TOIFALAR

QATRON

SHOGIRDLARNING SHARXLARI

NURSAFARDIYYA
ISH FAOLIYATI

QIDIRUV

HAMKORLAR

Haq yo’lida Haqparvarlik

Muallif: So’fiy tabib Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2013-05-02

Ushbu shior Nursafardiyyaning asosiy shiori bo’lib unda aynan insonning Ilohga bo’lgan munosabati belgilanadi.

Inson Iloh tomonidan yaratilibdiki, uning asosiy maqsadi ham Haqparvarlikda bo’lishi lozim. Ya’ni Haqni hayotimizning asosi, ibodatimizning maqsadi, amaliyotlarimizning natijasi sifatida qaramog’imiz va ulardan chiqib ketmasligimiz, Haqparvarlik yo’lidagi Iloh oldidagi vazifamizni bajo keltirgan bo’lamiz. Undan kelganmiz va Unga qaytamiz. Haq yo’li-umumbashariy yo’ldir. Ushbu yo’lda yurish yoki yurmaslik bizning niyatimizga, intilishimizga va nihoyat e’tiqodimizga bog’liqdir.

Haqparvarlikni, unga bo’lgan iliq munosabatimiz, uning mavjudligi, doimiyligi va yagonaligiga iymon keltirgan holda uning yo’lida ibodat, zikr va amallar bajarish bilan ifodalash mumkin bo’ladi.

Haqiqat haqqini Yaratgan bilganiday, biz Unga tavakkal va astoyidil intilamiz, o’zligimizdagi ilohiy vujudni izlaymiz, unga yaqinlashamiz va ilohiyot darajasiga ko’tarilamiz. Harakatimiz, nafasimiz va zikrimiz ilohiy darajada ro’y bera boshlaydi, Haqparvarlikdagi amaliyot paydo bo’ladi. Va u atrofimizga ko’zga ko’rinmas nur, quvvat va xabar tarata boshlaydi. Insoniyat undan bilar-bilmas orom oladi, duo qiladi, shukurlar va tasannolar aytadi.

Haqparvarlikni o’ziga kasb qilgan inson nasibasini va ajrimini Ilohdan oladi. Haqparvar ilohiy baxtga erishadi. Bunday baxt insonni doimiy ilohiy qolda ushlab tura oladi.

Haqparvar ilohiy inson darajasiga etganda Iloh unga vazifa taqdim etgan, bu dunyo ishlaridan ozod qilgan holda galaktik miqiyosdagi yumushlarni yuklay boshlaydi. Haqparvar ilohiy jarayonda insonlarga ijobiy informatsiya in’om etadi, ularni ilohiyotga undaydi, yumushlarida, sihat-salomatliklarida ijobiy omil bo’la oladi.

Chekinish:
Boshdan (miyadan) o’tayotgan ijobiy va salbiy fikr va xayollarga qarshi kurashish yoki to’xtatishga harakat qilma, ular daryodagi suvday oqib o’taversin, muhimi ular bir joyda to’xtab qolmasligidadir. Fikrsiz miya rivojdan to’xtaydi va manqurt holatga aylanadi. Fahmsizlik sifatlari kuchayadi. Hayvoniy holat yuz bera boshlaydi. Bu voqea sekinlik bilan psixologik va jismoniy darajalarga ta’sir o’tkazib tushkunlik va dangasalik hislarini uyg’otadi.

Haqparvar ozuqani Ilohdan ola boshlagandan boshlab atrofga, insonlarga ruhiy quvvat bera oladi. Ikkalasi ham bu voqeani sezmagan holda ilohiyot tizimini er yuzida, koinotda va gallaktikada rivojlantiradi. Birinchisi kelgusi hayoti uchun porloq kelajak yaratadi va jannat nashidasini shu erning o’zida his eta boshlaydi. Haqparvar uchun zaminda, jamiyatda va hatto oilada ham hurmat-ehtirom, mukofot, jar solishlik, obro’-e’tiborliklik muhim bo’lmaydi. Chunki unga Iloh boshqa daraja va vazifani yuklaydi, fikriy xabar orqali uni boshqaradi, xizmat qildiradi va mukofotlaydi. Haqparvar o’z manfaatlaridan voz kechadi, dunyoviy hodisalardan ozod bo’ladi va Iloh maxsus yaratgan darajaviy muhitga kiritiladi, ilohiy qobiq asnolarida hayot kechira boshlaydi. Tanasini, vujudini yoshartiradi va yangilay boshlaydi. Hujayra tizimiga ijobiy ta’sir ko’rsatib, uning o’lishiga yo’l qo’ymaydi, aksincha yangi hujayralarni yarata oladi.

Haqparvarning asosiy vazifalaridan biri-“qora kuchlar”ga uchinchi darajada kurash olib borish,ularning Iloh qoidalaridan chiqib ketib boshqa galaktik salbiy amallarni er kurramizga kiritish, insoniyatni o’zlariga har jihatdan bo’ysundirish, ularni qullikka mahkum qilish, ular xohlagan “mos” jamiyat texnologiya va hukmronlikni yaratishdir. “Qora kuchlar” o’zlarining fojeali amallari bilan odam zotini Iloh quvvatidan mahrum etish, qo’rqitish, vahimaga solish va nihoyat Yaratganning o’ziga ochiqdan-ochiq “Sen emas, Sen yaratgan olamni biz boshqaramiz“ deb Unga to’g’ridan-to’g’ri urush e’lon qilishdan ham toymayaptilar. Ularning jirkanch harakatlariga xalaqit beruvchilarni xilma-xil noqonuniy yo’llar bilan yo’q qilishga harakat qilayaptilar. Ular o’zlarining jirkanch amallarini oddiy insonlardan yashirish maqsadida va ularni o’zlarining yo’lida maxfiy ishlatish uchun xilma-xil usullar o’ylab chiqishyapti.

Har bir Haqparvarning oldida murakkab va ma’suliyatli ish turibdiki, uni u hozir, shu daqiqada, shu erda bajara boshlashi lozim, aks holda...

Insonlar bilan munosabatda Haqparvar obro’ topolmaydi. Odamlar Haqparvarni anglab etolmagani uchun tezda undan uzoqlashadi, lekin uning xizmatidan, qobiliyatining natijasidan voz kechmaydi. Tafakkur saviyasi etmagandan Haqparvar ga baho berolmaydilar, unga bo’lgan intilish tez-tez o’zgarib turadi, lekin asosan ularda ichki qo’rquv paydo bo’ladi. Bu vahima insonning o’zi bilan bog’liq bo’lmagan holda ro’y beradi, chunki u jamiyat va oila qoidalaridan va qonunlaridan chiqib ketishdan qo’rqadi, nafs, yakkalanib qolish, jamiyatga mos kelmaydigan tizim, oqim, falsafa, “din, sekta” bo’lishi mumkin degan xulosaga keladi. Bu esa uni Ilohdan uzoqlashtiradi, ichki dunyosida tabiiy yaratilgan ekologik jarayonga salbiy ta’sir ko’rsatib, manqurt, qul, robot, narsa darajasiga tushirib yuboradi. O’z fikr doirasiga ega bo’la olmaydi, uni jamiyat va munosabatda bo’layotgan shaxslar fikrlari asosida o’z ichki dunyosini yaratadi. O’zlik tizimida Ilohni yaratish maqsadidan chiqib ketadi. Erga xilma- xil o’g’it kerakday, uning jasadi, hatto ruhi ham yaramas chiqindilarga qo’shilib ketadi, chunki bunday manqurt ruh u dunyoda o’z joyiga ega bo’lmaydi, foydasiz, quvvatsiz manqurtlik girdobiga tortilgan bo’ladi. Haqparvar bo’lmasdan kelajakni yaratib bo’lmaydi. Haq o’zgarmas, doimiy va abadiydir. Har qanday jamiyat qanday mukammal yoki vahshiy bo’lmasin, u inqirozga uchrashi muqarrardir. Demak, insonning yaratilishidan maqsad Haqparvarlik va unga qaytishingiz aniq ekan, nega endi tafakkuringizni, ichki dunyoyingizni, ilohiyotingizni, nainki borlig’ingizni vaqtinchalik dunyoga, nafsga, narsalarga, Iloh yo’lidan chiqib ketganlarga berib qo’yishingiz aqlsiz uchun ham tushunarli, ayniqsa uning kelajagi...

Ilova 1: “Zamon senga boqmasa, Sen zamonga boqgin” maqoli dunyoviy jarayonlarga qarata aytilgan, lekin ilohiy fursatni boy berish uchun emas...

Ilova 2: Oxirgi 2 asrda insoniyat o’tgan 20 ming yil ichida yarata, ixtiro qila olmagan tizimlarni (boshqa galaktik kelgindilardan tashqari) ro’yobga chiqardi. Texnokratik rivoj shu darajaga etdiki, endilikda bir olamshumul tasannoga loyiq narsa yaratib bo’lmaydi. Faqat uning tashqi ko’rinishi, ishlash faoliyatini yaxshilashi mumkin, xolos...

Inson o’ziga Iloh tomonidan berilgan narsalarnigina mukammallashtirdi, xolos, lekin Tangri yaratgan borliqqa ta’sir ham qila olmadi va qila olmaydi. Agar biz Haqparvar tizimini yo’lga qo’ya olmasak...

Yaralgan olamda inson ham bor edi,
Yaratmoq istagi unda ham bor edi.
Yaralmish xilma-xil ashyolar inson qo’lidan,
Qay zamon ilohni inson yaratar o’zda.

Ilova 3: Haqparvar Iloh yo’lida muqarrar turgan holda yaralib qolgan “qora kuchlar”ga qarshi kurasha oladigan shaxsdir. Bunday kurashsiz kelajak yo’q, chunki “qora kuchlar” nafaqat er yuzini, balkim galaktik jarayonlarga salbiy ta’sir ko’rsatib, Ilohning bizga berilgan in’omlaridan mahrum etishga harakat qiladilar. O’zlariga o’xshashlarni yaratadilar. Ularga qarshi turish farzdir, shiddatdir, qo’rqmaslikdir, g’olib bo’lishdir... >

Ilova 4: Iloh har bir narsani ijobiyot yo’lida yaratadi, lekin niyatlar ayro, salbiyot paydo bo’ladi. >

Nafsimni nafsimga to’qnash keltirdim,
Qutulmoq istagida salbiy xabardan.
Nafslar birlashib o’pqon bo’ldilar,
Sendagi quvvatsiz mendagi istak vayron bo’ldilar.

* * * *

Haqparvarlikni shior qildim, Ilohim,
Sendan fikriy xabar olmasdan burun.
“Tavakal” oyating menda jo bo’ldi,
Qo’llovchimsan boshqar meni jihoding sari.

* * * *

Yaralganmiz Sendan o’lib tirilmoq uchun,
Tiriklikda Haqparvar bo’lmoq uchun.
Muqarrar o’lim, Senga qo’shilmoq uchun,
Qo’llovchimsan boshqar meni jihoding sari.

* * * *

Jihodingdan bo’lsin inson mukammal,
O’zligini o’zi topsin amallar ichra.
O’zgalarga “jihod ” emas, mehrini ochsin,
Jihod so’zin anglamasa sabrda qotsin.

* * * *

Vahshiylikni “jihod” bilib gumroh bo’lmangiz,
Qozilikni Sizlar emas, Iloh qilsa bas.
Haqparvarni Yaratganning o’zi bilur,
Taqdirining tarozusi Undan kelur.

* * * *

O’ylab ko’ring, Siz g’olibsiz shu zamon,
Ne holingiz kechar “afsus”, u zamon.
Haqparvarda nuqson bo’lsa, echilur oson,
Sizdagi qora tugunlarni, biling, Yaratgan echur.

* * * *

Hukmdorlik davosini Iloh bergaydur,
Ammo biling, bu sinovmi yo jazo unvoni.
Haqparvarni Haqning o’zi sinab bo’lgandir,
Unda sinov nima kerak, kimlar jazoda?!

* * * *

Haqparvar hikmatiga quloq osing,
Xizmatlarin elga bering, o’zga oling.
Manmanliklar qolar zamon sarqitiday,
Esga olmas, hatto sizga ta’zim qilganlar.

* * * *

Haqparvarlik shior bo’lsin barchaga,
Bu ozodlik ramzidir, ozoddir fikr.
Tafakkurda uyg’onar Iloh degani,
Uyg’onar yaratish, mukammal amal.

* * * *

Haqparvarni yuzin qora aylamang,
Qoralikdan so’z ochganda o’zga boqing, aylamang.
Siz bilmassiz xalq qalbida yaralgan olam,
Hikmatlarim, xizmatlarim eslab qoldi lang

So’fiy tabib Nursafardiy

YANGILANISHLAR

MAHSULOTLAR

Media-mahsulotlar pochta orqali

SAYT XARITASI

STATISTIKA