TOIFALAR

QATRON

SHOGIRDLARNING SHARXLARI

NURSAFARDIYYA
ISH FAOLIYATI

QIDIRUV

HAMKORLAR

Sizga muridlik sozim bor... (Muridnoma)

Muallif: ---

Joylashtirish vaqti: 2012-07-04

Ezgulikni kimlar ko’rolmayapti?

Kamina, ezgulik yo’lida yurgan, Haqparvar, Xalqparvar va Vatan ishqida jonini fido qilgan piru komil Nursafardiyning muridiman.

So’z boshi salom deydilar. Assalomu alaykum...

Salom berdim alik olasizmi? Axir o’zbeksizku...  Ezgulik istagi ila hol so’ramoq siz yashab turgan zamin xalqining bebaho udumi va yuksak ma’naviyati emasmi? Qanday inson bo’lmang, baribir milliy mentalitet qoningizda bo’lishi kerak. Balkim hasad kabi xastalik  sizning chin insoniylik burchingiz ustida qora parda tortib turgan bo’lishi mumkin. Biz bu holatni yaxshi anglaymiz. Shu bois ana shu parda ortidan ezgulik nomi bilan sizga aytar gaplarim borki, zora bu achchiq haqiqat o’sha sizning insoniylik xislatingiz ustidagi qora pardani bartaraf etib o’zligingizni anglasangiz...

Siz qaysi millat qoni bilan yashayotganingizni bilasizmi o’zi? Tarixi buyuk o’tgan ilohiy zaminda tug’ilib butun olam ilmi tamadduniga tamal toshi qo’ygan ajdodlar qoni bilan yashamayapsizmi? Yashayapsiz... Yashaganda ham oshirib yashayapsiz.
Siz, millat uchun jonini fido qilgan buyuk avliyo Najmiddin Kubroni bilasizmi?
Siz, butun umrini ilohiyotga bag’ishlagan, ilmu riyozatiga butun olam tan bergan buyuk avliyo hazrat hoja Ahmad Yassaviyni taniysizmi?

Siz, ayni davrlargacha ilmi olam sahnida obro’ topib, butun mamlakatlar irfon ahli uchun o’rnak bo’lgan hazrat Bahouddin Naqshbandni bilasizmi?

Turonzaminning bunday buyuk avliyolarining bebaho ilmiga butun dunyo ibodat ahli tan berganliginichi?...

Nima deysiz? Yo, inkor qilasizmi? Agar inkor qilmasangiz aytingchi, - turonzaminda endi avliyo chiqmaydimi?

Endi ilohiy ilmlar barham topadimi?

Bu ilohiy zaminda ilohiy ilmlarga yo’l yo’qmi?

Agar siz ustozning ilmlaridan boxabar bo’lgan bo’lsangiz, tafakkur ila iymonni o’rtaga qo’yib fikr qilingchi, so’fiy tabib Nursafardiydan aynan o’sha buyuk avliyolarning nafasi kelmayaptimi?

Naqshbandiya tariqatidan so’ng besh asr o’tib vujudga kelgan Nursafardiyya falsafasi mana yigirma yildirki vatan ichra ezgulik yo’lida millatimiz xizmatidadir... Yigirma yillik muddat. Deyarli mustaqil yurtimiz bilan tengdosh.

Endi aytingchi, so’fiy avliyolar zaminida so’fiy,  jonini Haqqa bergan piru murshid xalqqa ilm berib, saxovat yo’lida tursa, vatan ishqida yonib, Haq ilmini tarannum etsa, ul zotdan ne istaysiz?

Siz amal kursisida o’tiribsizu, qanday yurtda yashayotganingizni anglamaysiz, shekilli. Yo, siz   ajdodlarimizning ilohiy ilmlarini tan olmaysizmi?
Tan olsangiz buyuk ajdodlar yo’lidan yurgan Nursafardiydan ne istaysiz?...
Nursafardiy kim? 

Haq ishqiga oshno, riyozat mulkining sultoni, zikriy ibodatlar hoqoni, agar banda Qur’onsifat bo’lsa Qur’oni, piru murshid bu so’fiy tabib  Nursafardiydir. Nursafardiy Iloh yo’lida turgan ilohiy pir, siz sevgan dunyoga aloqasi bo’lmagan avliyo insondir. Dunyo sizniki, boylik sizniki, istaganingizcha sandig’ingizga tiqing... Lekin pirga tosh otmang... Sizning temir sandig’ingizni pirga qizig’i yo’q.

Siz o’tirgan amal kursingiz pirga kerakmi?

Kechirib qo’yasiz... Ollohni tanigan hukmdor o’z taxtidan voz kechib ilohiy zavq ila darveshlikni ixtiyor qilishi mumkin, lekin ilohiy ishq yo’lidagi faqir inson ikki dunyoda ham taxtni orzu qilmas...

So’fiy tabib allaqachonlar ilohiy olamning yuksak darajasiga etgan holda Ollohning boqiylik saltanati bilan yuzlashib turgan bo’lsa, pirga to’rt kunlik dunyoning siyosati-yu, iqtisodi, g’urbatga to’la tashvishlari, mashmashalari kerakmi? Aslo...

Kursingiz o’zingizga buyursin... Nafs yo’lida topgan boyligingiz o’zingizga buyursin...

Siz ustozga nisbatan qanday nayranglarni o’ylab topmadingiz... Xalqning nasibasi bo’lgan moliyaviy  ne’matlaridan umidvor bo’ldingiz. Lekin sizning moliyaviy zarbangiz zamirida ilohiyot olamiga qarshi isyon orzusi etmadimi?

So’fiy tabib Nursafardiyning vujudan holati dunyoda bo’lgani bilan uning ruhiy holi Ilohdadir.

Siz amal kursingizni yo’qotishdan qo’rqayapsizmi?... Birinchidan, Sizning kursingiz so’fiy tabib uchun sariq chaqalik arzimasdir...

Ikkinchidan, murshidning minglab muridlarining qalblarida ezgulik va saxovat vatan mehri, xalq xizmati, ilohiy zavq tuyg’ularidan o’zga hech narsa yo’q...
Nursafardiyyaning ezgulik saltanatida faqat komil insonlarni ko’rasiz. Ular so’fiy tabib ilmi ila ana shu tarzda tarbiyalanganlar.

Ularga siyosat begona, iqtisod begona, vatanga xizmat qilmoqni o’zlarining burchlari deb biladilar... Dunyoviy amallarga intilmaydilar.

Dunyoviy amalingiz o’zingizga buyursin... Faqat ezgulik yo’lida turib millat xizmatida, vatan ishqida bo’lganlarga tosh otmang... Aksincha, faxrlaning...
Kechirasiz okalar... Amal kursisiga o’tirishdan oldin ozroq ilm ham olish kerakda... Dunyo faqat nafsdan iborat emasku axir...

Sizlar avliyolar ilmini yoqlagan, ularga yuksak hurmat va e’tibor ila qaragan davlat rahbariyati qo’l ostida turib, amalda Nursafardiyyaga qandaydir oqim sifatida qarab tuhmat toshlarini otib, mukammal falsafaning ilohiy ilmlariga yashirin zarba bermoqchi bo’lmoqdasiz...

Tarixni bilmasangiz, ajdodlar ilmi haqida xabardor bo’lmasangiz kursiga dog’ tushirib nima qilasiz...

Siz avliyolar ilmini anglamaysiz va ularning ilmlari haqida xabardor emassiz…

Anglaganingizda avliyolar udumini besh asrdan so’ng rivojlantirishga bel bog’lab mashaqqat ilmini ixtiyor etgan so’fiy tabib  Nursafardiyga tosh otmagan bo’lardingiz...

Siz tarixni bilmasangiz, so’fiylik ilmini anglamasangiz, ajdodlar udumini nazarga ilmasangiz  nimalar bilan mashg’ulsiz…

Yo, siz okaxonlar davlatimiz rahbarlarining avliyolar ilmiga yuksak ehtirom bildirayotganidan xabaringiz yo’qmi. Sizning ko’zingizga boylikdan o’zga narsa ko’rinadimi o’zi?

Nursafardiy sizning nonigizni yarimta qildimi, yo...
Xalq yo’lida turib tabobat orqali xalqqa tekin dori-darmon bersa, millat udumlari haqida qayg’urib topganini xalq bilan baham ko’rsa, nochor oilalarga saxovat ulashsa sizga og’ir botdimi?

Nursafardiy o’zbek milliy shajarasini yaratishda olimlarimizning ilmlarini umumlashtirib, millatimizni yagona qudratli yaxlitligini ta’minlash yo’lida xizmatini ayamagan tarixiy shaxsdir. Bunday jarayon esa o’zbek millatining o’zligini anglashga yuksak hissa qo’shdi. 

Hoja Ahrori Validek inson kerak emasmi bizga?

Nursafardiy xalqqa ilm ulashsa, Haq bilan yuzlashsa, tafakkur haqida qayg’ursa sizga og’ir botdimi?...

Siz faqat o’zingizni o’ylaysiz...

Navoiy hazratlarining buyuk hikmatlarini o’qigansiz-u amal qilmaysiz...

«Odami ersang demagil odami, aningkim yo’q xalq g’amidin g’ami»

Sizku xalq g’amidan yiroq o’z nafsingiz bilan ovvorasiz, lekin o’zgalarni millat yo’lida xizmat qilgani ham yo’l bermaysizmi?...

Unda Navoiy hazratlarining misralarini shu holatimizga moslashtirib aytsak, nima deysiz...

«Hayvoni ermasang degil hayvoni, aningkim xalqqa qarshi bo’lsa ahdu paymoni»
Ma’qulmi?

Ilohiy manqurtlik har qanday millatni o’zligidan ayirib qo’yishini bilasizmi? Nega millat haqida qayg’urgan insonni oyog’idan chalishga urinasiz?  Bu holat ilohiy ilmlarga buyuk ajdodlar ilmiga qarshi isyon emasmi?

********************

Nursafardiy sizning nafsga botgan kursilaringga zor emasdir.

Nursafardiyyaning asl maqsadi ilohiy ishqdir. Xalqqa ezgulik va hikmat ulashishdir. Millatga ma’rifat ulashishdir. Vatan ishqida yonib uning azaliy udumlarini, milliy meroslarini asrashga va O’zbekistonimizning buyuk kelajagiga munosib hissa qo’shishdir. Ilm istaganga iymon, riyozat istaganga ilohiy zavq ulashishdir...

Biz avliyolar yo’lidan yurib tarixiy tariqatlarni, avliyolarimiz ilmini o’rgangan holda uni kelajak avlodga etqarmokka harakat qilamiz, - deydilar ustoz...

Siz okalar, sanoqsiz pulingizni quchib  rohatlanib etganingizda Nursafardiy tunni tongga ulab shu yurtga tinchlik omonlik tilab zikr qiladilar. Duo qiladilar, elga barokat tilaydilar, sog’lik tilaydilar, vatanimiz tinch, yurtimiz obod bo’lsin deydilar… Siz esa uyalmay ustozga tosh otasiz… Uyaling okalar…

Vatanni avliyolar duosi asraydi. Nursafardiy tarixda o’tgan buyuk avliyolarning zikriy quvvatlarini uyg’otib uni barakot va panoh sifatida vatan va millat ustiga nur misoli sochsalar, nega so’fiy tabibga tosh otasiz. Uyaling okalar...

Vatan ishqida, xalq yo’lida, Iloh yo’lida yurgan pirni etagidan tutib duosini olmoq o’rniga tosh otmoqdasiz... Uyaling okalar...

Nega millat nomini ilohiy ishq ila rivojlantirgan olam tan bergan so’fiy tabibga tosh otasiz... Uyaling okalar...

So’fiylik nima?...

Hazrat Navoiyning «Sittai Zaruriya» kitobida so’fiylar haqida shunday deyiladi, - so’fiy ko’z yumib ochguncha mag’ribdan mashriqqacha bo’lgan yo’lni bosib o’tadi. Osmondagi quyoshga o’xshab er yuzini sekinlik bilan bir kunda aylanmaydi...
E’tibor qilyapsizmi, hazrat Navoiy so’fiy hayot tarzini yaqqol ifoda etgan holda uning qudratini, hatto quyoshdanda ustun qo’ymoqda...

Haq jamoliga erishgan piru murshid Iloh quvvatiga musharraf bo’lgandan so’ng uning quvvati hofizi Tangri bilan ulanadi. Siz Tangri bilan yuzlashgan, Ollox quvvatiga musharraf piru murshidga tosh otib, Ollohning ilmiga nisbatan isyon ko’tarayapsizmi?

Siz Iloh karomatiga erishgan ilohiy pirga tosh otmoqdasiz.

Siz ilohiy qarg’ishdan cho’chimayapsizmi?

Siz o’z nafsingizni o’ylab etti pushtingizni kuydirib qo’ymayapsizmi? 

So’fiy tabib Nursafardiyga o’sha siz qo’rqitayotgan qamoq va har qanday jazoni zarracha ahamiyati yo’q. Ul zotga qamoq ham, ozodlik qam bir fanodir. So’fiy tabib allaqachonlar o’lmasdan burun o’lib bo’lgan, Haq visoliga erishgan pirdir. Siz pirning qarg’ishidan extiyot bo’ling... Noroziligidan ehtiyot bo’ling...

Nega shunday ustozni etagidan tutmaysiz?

Nega amalingiz rivoji uchun, oilangiz xotirjamligi uchun, hayotingiz, umringiz barakoti uchun ul zotdan duo olmaysiz...

Ustoz amal talashmasa, dunyo talashmasa, shariat ilmiga aralashmasa, siyosatdan butkul yiroq bo’lsa o’z ilohiy amallari bilan buyuk ajdodlar ilmini davom ettirsa, rivojlantirsa, xalq yo’lida tursa, vatanga xizmat qilib el sog’ligini o’ylasa, millat ma’naviyati, madaniyati va ma’rifatiga yuksak hissa qo’shsa ul zotdan nima istaysiz o’zi?

Nega siz Turonzaminda etishib chiqqan buyuk pir bilan olam miqiyosida faxrlanmaysiz, maqtanmaysiz...  Butun olam mamlakatlari o’z milliyligi va millat ilmiy qudrati bilan olamga maqtanib turganda biz o’z oyog’imizga o’zimiz bolta uramizmi? Milliylik qani, vatanparvarlik qani? 

So’fiy tabibga sizning amalingiz kerak emas...

So’fiy tabibga siz o’tirgan kursi kerak emas.

Naqshbandiyga xos, Yassaviyga xos, Kubroga xos ilohiy yo’lga tosh otishga uyaling...

Ezgulik yo’lida turgan tariqat ichidagi pirga tosh otishga uyaling...

Turonzamin faxri bilan nega... faxrlanmaysiz...

Avliyolar yurtida avliyolikni yig’ishtiramizmi?...

Ilohiylik yurtida ilohiylikni unutamizmi?

Yo, evropa singari falsafasiz boshi berk ko’chaga kiramizmi?... Nima dedingiz oka?...
Ustozning hikmatga boy kitoblarini o’qingchi. Nursafardiyya falsafasining vujudga kelganiga yigirma yil bo’ldi. Nima yomonlik topdingiz?... Nursafardiyyaning kimga zarari tegdi?

Siz kelib pirdan xabar oling, hayot tarzini kuzating... Bir tor xona, zikrxona... O’zga nimasi bor? Agar ilm ortidan xazina topgan bo’lsa hammasini xalq yo’lida sarf qilmoqda? Saxovat yo’lida, milliy qadriyatlarni asrash yo’lida sarf qilmoqda.

Davlatimiz siyosati aziz avliyolarga yuksak ehtirom bildirmoqda va bunday an’analar kelajakda ham davom etajak. Chunki bu zamin avliyolar zamini. Moziyda yashagan avliyolar izdoshi sifatida yana qancha avliyolar etishib chiqib dunyo ahlini lol qoldirmog’i tayin. Agar siz kabi to’ralar o’z nafsi yo’lida Iloh ilmiga qarshi isyonni davom ettirmasa, olam ahli Turonzamiga havas bilan qaraydi...

Olam ilm hali azaldan Turonzaminga ilm o’rganish uchun oshiqqanlar... Siz shunday ilohiy zaminda ilohiy manqurtlikni amalga oshirib millatni dunyo ahli oldida savodsiz va avom qilib ko’rsatmoqchimisiz? Maqsadingizni tushunish qiyin... Sizning bu harakatingiz ko’proq buyuk millatni ilohiy manqurtlashtirish kabi yashirin bir missiyaga o’xshab ketayapti... Tavba keltiring...

Olamga bir nazar tashlang... Insoniyat boshi berk ko’chaga kirib qolmoqda. Chet davlatlarda urushlar avj olmoqda... Milliy nizolar kuchaymoqda...
Nega?...

Chunki falsafasiz xalq yashay olmaydi... Dunyoviy ilm bilan agar uning zamirida ilohiy ilm etmasa insoniyat o’zligini yo’qotadi.

Bizning yurtimiz tinch vatanimiz obod. Axir bu piru avliyolarning duolari evaziga emasmi? Obod yurtimizda Naqshbandiydek va yo, Kubrodek va yo, bo’lmasa Yassaviydek piru komil chiqsa bu sizning, bizning baxtimiz emasmi?
Yo, Iloh yo’lida turgan, ilohiy ishq bilan ilohiy zaminga quvvat ulashgan azizlarning boshiga Mashrabning kunini solamizmi? Mansurning kunini solamizmi? Koshkiydi, bu holatlar bilan so’fiyni o’z e’tiqodidan qaytarib bo’lsa.

Agar sizning qudratingiz kuchli bo’lsa bu quvvatni vatan rivojiga, elning, millatning xizmatiga sarf qiling. Vatanparvarlik, Xalqparvarlik va Haqparvarlikni Nursafardiydan o’rganing...

Ilohiy zamin nonini eb, ilohiy ilmga nisbatan isyon ko’tarib noshukrlik qilmangda, oka...

So’fiylikda qurbonlik bordir, lekin ortga qaytish yo’q. Siz Ilohni sevgan insonni o’z e’tiqodidan zinhor qaytara olmaysiz… Aksincha Ilohning g’azabiga uchrab, etti pushtingizni kuydirib qo’yasiz... Nursafardiyya, bu zinhor diniy oqim emas, okalar... Xotirjam bo’lib ustozni duosini oling... Agar zarracha bo’lsada Nursafardiyya ilmida noto’g’ri harakat bo’lganda davlatimiz rahbariyati bu falsafaga izn berib qo’yardimi?
Nursafardiyya bu hikmatdir, ma’naviyat va ma’rifatdir. Nega bunday bebaho ilmdan bahra olmaysiz?...

Pirning o’zlari doim millat va vatan haqida faxrlanib gapirsa, millat uchun xizmat qilishni o’z insoniylik burchi deb bilsa, nega tosh otasiz?
Dunyo ahlini lol qoldirgan ilohiy ilmlarga boy Turonzaminni ilohiy ilmidan mosuvo qilaman desangiz, xato qilasiz.

Nursafardiyning bir yuzu yigirma besh mingdan ziyod shogirdlari mana yillar osha vatan, el, millat va davlat xizmatidadir. Ular vatanni sevadilar, xalq yo’lida turadilar, davlatimizga sadoqat ila xizmatda bo’lib, uning ravnaqiga hissa qo’shadilar...
Kim yomonlik ko’ribdi, Nursafardiydan...

Mukammal ilohiy falsafaga tuhmat toshi otib, gunohga botmoq kimga kerak.. Va yo diniy oqimni ro’kach qilib, ilohiy falsafalarga boy ilohiy zaminni manqurtlik girdobiga tashlamoqchimisiz.

Turonzaminda ilohiylik millat qoniga singib ketgan... Siz uni yo’q qilish uchun xalqqa ro’paro’ kelishingiz lozim bo’ladi. Xalq qudratdir... Xalqqa bas kelib bo’lmas... Siz xalqqa qo’l ko’tarmoqchimisiz?...

Falsafa bu xalq, xalq bu falsafadir... Fikr qiling.

Agar fikringiz to’g’ri bo’lib, qalbingiz oynasida iymon siyrati ko’rinsa, ustozga keling, zikr qiling saodat toping...

Pirning duosi ijobatdir.. Pirning duosi tinchlikdir, barokatdir, salomatlikdir... Qalban beg’ubor, ezgulik kuychisi so’fiy tabib Nursafardiy tabiatidagi barcha xislatlar ezgulikdan boshqa hech narsa emas.
Anglang, iloxiy falsafaning dunyoviy amal bilan zarracha ishtiyoqi yo’qdir. Uning fikri zikri Ilohdir, Ollohdir...

Ilohiy falsafa bu Tangri falsafasi... Tangri falsafasiga tosh otmang. Aksincha millatlararo milliy raqobat kuchaygan davrda millat ichidan chiqqan ilm ahli bilan faxrlaning, okalar. Nursafardiyya bu hikmat xazinasi... Millat xazinasi...
Nursafardiyya ilohiy ilmiy falsafasining chegarasi yo’qdir.. Agar siz bu falsafani his qilsangiz dunyoviy amallaringizni davom ettirgan holda boqiylik sururi, abadiyat rohati bilan yashaysiz... Ko’ngilda ilohiy xotirjamlikni tuyasiz. Axir dunyo o’tkinchi, amal o’tkinchi, davru davronlar o’tkinchidir.

Yaxshi nom bilan ikki dunyo saodatiga erishmoqqa nima etsin, okalar...
Bobur Mirzoning hikmatlarida ulug’ bir ma’no bor...

Har kimki vafo qilsa, vafo topqusidir,
Har kimki jafo qilsa, jafo topqusidir…

Yaratganga iltijo qiling, jafolikdan Ollohning o’zi asrasin...
Avliyolar zaminiga xush kelibsiz... Robbil a’lamin…

Iloh saltanatiga tosh otmang, oka,
O’tar dunyo ko’rib qolguncha, doka.
Iymon bilan endi pirga yuzlashing,
Duosini olib toki yuzga yuzlashing.

Muridxon

YANGILANISHLAR

MAHSULOTLAR

Media-mahsulotlar pochta orqali

SAYT XARITASI

STATISTIKA