TOIFALAR

QATRON

SHOGIRDLARNING SHARXLARI

NURSAFARDIYYA
ISH FAOLIYATI

QIDIRUV

HAMKORLAR

Umumbashariy taraqqiyot va global muammolar

Muallif: So'fiy-tabib Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2009-08-23

Ushbu ilmiy-ommabop risolada so'fiy-tabib shayx Nursafardiyning Tangri, Olam va Odam haqidagi hikmat xazinasidan bahramand bo'lish bilan birga global muammolarni mukammallik orqali hal etish haqidagi falsafiy-diniy qarashlari bilan tanishar ekansiz, uning teran asoslari insonni fikrlashga undaydi. Ilohiy g'oyalari tafakkur tarbiyasini yuksaltirishga, komillik cho'qqilariga ko'tarilishiga xizmat qiladi. Ilohiy tamoyillarga asoslangan ulug' falsafa o'zlikni anglashga, Tangrini yod olishga, mukammallik va komillik sarhadlariga yuz burishga chorlaydi.

****

SAVOL: - Demakkim, dunyoning ichida yana bir dunyo mavjud. So'zlaringizdan angladimki, insonning o'zi hali echilmagan, kashf kilinmagan bir olam ekan. Bizga Tangri, Olam va Odam orasidagi uzviy bog'liqlik haqida batafsilroq so'zlab bersangiz?

JAVOB: - Odam, Olam va Tangri. Odam ojiz bandadur, Olam fanodur, Tangri baqodur. Banda ojizdur, olam omonatdur, Tangri boqiydur. Banda qalbi so'qirdur, Olam aldamchidur, Tangri hisobchidur. Banda qadamidan gunoh ungay unga munosib hukm o'qigay

Banda nafsi ammora qulidur, olam-xumori banda gulidur, Tangri hisobning bulbulidur. Banda mehrni unutsa beshafqatdur, Olam go'yo unga bir shavkatdur, Tangri javonmardlar uchun shavqatdur. Banda adashdi ki, ul gunoh botqog'idadur, Olam botqoqqa botirmoq chog'idadur, Tangri samoda kuzatib turgay arshning tog'idadur. Banda ham bir sirdur, Olam go'yo jannat, ki ul anga asirdur, Tangri ko'rinmas, ko'rmaganlar basirdur. Banda Momo Havo ila Odam Ato xilidandur, Olam dunyo suyganlarning tilidandur, Tangri tarki dunyo etgan, uzlat ketgan dilidandur.

YANGILANISHLAR

MAHSULOTLAR

Media-mahsulotlar pochta orqali

SAYT XARITASI

STATISTIKA