o’ziga moslashtirib olgan va o’ziga “xizmatkor” darajasida foydalanayotgan diniy, falsafiy tizimlarda shunday salbiy jarayonlar ro’y berishi mumkin.

Bunga misol qilib, dinlarning siyosiylashuvi, ayrim oqimlarning terrorlashuvini olish mumkin. Ushbu maqsadlarni amalga oshirish uchun ulardagi boshliqlarni nafsoniy shaxslardan tashkil toptirish, o’zlarining “yugurdagi” sifatida foydalanish hozirgi zamon dolzarb masalasi bo’lib qolmoqda. Bunday insonlar bilib qo’ysinki, ilohiy quvvat faqat ilohiylar uchundir. Ular u yoki bu dinni o’ziga bo’ysundirib o’zlarining qora niyatlarini amalga oshirishi va ulardan ozuqa sifatida foydalana olishi, bu illyuzion holatdir, xolos.

Allohga ming bor shukurlar bo’lsinki, aynan 20-21 asrlar har bir shaxs uchun har jihatdan sinov davrlari bo’lib kelmoqda. Fanoviy talablarning to’xtovsiz kuchayib ketishi, texnokratik davrlarni oxiriga etishi, er yuzi va osti manbaalarining nafs yo’lida musobaqaviy ishlatilishi, inson ongidagi informatsion qoliplarning o’zgartirilishi, fahm-farosat va ilohiy tafakkurga bo’lgan talablarning pasayishi, insondagi hayvoniy xislatlarning kuchayishi, garanglik, e’tiborsizlik, manmanlik, poraxo’rlik, ko’rolmaslik xislatlarining avj olishi, fundamental fan, tizim, din va falsafaga qiziqishni, haqiqatga bo’lgan intilishni susaytiradi.

Ammo hali insoniyat anglab etmayaptiki, bu davrlar Iloh tomonidan berilgan bir kichik sinovdir, butun hayot oldinda, aynan shu davrda nafsoniy qurbonga aylanib ketmaslik, bu katta mahoratdir.

To’xtovsiz kurash, qarama-qarshilik muqarrardir. Hamma gap kurashni qaysi tomonida bo’la olishlikda...

Sun’iy ravishda qiyin hayot tarzining yaratilishi, vaholanki, insonni chuqur tafakkuriy ilmga, ilohiyotga intiltirmaslikning bir yo’li. Inson oldingi yaxshi, qulay sharoitini saqlab qolish maqsadida o’zini suvga-olovga urishga, nohaqlik yo’lini tanlashga, Iloh ta’qiqlagan chiziqdan o’tib ketishga tayyor. Lekin bu yo’llar bilan u o’z kelajakdagi avlodiy quvvatini, jannatini kutib turgan ajdodiy urug’larini o’z qo’llari bilan yo’q qilayotganini bilmaydi. Bunga birinchi navbatda nafs xalaqit bersa, ikkinchidan tafakkuriy manqurtlik sabab bo’la oladi. Inson bir gal salbiy chiziq tomon o’tdimi, unda endi javobgarlik xislati o’ladi, qilmishlari odatiy holga aylanadi va o’zini jahannam botqog’iga botiradi.

Albatta, bunday yo’lga tushganni to’g’rilash yoki tuzatish qiyin, balkim kerak ham emasdir, chunki qurbonlik ham lozimdir. Bizga tarixdan ma’lumki, Iloh yo’lida insonlarni qurbonlik qilishgan. Keyinchalik Alloh tomonidan qurbonlikka hayvonlar ma’qul deb topilgan. Endichi, nahotki insonning qadrsizlanishi natijasida, tafakkurning manqurtlashuvi bilan yana inson qurbonlikka buyurildi...

Bunday insonlarda Ilohga e’tiqod, dinga munosabat, hayotiy falsafaga e’tiroz mavjud bo’ladi. Ularda Iloh tomonidan hujayra darajasida muhrlangan kod tizimini uyg’otish hukmiy bo’ladi. Shunday kod tizimini yurgazib yuborish tariqat, so’fiylik sistemalarida mavjuddir. Bu tizimlarni tushunish uchun avvaliga, so’fiylik nima, tariqat nima, ulardagi farqlar va darajalar haqida so’z yuritgan ma’qul.

Tariqat so’fiylikning bir yo’nalishidan bo’lib, asosida tasavvuf ilmi yotadi. So’fiylikni o’ziga kasb qilgan holda islom dinini rivojlantirish, uning hali ommaga ma’lum ma’lum bo’lmagan qirralarini ochish, lekin butun din ahkomlarini mukammal bajarishni o’z zimmasiga olgan ta’limotdir. Ibodat tizimida namozdan tashqari zikrni ham o’zlariga amal sifatida qabul qilishgan.

Tariqat yo’nalishlariga “Naqshbandiya”, “Mavlaviya”, “Chishtiya”, “Subxavardiya”larni misol qilib olish mumkin. Shu erda Evropa tariqatchilari haqida to’xtalib o’tish o’rinli.
Endilikda Evropada ayrim tariqatchilar islom dinidagi singari masjidlar barpo etib, ibodat tizimini dindagiday olib borgan holda fiqh ilmini ham rivojlantirishmoqda.
Tasavvuf ilmiga asos solinganda tariqatchilarimizdan Imom al-Buxoriy, At-Termiziylar hadis ilmini mukammal bir qolipga keltirib, islom dinining yangi qirralarini ochib berishgan.
Tariqatda inson o’zini Iloh quli sifatida qabul qilib, uning yo’lida to’xtovsiz xizmat qilishni vazifa qilib qo’yadi.

So’fiylik (sufizm) esa o’z oldiga maqsad qilib ma’rifat va haqiqat darajalarini qo’yadi va asosli ravishda din printsiplaridan chiqib ketadi, lekin uning ahkomlarini rad etmaydi va uni tariqat bilan bir qatorda boyitadi.

So’fiylik Haqqa, uning quvvatiga va maxfiy ilmiga erishish yo’llarini izlaydi va qolipsiz Iloh nuriga asoslangan tizim yaratadi. Mo’’tadil holda so’fiy ilohiy ilhomga ega bo’lib, Xudoning quvvatiy darajasiga erishadi va uning do’sti bo’lib qoladi. U shunday maxfiy ilmlarga ega bo’ladiki, ularni kundalik hayotida ishlata boshlaydi, Tangrining xabariy quvvati yordamida shunday amallar yaratadiki, ularni faqat yuqoridagi kuchlar qila oladilar. Shu tariqa inson ilohiylashadi va faqat Iloh amri bilan ish yurita boshlaydi.

So’fiy jamiyat, er yuzidagi printsiplardan butunlay uzilib qolmaslik uchun diniy ahkomlardan, ilohiy kitoblardan foydalanadi, ularga ma’lum darajada bo’ysunadi, lekin o’z tafakkurida qolip tizimini paydo bo’lishiga yo’l qo’ymaydi.

Dunyo miqiyosida Islom va boshqa dinlarning rivojlanishida va yoyilishida so’fiylik asosiy rolni o’ynagan. Dinlar o’zlarini namoyon qilish uchun hujumlar, janglar, ayrim holatlarda majburiylik yo’llarini qo’llangan bo’lsa, so’fiylik doimo e’tiqod, ichki quvvat, tafakkur va karomatlar evaziga u yoki bu din yoki falsafani yoyishgan. Bunga misol qilib A. Yassaviyning Rossiya janub hududidagi va Kavkaz xalqlarining Islom dinini qabul qilishi misol bo’la olsa, Boburning janubiy va uzoq Sharq hududida dinni yoyishini yaqqol misol qilsa bo’ladi.
Yana bir Evropaga nazar tashlasak. Ushbu hududdagi hozirgi kunda mavjud so’fiylik maktablarining ko’pchiligi o’rta, uncha to’g’ri bo’lmagan ma’lumotlarga asoslanib faoliyat ko’rsatmoqdalar. Ularda Islom dini, tariqat va so’fiylikning qorishib ketganini ko’ramiz. Bunga ayrim sabablar mavjud. Islom dunyosi Evropaga to’g’ridan to’g’ri dinni kirita olmaganligi sababli so’fiylikning tariqat yo’nalishiga murojaat qilganlar. Evropadagi tariqat va so’fiylik bilan bog’liq aksariyat adabiyotlar Anna Mari Shimmel tomonidan Pokistondagi diniy arboblar maslahati bilan yozilgan. Bu adabiyotlar boshidan oxirigacha diniy ilmlar va ahkomlar borasida bahs yuritadi, lekin bayroq qilinib so’fiylik ko’rsatilgan.

Shu sababli o’zlarini so’fiylar deb atovchilar dinsiz faoliyatlarini olib bora olmaydilar. Aslida so’fiylik umuman din bilan bog’liq, “uning mistik” yo’nalishi degan noto’g’ri fikrlar hukm surib kelmoqda.

So’fiyning holatida dunyoning barcha ahkomlaridan foydalanish man qilinmaydi, lekin hol darajasida unga fanoviy tizim kerak bo’lmaydi. U ibodatini to’liq zikrga aylantiradi, “qolipsiz” dunyo yaratadi, o’zligini yo’qlikda topadi, yo’qlikda borliq bilan munosabat o’rnatadi, Ilohning hukmlarini erga etkazadi va mukammal ilohiyotga kirib ketadi.

So’fiy tabib Nursafardiy

YANGILANISHLAR

MAHSULOTLAR

Media-mahsulotlar pochta orqali

SAYT XARITASI

STATISTIKA